Tohir Malik va uning Alvido bolalik qissasi (Тоҳир Малик) (1946) Tarjimai hol O'zbek adabiyotida Tohir Malik o'zining Falak, Somon yo'li elchilari, Tiriklik suvi, Zaharli g'ubor (Vasvasa nomi bilan qayta ishlangan), Chorrahada qolgan odamlar (Devona nomi bilan qayta ishlangan) va boshqa fantastik, Charxpalak, Qaldirg'och (Savohil nomi bilan qayta ishlangan), Bir ko'cha, bir kecha, So'nggi o'q, Shaytanat, Ov, Murdalar gapirmaydilar, Iblis devori, Talvasa, Mehmon tuyg'ular, Jinoyatning uzun yo'li, Odamiylik mulki, Eng kichik jinoyat, Tilla kalamush singari detektiv va ma'rifiy asarlari bilan tanilgan va kitobxonlarning sevimli adibiga aylangan ijodkordir. Tohir Malik Mohir hikoyanavis, qissanavis va romannavis Tohir Malik 200 yilda «O'zbekiston xalq yozuvchisi» degan yuksak unvonga sazovor bo'lgan. Yozuvchining «So'nggi o'q» qissasi asosida 1994 yili telefil'm suratga olingan. Tohir Malik (Hobilov Tohir) 1946 yil Toshkentda, ziyoli oilasida dunyoga kelgan. Respublika radio va televideniye qo'mitasida, «Yudduzcha» nashriyotida, «Guliston», «Sharq yulduzi», «Yoshlik» jurnallarida adabiy xodim, mas'ul kotib va bosh muharrir, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasida kotib bo'lib xizmat qildi. TOHIR MALIK BIRINCHI ASARI Tohir Malik birinchi asari 1971 yilda «Hikmat afandining o'limi» nomi bilan chop etilgan fantastik qissasi bo'ldi. So'ngra «Zaharli gubor» (1978) ilmiy-fantastik asari «Somon yo'li elchilari» (1079), «Chorrahada qolgan odamlar» (1985), «Qaldirg'och» (1987), «Bir ko'cha, bir kecha» (1988), «Alvido, bolalik» (1989), «So'nggi o'q» (1990) kabi o'nlab hikoya va qissalar to'plamlari chon etildi. U yaratgan nasriy asarlar o'zga nosirlardan o'ziga xos uslubi bilan ajralib turadi. Yozuvchi ko'pincha fantastik, ilmiy-fantastik va sarguzasht yo'nalishda yozadi. Shu orqali ham hayot, odamlar va jamiyat haqida ancha keng mushohada yuritadi. Shu bilan birga, «Qaldirg'och» kabi epik asarlar ham yaratgan. Mazkur qissada Abdulla Avloniy hayoti va faoliyati, tarixi, taqdiri misolida 20-yillar o'zbek ziyolilari sinfining shakllanishi haqida bahs yuritadi. Shu orqali xalqimiz madaniy-ilmiy dunyoqarashi, kurashnni umumlashtirib beradi. Tohir Malik mohir hikoyanavis, qissanavisgina emas, jamoatchi. jurnalist va tarjimon sifatida ham faol xizmat qiladi. Uning bolgar adabiyotidan qilgan tarjimalari, Emil Amit, Axier Hakimov, Suhrob Muhamedov kabi adiblar yaratgan bir qator hikoya, qissalarni o'zbek tiliga tarjimasi keng o'quvchiga taqdim etilgan. Dastlabki hikoyasi 1960 yilda Gulxan jurnalida chop etiladi. 1963 yilda Tohir Malik Toshkent Davlat univeritetining kechki jurnalistika bo'limiga o'qishga kirib, kunduzi qurilishda duradgor, g'isht teruvchi bo'lib ishlay boshlaydi. U ijodga doir mashqlarni davom ettirar ekan, ustoz-tog'aning ikki o'giti - O'zing yaxshi bilmagan narsani yozma, Boshqalar yurgan yo'ldan yurma, o'z yo'lingni topga hamisha amal kildi. Bolalarga atab yozilgan hikoyalari bilan badiiy adabiyot sirlarini o'rgangan Tohir Malik keyinchalik o'zbek adabiyotida kam e'tibor berilgan fantastika janriga qo'l urdi va bir qator asarlari bilan kitobxonlar e'tiborini qozondi. Uning talabalik yillari ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:35:50
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
797.65 KB
Ko'rishlar soni
220 marta
Ko'chirishlar soni
49 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:42
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:35 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
797.65 KB
Ko'rishlar soni
220 marta
Ko'chirishlar soni
49 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:42 ]
Arxiv ichida: pptx