Tabiat poetikasi va badiiy tasvir vositalari (70-80-yillar she'riyati misolida) mavzusida yozgan MUNDARIJA 1.Tushuntirish qismi - Kirish……3-bet ASOSIY QISM: I.BOB. TABIAT POETIKASI VA LIRIK QAHRAMON I.1. Peyzaj lirikasida tabiat obrazlarini jonlantirish13-bet I.2. Tabiat bilan bog'liq ranglar va ohanglar ziddiyati…18-bet II.BOB.TABIAT POETIKASI VA MAJOZIY TIMSOLLAR II.1. Ramzlar vositasida ruhiyat tahlili 36-bet II.2. Tabiat poetikasi va folklorizm …45-bet XULOSA Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati……59-bet Kirish Mavzuning dolzarbligi. Ma'lumki, tabiat - insonning doimiy hamrohi. Dastlab atrof-muhit haqidagi qarashlar tabiatni o'rganishdan, o'zlashtirishdan boshlangan. Biz keyingi yillar o'zbek lirikasida tabiat va inson ruhiyati masalasini o'rganar ekanmiz, tabiat-jamiyat-inson psixologiyasining vobasta shakllari, ko'rinishlari va vositalarini tadqiq etishga harakat qildik. Adabiyot, -deydi prezidentimiz I.A.Karimov, - so'z san'ati azaldan xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi bo'lib keladi. Xususan, mustaqillik yillarida yurtimizda ma'naviyatimizning g'oyat muhim va uzviy qismi bo'lgan adabiyotni rivojlantirish, shoir va yozuvchilarimizning ezgu mehnatini qadrlash va munosib rag'batlantirish… borasida ko'plab savobli ishlar amalga oshirildi. Har bir ijodkor o'z badiiy niyati, nuqtai-nazari, ongi-dunyoqarashi taqozosiga ko'ra tabiat xossalari va hodisalariga murojaat etadi. Ana shu estetik maqsadning turfaligi ijodkor avlodlar badiiy talqinidagi xilma-xilliklarni, farqli jihatlarni yuzaga keltiradi. Keyingi yillar o'zbek peyzaj lirikasida tabiat ranglari, ohanglari, manzaralari zimmasiga yuklanayotgan ma'nolar salmog'i o'zining ijtimoiy -falsafiy mazmuni bilan alohida bir sahifani tashkil etadi. Xususan, tabiat xossalari va hodisalari orqali insonni va jamiyatni badiiy-estetik tadqiq etish she'riyatimiz taraqqiyotning yetakchi tendensiyalaridan biriga aylandi. Peyzaj lirikasi, bu - tabiat va inson munosabatlarining faqat zohiriy ko'rinishlari, ya'ni kechinmalar shaklidagi ifodasi emas, aslo. Tabiat tasviri asosida inson ruhiyati manzaralarini anglash va anglatish, jamiyat psixologiyasini tushunish hamda tushuntirish bosh masala hisoblanadi. Shu jihatdan, hamma gap ana shu tabiat ranglari, xossalari va hodisalariga yuklanajak ma'noda. Ma'naviy-axloqiy, ijtimoiy-falsafiy, ma'rifiy mazmunda. Ana shu xususiyatlariga ko'ra peyzaj lirikasi avlodlar ongi-dunyoqarashidagi o'zgarishlardan, badiiy-estetik tafakkuridagi farqli jihatlardan voqif etadi. Biz bitiruv malakaviy ishda kechinmani suratlantirsh asnosida shoir his-tuyg'ularining poetik fikrga aylanish holatlari xususida, ularni yuzaga chiqarishda qo'llanilgan vositalar va ushbu jarayondagi shoir mahorati to'g'risida so'z yuritishga jazm qildik. Bu narsa, peyzaj lirikasining tabiati to'g'risida muayyan tasavvur uyg'otishga xizmat qiladi. Shuningdek, tadqiqot obyekti sifatida tanlangan 70-80 yillar o'zbek lirikasining ijtimoiy-falsafiy mazmun kasb etish holatlarini kuzatishni o'z oldimizga maqsad qilib qo'ydik. Shuningdek, psixologik tasvir adabiy asarning bahosi va estetik qimmatini ta'minlovchi bosh mezon bo'lgani holda, bu masala atrofida bir qancha kuzatishlar olib borilgan ekan, xo'sh, biz nima uchun yana shu masalaga murojaat qildik? Gap shundaki, psixologik tasvir, uning prinsiplari, ko'rinishlari, shuningdek, uning zohir bo'lish alomatlari alomatlari haqida turli-yuman fikrlar, lirikaning u yoki bu masalasiga bag'ishlangan chiqishlarda turli qarashlar sifatida ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:35:50
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
62.22 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:35 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
62.22 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:41 ]
Arxiv ichida: doc