To'ra Sulaymon she'riyatining g'oyaviy badiiy xususiyatlari mavzusidagi BITIRUV MALAKAVIY ISHI MUNDARIJA: KIRISH……3-6 I BOB. To'ra Sulaymon she'riyatining g'oyaviy badiiy xususiyatlari Xalq poetik ijodi va shoir she'riyati……7-13 To'ra Sulaymon she'riyatida folklorizmlar…….14-25 II BOB. Shoir she'riyatiga xos obrazlilik II.1. To'ra Sulaymon she'riyatida so'z va obrazning sintezlashuvi……26-34 II.2. Shoir she'riyatining individualligi……35-48 XULOSA……49-50 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI……51-52 Kirish Mavzuning dolzarbligi. O'zbek adabiyoti folklor va yozma adabiyot zamiriga singdirilgan hayot haqiqati millatimizning ruhan tetik bo'lib tarbiyalanishiga va uning ma'naviy olami yanada teranlashishiga xizmat qiladi. Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov ta'kidlaganlaridek: Xalqning ma'naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish - O'zbekistonda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir. Ma'naviyat shunday qimmatbaho mevaki, u bizning qadimiy va navqiron xalqimiz qalbida butun Insoniyatning ulkan oilasida o'z mustaqilligini tushunib yetish va ozodlikni sevish tuyg'usi bilan birgalikda yetilgan. Ma'naviyat insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o'giti bilan birga singadi. To'ra Sulaymon ijodining asosiy xususiyati - xalqonalik. Shoir asarlarida folklor bilan aloqaning ko'p uchraydigan ko'rinishi xalq maqollarining qo'llanilishidan tortib, xalqona urf-odat hamda qadriyatlarimizning motiv sifatida ijodkor asarlari mazmuniga san'atkorona singdirilishi holatlari kuzatildi. Shoir ijodini o'rganish nafaqat adabiyotshunoslar, tilshunos-dialektologlar, madaniyatshunoslar uchun ham yetarli manba bera olishi bilan yanada qadrli. To'ra Sulaymon kutubxonasidagi shoir o'qigan badiiy asarlarning o'ziyoq folklorshunoslar hamda xalq shevalarini o'rganuvchi mutaxassislar uchun qimmatli ma'lumotlarni taqdim etadi. Sababi shoir hayoti davomida mutolaa qilgan asarlarida qo'llangan so'zlarning xalqona variantlarini qayd etib borgan. Adabiyotshunos olim Ozod Sharafuddinov To'ra Sulaymon bizga juda kerak odam edi. Bizning hayotimiz uchun zarur bo'lgan odam edi, mafkuramiz uchun zarur bo'lgan odam edi degan fikrni aytgan edi. Bunday e'tirofga sabab shoirning xalqchil hamda samimiyatga boy ijodidir. To'ra Sulaymon xalq og'zaki ijodi bilan yozma adabiyotni bir-biriga payvand qila bildi va o'zicha yangi bir maktab ochdi. Ana shu masalalarni tadqiq etish ishimizning dolzarbligini belgilaydi. Ishning maqsadi va vazifalari. Ishda To'ra Sulaymon biografiyasi hamda ijodi bilan bog'liq yangi ma'lumotlarni ilm ahliga taqdim etish, shoir asarlarining tizimli tadqiqini amalga oshirish maqsad qilib olindi. Ushbu maqsad bilan bog'liq quyidagi vazifalar qo'yildi: Birinchidan, To'ra Sulaymon biografiyasi bilan bog'liq materiallarni to'plash, u yashagan ijtimoiy sharoitning shoir asarlariga ta'siri masalasini o'rganish; Ikkinchidan, shoir ijodining tizimli tadqiqini amalga oshirish, To'ra Sulaymon asarlari uchun xos bo'lgan asosiy xususiyatlarni aniqlash; Uchinchidan, shoir asarlarining xalq og'zaki ijodi bilan munosabatini tadqiq etish. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Ushbu bitiruv malakaviy ishning tadqiqotda To'ra Sulaymon ijodining ilk bor yaxlit monografik planda tadqiq etilayotgani ishning ilmiy yangiligini ko'rsatadi. Ishning yana bir jihati, shoir she'riyatidagi xalqona uslubning o'ziga xos jihatlari maxsus tadqiq etildi. Shoir ijodida oddiy folklorizmlar masalasi o'rganilib, To'ra Sulaymon ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:35:50
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
70.92 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:35 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
70.92 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:42 ]
Arxiv ichida: doc