Sujet va uning turlari modulini o'qitishda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyalaridan foydalanish BITIRUV LOYIHA ISHI MUNDARIJA Kirish…….3 BIRINCHI BOB. SUJET VA UNING TURLARI MODULINI O'QITISH MAZMUNINI MODERNIZATSIYaLASH Sujet va uning turlari modulini o'qitishning ustuvor yo'nalishlari7 Sujet va uning turlari modulini o'qitishga doir zamonaviy yondashuvlar19 IKKINCHI BOB. Sujet VA UNING TURLARI MODULINI O'QITISH AMALIYoTIDA INTERFAOL TEXNOLOGIYaLARIDAN FOYDALANISH Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyalari asosida Sujet va uning turlari modulini o'qitish asoslari 30 Sujet va uning turlari moduli darsining texnologik xaritasini tayyorlash texnologiyasi42 Mavzuning yoritishda AKT va interfaol usullardan foydalanish56 XULOSA……67 Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati…….70 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug'anievich Karimov Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti mavzusidagi xalqaro konferentsiyaning ochilish marosimida so'zlagan nutqida hozirgi kunda dunyodagi deyarli mutlaq ko'pchilik davlatlar 2008- yilda boshlangan, global miqyosdagi yangi retsessiya to'lqinlarini keltirib chiqarish xavfini tug'dirayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy tahsiri ostida qolib kelayotgan bir paytda yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning muhim sharti ekanligini alohida ta'kidlab o'tib, quyidagi fikrlarni bildirib o'tadilar: Bugungi kunda umumiy e'tirofga ko'ra, XXI asr globallashuv va chegaralarning barham topish davri, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va internet asri, jahon maydonida va dunyo bozorida tobora kuchayib borayotgan raqobat asriga aylanib borayotganini isbotlab berishga hojat yo'q, albatta. Bunday sharoitda inson kapitaliga yo'naltirilayotgan investitsiya va qo'yilmalarning o'sishini, hozirgi zamonda demokratik taraqqiyot, modernizatsiya va yangilash borasida belgilangan maqsadlarga erishishda eng muhim qadriyat va hal qiluvchi kuch bo'lgan bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash vazifasini doimo o'zining asosiy ustuvor yo'nalishlari qatoriga qo'yadigan davlatgina o'zini namoyon eta olish mumkin. Hayotimizning barcha sohalari kabi Ta'lim tizimini ham modernizatsiya-lash bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri bo'lib qolmoqda. Innovatsion Ta'lim muhitini yaratish, uni xalqaro andozalarga to'liq mosligini ta'minlash bugun tez o'zgaruvchan ijtimoiy hayotga yoshlarimizni muvafaqqiyatli ijtimoiylashtirishining muhim omilidir. Mazkur vazifaning samarali hal etilishi o'z navbatida Ta'lim jarayonining yaxlit tizimi sifatida modernizatsiyalashni taqozo etadi. Ta'limning innovatsion yo'nalganligining eng muhim parametrlaridan biri talabalarni Ta'lim jarayoni subhekti sifatida o'z faoliyatining ijodkoriga aylanishini ta'minlashdir. Mazkur maqsadga erishish o'z navbatida talabalarni guruhlarda, kichik guruhlarda va juftliklarda hamkorlikdagi ishlarini tashkil etishni talab etadi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida Ta'lim tizimining Yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo'ljalni to'g'ri ola bilish mahoratiga ega bo'lgan, istiqbol vazifalarni ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo'naltirilishi alohida ta'kidlab o'tilgan. Mazkur talab bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashda pedagogik innovatsiyalardan samarali foydalanishni shart qilib qo'yadi. Ana shu ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:35:50
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
177.34 KB
Ko'rishlar soni
155 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:35 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
177.34 KB
Ko'rishlar soni
155 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:41 ]
Arxiv ichida: doc