Temur va temuriylar davrida adabiy hamkorlik Temuriylar davri adabiyoti, adabiyotshunosligi, forsiy va turkiy ijodkorlar haqida ma'lumot beruvchi manbalar anchagina uchraydi Badiiy ijod va tilshunoslikda Jomiy, Navoiy, Davlatshoh Samarqandiy, Atoullo Husayniy, Koshifiy singari ijodkorlar yuksak san'at asarlari bilan mashhur bo'ldi. Temur va temuriylar davrida xalq og'zaki ijodi namunalari yaratildi. Adabiyot badiiy uslub jihatidan takomillashdi, adabiyotshunoslik va tilshunoslikka oid ilmiy asarlar yaratildi. O'zbek tarjima adabiyoti vujudga keldi. Bu davrda yetuk ijodkorlar Qutb, Sayfi Saroyi, Haydar Xorazmiy, Durbek, Amiriy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Bobur, Muhammad Solih va boshqalar yashab ijod qildi. Ayniqsa o'zbek yozma adabiyotining dunyoviy ko'lamini Alisher Navoiyning ijodi kamolot bosqichiga ko'tardi. Temur va uning avlodlari adabiyot va san'atga, ilm-fanga yaqin kishilar edi. Temuriylardan 22 ta ijodkor-shoir bo'lib, ular o'zlari she'r yozish bilan birga ijodkorlarga xomiylik ham qilgan. Xalil Sulton, Husayn Boyqaro kabilar o'z she'rlaridan devon tuzganlar. Xuroson va Movarounnahrda forsiy va turkiyda ham ikkala tilda ijod qiluvchi shoirlar ko'p bo'lib, adabiy hayot yuksaladi. Sharq klassik adabiyoti tarjimalariga ham e'tibor kuchayadi. «Chaxor manoli» kabi adabiyot nazariyasiga oid asarlar yaratilgan. Badiiy ijodning g'azal, ruboiy, tuyuq kabi turlari rivoj topgan. Adabiy jarayonda shohlar ham, oddiy kosib va hunarmandlar ham, olim va fozillar ham qatnashgan. Movarounnahrda Ulug'bek davrida ko'plab forsiy va turkiy ijodkorlar to'plandi. Adabiy muhitni bevosita Ulug'bekning o'zi boshqarar, Samarqandda o'sha davrning eng yaxshi shoirlari yig'ilgan edilar. Shoirlarning sardori («Malik ul-kalom») qilib Mavlono Kamol Baraxshiy tayinlangan edi. Sakkokiy o'z qasidalaridan birida Ulug'bekning she'r yozishini va uning she'r haqidagi tushunchasi yuqori bo'lganligi ta'kidlab o'tgan. Temur va uning avlodlari adabiyot va san'atga, ilm-fanga yaqin kishilar edi. Temuriylardan 22 ta ijodkor-shoir bo'lib, ular o'zlari she'r yozish bilan birga ijodkorlarga xomiylik ham qilgan. Xalil Sulton, Husayn Boyqaro kabilar o'z she'rlaridan devon tuzganlar. Xuroson va Movarounnahrda forsiy va turkiyda ham ikkala tilda ijod qiluvchi shoirlar ko'p bo'lib, adabiy hayot yuksaladi. Sharq klassik adabiyoti tarjimalariga ham e'tibor kuchayadi. «Chaxor manoli» kabi adabiyot nazariyasiga oid asarlar yaratilgan. Badiiy ijodning g'azal, ruboiy, tuyuq kabi turlari rivoj topgan. Adabiy jarayonda shohlar ham, oddiy kosib va hunarmandlar ham, olim va fozillar ham qatnashgan. Xurosondagi adabiy hayotning rivojida Boysung'ur Mirzo (Shohruhning o'g'li) ning o'rni beqiyos bo'lib, u o'z tashabbusi bilan fanlarning barcha sohalariga va san'at rivojiga katta hissa qo'shgan. Uning rahbarligida Firdavsiy «shohnomasi»ning ko'p qo'lyozmalarni qiyoslash asosida ishonchli ilmiy matni yaratildi. Boysung'urning o'zi ham forsiy va turkiyda she'rlar yozgan. Xullas, XV asr o'rtalarida Xurosonda o'zbek adabiyotining yangi maktabi yuzaga keldi. Navoiy «Majolisun-nafois» tazkirasida ko'proq xurosonlik shoirlar haqida ma'lumotlar bersa, Davlotshoh Samarqandiy «Tazkirat ush-shuaro» asarida o'tmishda o'tgan ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:35:50
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.89 MB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:42
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:35 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.89 MB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:42 ]
Arxiv ichida: ppt