Sonetning janriy xususiyatlari

Sonetning janriy xususiyatlari

O'quvchilarga / Adabiyot
Sonetning janriy xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Sonetning janriy xususiyatlari mavzusida yozgan BITIRUV MALAKAVIY ISHI MUNDARIJA 1. Tushuntirish qismi - Kirish.……3 ASOSIY QISM: I. BOB. SONET JANRINING O'ZIGA XOS TUZILISHI VA TARKIBI 1.1. Sonetda shakl va mazmun uyg'unligi……18 I.2. Sonetda lirik syujet masalasi……29 II BOB. O'ZBEK SONETINING BADIIY-ESTETIK TABIATI 2.1. Sonetlar gulchambarining badiiy xususiyatlari 40 2.2. O'zbek sonetlarida poetik obraz va badiiyat…46 XULOSA……56 Foydalanilgan adabiyotlar ro'xati……60 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, madaniy, hayotidagi ulkan o'zgarishlar milliy adabiyotimiz oldiga ham qator vazifalar yukladi. Hozirgi o'zbek adabiyotida lirikaning o'rni va poetik mukammalligi, uning ma'naviy ta'siri, tasavvurlar xazinasini tobora boyitayotganligi uzoq asrlik boy adabiy an'analarining munosib davomchisi bo'lib qololganidan dalolatdir. Muhtaram yurtboshimiz: Har bir ilmiy yangilik, yaratilgan kashfiyot - bu yangicha fikr va dunyoqarashga turtki beradi, ma'naviyatning shakllanishiga o'ziga xos ta'sir ko'rsatadi, - deydi. Tabiiyki taraqqiyot tinimsiz izlanish natijasida yuzaga keladi. Jahon adabiyoti vakillarining badiiy tajribalari ta'siri lirik janrlar va turli shakllarning milliy she'riyatimizda aks etishi - poetik xilma-xillikni yuzaga keltiradi. Jumladan, rondel, rondo, tersina, xokku, elegiya, tanka, sonet kabi bir qator shakllarning XX asrning ikkinchi yarmida keng qo'llanilib kelingani fikrimizning dalilidir. Ular orasida sonet o'zining spesifik xususiyatlari ayniqsa kompozitsiyasidagi ichki murakkab va qat'iy qonuniyatlar o'ziga xos komponentlar undan ijodiy foydalanish oson emasligini ko'rsatadi. Sonet tarixiga nazar tashlasak, Dante va Mikelanjelolar bu janr imkoniyatlaridan to'laqonli foydalandilar, uning ommalashuviga katta hissa qo'shdilar. Keyinchalik, XIV asrga kelib Angliyada sonetga qiziqish kuchaydi, ingliz adiblaridan Daniel Barns, Persi, Spinser, Shekspirlar sonet janri taraqqiyotini o'z asarlari bilan ta'minladilar. Bu janr o'zbek she'riyatiga XX asrning birinchi choragida kirib keldi va ommalasha boshladi. Ilk sonet namunalari Cho'lpon, Usmon Nosir, Maqsud Shayxzodalar ijodida uchraydi. Keyinchalik Barot Boyqobilov, Rauf Parfi, Abdulla Sher, Mirpo'lat Mirzo, Faxriyor kabi shoirlar janr imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda, uning poetik go'zalligidan o'zbek kitobxonlarini bahramand etdilar. O'zbek sonetnavislari ijodini o'rganishga ehtiyoj sonetning taraqqiyot tadrijini, takomil xusususiyatlarini ko'rsatib berish zarurati tufayli yuzaga kelgan. O'zbek she'riyatida bu jarayonni asosan XX asrning ikkinchi yarmida ijod qilgan B.Boyqobilov, R.Parfi, A.Sher, M.Mirzo, Faxriyor sonetlari tadqiqi orqali kuzatish maqsadga muvofiqdir. Xususan sonet janrining ham shaqlan, ham mazmunan boyitgan ijodkorlardan biri B.Boyqobilovdir. Uning 400 dan ortiq sonetlari 2ta sonetlar turkumini tashkil etgan dostonlari ushbu janrning o'zbek adabiyotidagi takomil jarayonini kuzatishga asos bo'ladi. XX asr o'zbek modern adabiyotini yetuk vakillaridan biri Rauf Parfi ijodining salmoqli qismini sonetlar tashkil qiladi. U o'zbek soneti maktabini yaratishda faollik ko'rsatgan. Janrni yangi bosqichga ko'targan ijodkor. Shoir sonetlari jahon badiiyati andozalari darajasida yaratilganligi, yuksak estetik saviyada ekanligi bilan diqqatga sazovordir. O'zbek adabiyotida Faxriyor sonetlarining ham alohida o'rni bor. U ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 77.42 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 77.42 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga