Temuriylar davri adabiyoti REJA: 1. Tarixiy sharoit va ijtimoiy hayot. 2. Ilmiy va madaniy hayot. 3. Adabiyot. 4. Mumtoz adabiyotning asosiy xususiyatlari. 5. Mumtoz hikoya. TEMURIYLAR DAVRI NOMOYONDALARI. Bir yarim asr davom etgan mug'ul istilosidan so'ng Turkiston yana o'z mustaqilligini qo'lga oldi. Tarix bu gal istiqlol kurashchisi sifatida sahnaga sohibquron Amir Temurni olib chiqdi. Temuriylar saltanatining parchalanishi Movarounnahr va Xurosonning ikki mustaqil davlatga aylanish xafini kuchaytirdi. 1601- yilning iyunidan Ashtarxon o'zbeklaridan Boqimuhammad oldin Samarqandni so'ng Buxoroni egallaydi va 150 yil davom etgan Ashtarxoniylar davrini boshlab beradi. TARIXIY SHAROIT VA IJTIMOIY HAYOT. Ilmiy va madaniy hayot. XIV- XVII asrlarda turkiy xalqlar madaniy harakatchiligi Oltin O'rda, Samarqand, Hirot, Buxoro, Xorazim singari mintaqalarda markazlashdi. XV asrning birinchi yarmida Samarqand dunyoning eng go'zal shaharlaridan biriga aylandi. Jahongir Temur ona shahri Keshda qurdirgan balandligi 70 metrlik muazzam Oqsaroy peshtoqiga '' Sen bizning qudratimizga shubha qilsang, imoratlarimizga nazar sol '' deb yozdirganini naql qiladilar. Ilm fan adabiyot va madaniyat bilan bevosita shug'ullangan Temuriylarning ko'pchiligi yaxshigina shaxsiy kutubxonalarga ega bo'lgan. Bu davrda sheriyat va musiqa ijtimoiy fanlar ayniqsa tarix va adabiyotshunoslik taraqqiy qildi. TEMURIYLAR DAVRIDA ADABIYOT. Temuriylarning aksariyati bevosita ilm va sheriyat bilan shug'illanganlar. Amir Temurning o'zi, Navoiyning xabar berishicha , sherni yaxshi o'qir va anglar edi. O'g'li Shoxrux mirzo o'qtin- o'qtin baytlar bitar edi. Temurning nabirasi sulton Iskandarning Haydar Xorazmiydan o'tkazib tuyuq aytganini Navoiy ''Majolis un- nafois'' taskirasida qayd etgan edi. XV asrning birinchi yarmida ijod qilgan adiblar sifatida Xo'jandiy, Amiriy, Lutfiy, Atoyi ko'rishimiz mumkin. TEMURIYLAR DAVRI ASARLARI. TEMURIYLAR DAVRIDA JANRLAR. ADABIY SAN'ATLAR. Temuriylar davrida Alisher Navoiy ilk bor turkiy tilda xamsa yaratdi. Bu asar umumjahon adabiyotining yuksak cho'qqisi bo'lib qoldi. TEMURIYLAR DAVRIDA XAMSACHILIK. MUMTOZ ADABIYOTNING ASOSIY XUSUSIYATLARI. MUMTOZ HIKOYA. XOTIRA MASHQI. TEZKOR SAVOLLAR. 1. Temuriylar davri nechinchi asrlarni o'z ichiga oladi? 2. Temuriylar davrida ijod qilgan adiblar. 3. Temuriylar davrida yozilgan asarlar. 4. Dahnoma asarining muallifi kim? TEST. 1. Latofatnoma asarining muallifi kim? A. Sakkokiy B. Lutfiy. C. Atoyi 2. Sof turkona janr qaysi? A. Tuyuq B. Qit'a C. Fart. 3. 1465-yilda salkam yuz yoshda Hirotda vafot etgan shoir? A. Lutfiy B. Atoyi C. Gadoiy. . G'azallardan namuna: Ul sanamkim , suv yaqosinda paridek o'lturur, G'oyati nozikligindin suv bila yutsa bo'lur. (Atoyi) Yuzungni ko'rsa, qilur gul o'zini yuz pora, Xo'tan yozisida ohu ko'zungdin ovora. (Sakkokiy) Yuzungizda o'g'on nuri ayondur, Ko'zingiz fitnai oxir zamondur. (Lutfiy) ESLATMA. Tuyuq sof turkiy janr bo'lib tuyuqda tajnis ko'pincha qofiada keladi. Tuyuqning dastlabki namunalari Lutfiy va uning zamondoshlari ijodidann boshlab uchraydi. ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:35:50
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.3 MB
Ko'rishlar soni
137 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:42
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:35 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.3 MB
Ko'rishlar soni
137 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:42 ]
Arxiv ichida: pptx