Tarixiy qissalarda voqelik va badiiy tasvir uyg'unligi (Mirkarim Osim va Asad Dilmurod qissalari misolida)

Tarixiy qissalarda voqelik va badiiy tasvir uyg'unligi (Mirkarim Osim va Asad Dilmurod qissalari misolida)

O'quvchilarga / Adabiyot
Tarixiy qissalarda voqelik va badiiy tasvir uyg'unligi (Mirkarim Osim va Asad Dilmurod qissalari misolida) - rasmi

Material tavsifi

Tarixiy qissalarda voqelik va badiiy tasvir uyg'unligi (Mirkarim Osim va Asad Dilmurod qissalari misolida) mavzusida yozgan BITIRUV MALAKAVIY ISHI Mundarija KIRISH…….……3-5 I.BOB. Tarixiy - qahramonlik asarlarida xarakter yaratish….….…….6-10 I.1. Mirkarim Osimning tarixiy qissa yaratish mahorati ( To'maris, Shiroq qissalai misolida)…….…….11-16 I.2. Mirkarim Osimning Iskandar va Spitamen qissasida tarixiy voqelik va tasvir …….…….……17-27 II. BOB. Tarixiy voqelik va badiiylikning o'ziga xosligi…….….……28-29 II.1. Asad Dilmurodning Mulk qissasida tarixiylik va badiiylikning sinkretliligi……30-36 II.2. Asad Dilmurodning Girih tarixiy qissasida milliy qadriyatlar talqini…….37-51 UMUMIY XULOSALAR…….……52-58 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RО'YXATI……59-60 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Tarix va badiiy adabiyot masalasi g'oyat serqirra, serkо'lam va teran masaladir. XX asrning 70-yillaridan boshlab, xalqimizning olis о'tmishiga, tarixiy shaxslar taqdiri va hayotiga qiziqish nihoyatda kuchaydi. Tarixiy xaqiqatni badiiy xaqiqatga aylantirish jaxon adabiyotida ustivor yo'nalishlardan hisoblanadi. Zotan, tarix voqelikning bо'lib о'tgani haqida sо'zlasa, adabiyot uning qay tarzda bо'lgani xususida yoritadi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, adabiyot har qanday tarixiy voqeani shunchaki tasvirlamaydi. Uning markazida inson omili turadi va insoniy tuyg'ular va kechinmalarni tasvirlash birinchi planga chiqadi. Tarixiy voqe'likni badiiylashtirishga doir izlanishlar о'zbek adabiyotida 70-yillardan boshlab keng e'tibor berila boshladi. Lekin, Abdulla Qodiriy ijodi bu shakllanishning avvalida turgani shubxasiz. Chunki aynan Qodiriy «moziyga qaytib ish kо'rishning hayrlik» ekanligini о'z ijodida kо'rsatib bergan edi. Ammo XX asrning ibtidosida boshlangan bu harakat keyinroq о'zgacha tusda davom etdi. Ya'ni Qodiriy «mavzuni moziyning kir sahifalaridan» olgan bо'lsa, 60-70 yillarda jahon milliy madaniyati taraqqiyotida о'ziga xos о'ringa ega bо'lgan Sharq allomalarining, jahongir qahramonlar siymosini yaratishga e'tibor kuchaydi. Binobarin bu holat davriy tо'lg'onishlar bilan bogliq ediki, bu bizning tadqiq yo'nalishimizga kirmagani uchun о'zga tadqiqotlarga qoldiramiz. Biz о'zbek adabiyotida tarixiy hikoyalari, qissalari, romanlari bilan ushbu yo'nalishning taraqqiyotida о'ziga xos о'ringa ega bо'lgan Mirkarim Osim va Asad Dilmurod ijodiga e'tibor berdik. Chunki adiblar ijodi о'zbek adabiyotshunosligidagi mazkur masala yuzasidan chiqishlarda yo'l-yo'lakay tahlil etilgan xolos. Ana shu kemtiklikni tо'ldirish maqsadida mavzu tanlar ekanmiz, uning dolzarbligini quyidagi jihatlar bilan izohlashimiz mumkin: Mirkarim Osim va Asad Dilmurod ijodlari о'zbek adabiyotshunosligida hali yetarlicha tadqiq etilmagan. Modomiki muddao tadqiq ekan, adib ijod yo'nalishlari, uning о'ziga xos estetik prinsiplarini tahlil etishni taqozo etadi; Adiblar ijodini tahlil etarkanmiz, ularning estetik tasvir prinsipi - tarixiy mavzu va uning talqini masalasiga e'tiborsiz qarash mumkin emas. Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Biz Mirkarim Osim vaAsad Dilmurod qalamiga mansub qissalarni badiiy tahlil etish va uning о'ziga xos jihatlarini nazariy jihatdan tekshirishni о'z oldimizga maqsad sifatida qо'yar ekanmiz, ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni belgilab oldik: - adiblar asarlarini о'zlashtirish, о'rganish va tadqiq etish; - ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 81.36 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 81.36 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga