Tog'ay Murod asarlarida folklor an'analari

Tog'ay Murod asarlarida folklor an'analari

O'quvchilarga / Adabiyot
Tog'ay Murod asarlarida folklor an'analari - rasmi

Material tavsifi

Tog'ay Murod asarlarida folklor an'analari MUNDARIJA Kirish I bob. Tog'ay Murod - o'zbek milliy adabiyotining noyob vakili II bob. Xalq donishmandligi sarchashmalari II bob. Adib asarlarining badiiy xususiyatlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati K I R I Sh Adabiyotshunoslikda folklor an'analari atamasi keng istifoda etiladi. Bu atama ilmiy tadqiqotlarda faol ishlatilsa ham, biroq birorta ilmiy maqola yoki monografiyada uning aniq manolari izohlanmaydi. Bu narsa o'z navbatida folklor an'analari haqida aniq va yaxlit tushuncha bershpga monelik qiladi. Bizning nazarimizda, folklor an'analari termini ifodalagan manolar qamrovini belgilab olish, har bir manoning chegarasini aniq izohlash payti etib keldi. Malumki, folklorda xalqning ma'naviy-axloqiy dunyosi, e'tiqodiy qarashlar tizimi, marosim va urf-odatlari, voqelikka bo'lgan etik-estetik munosabati, dunyoqarashi o'zining to'laqonli ifodasini topgan. Ana shularning barchasi yaxlit holda mujassamlanib, folklor an'analarini tashkil etadi. Masalaga yanada aniqroq yondashadigan bo'lsak, realistik adabiyot vakillari tomonidan ijodiy o'zlashtirilgan folklor an'analari uch tipdagi tushunchalardan iboratligi malum bo'ladi. Bular: a) folklorga xos yuksak g'oyalar an'anasi. Mazkur an'ana tipda xalqning asrlar mobaynida ezgulikning g'olib chiqishi, yaxshilikning boqiyligi, insoniy ulug'vorlik, sevgida sadoqatlilik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, halollik, rostgo'ylik, do'stlik kabi zavol bilmas g'oyalarining folklorda tarannum etilishi, bu g'oyalarning yozma adabiyotda turli davrdarda kuylanishi haqida so'z yuritiladi; b) tiplar an'anasi. Xalq ijodida shunday tiplar yaratilganki, ular istalgan makon va zamon uchun mos kelishlari bilan ajralib turadilar. O'zbek realistik adabiyoti vakillari o'z asarlarida ana shu an'analardan qay darajada foydalanganligi ham adabiyotshunoslik uchun dolzarblik kasb etadi. Biz ishimizda ayni shu masalaning Tog'ay Murod ijodida qay darajada amalga oshganligi haqida ham to'xtalib o'tdik; v) badiiy shakldagi an'analar. Albatta, folklor an'analarining salkam bir asrlik o'zbek realistik adabiyotining shakllanishi, tarixiy tadrijida tutgan o'rni va ahamiyatini yoritish maxsus ilmiy kuzatishlar talab etadigan ilmiy masaladir. Dunyoning ilg'or adabiyotlari qatorida o'zbek adabiyoti rivojida folklor an'analarining o'rni va ahamiyati ham beqiyos darajada katta. Barcha xalqlar adabiyotiga nazar solinsa, dono ijodkorlar asarlarida xalq og'zaki ijodining ta'siri kuchli bo'lganligini, folklor an'analari yozuvchilarga estetik idealini boyitishda bitmas-tuganmas manba bo'lib xizmat qilganligiga guvoh bo'lamiz. Shu bois ulkan so'z san'atkorlari xalq ijodini tengsiz badiiy xazina sifatida baholadilar va undan ijodiy foydalanishga intildilar.1 Agar adabiyotimiz tarixiga nazar solinsa, XI asrda yaratilgan Yusuf Xos Hojibning Qutadg'u bilig asaridan tortib hozirgi adibu shoirlarimizga qadar folklor barhayot an'analaridan hamisha unumli foydalanganliklarini yaqqol ko'ramiz. Badiiy adabiyot rivojlangan sari adabiyotshunoslik ham rivojlanadi. Bu tabiiy holdir. Demak, adabiyotshunoslik oldida ham rang-barang muammolar tug'ila boradi. Ana shunday muammolardan biri bizning nazarimizda, eng muhimi xalq ijodi va realistik adabiyot munosabati masalasi bo'lib, ushbu masala yechimiga bag'ishlangan asarlar talaygana ekanligiga qaramay, hozirga qadar o'zining ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 106.96 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:42 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 106.96 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga