O'zbekiston RespublikaSI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI MUQIMIY NOMIDAGI QO'QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI O'ZBEK TILI VA ADABIYOTI FAKULTETI II S guruh talabalarining O'zbek adabiy tanqidchilik fanidan ULUG'BEK HAMDAM HAYOTI VA IJODI MAVZUSIDA TAYYORLAGAN TAQDIMOTI O'qituvchi : Z.QOBILOVA Qo'qon - 2016 Ulug'bek Hamdam Reja: 1.Ulug'bek Hamdam hayoti va ijodi 2.Ulug'bek Hamdam turkum asarlari 3.sheriyatidagi ayrim qirralar Ulug'bek Hamdam Ulug'bek Hamdam (Hamdamov Ulug'bek Abduvahobovich) 1968 yil, 24 aprelda Andijon viloyati, Marhamat tumani, Yuqori Rovvot mahallasida duradgor oilasida tug'ildi. 1985 yilda o'rta maktabni oltin me'dal bilan tamomladi. 1986 va 1988 yillar orasida Ukrainada askarlik xizmatini o'tagan. 1988-1993 yillarda ToshDU ning o'zbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan. 1992-93 yillarda esa davlatimiz tashabbusi bilan o'qishga yuborilgan talabalar safida Turkiyaning Ko'nyo shahrida taxsilni davom ettirgan. 1993-1994 yillarda Sharqshunoslik institutida turk tilidan dars bergan. 1994-1996 yillarda Hozirgi Milliy Universitet o'zbek filologiyasi fakultetining kunduzgi aspiranturasini o'qigan. 1997 yilda 30-yillar o'zbek she'riyatida sof lirika muammosi (Oybek she'rlari misolida) mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. Ilmiy rahbari - filologiya fanlari doktori, professor Umarali Normatov. Hozirda XX asr o'zbek she'riyati badiiy tafakkur tadrijining ijtimoiy-psixologik asoslari mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlamoqda. Ilmiy maslahatchi - filologiya fanlari doktori, professor Naim Karimov. 1997-2009 yillarda O'zbekiston Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Til va Adabiyot institutida katta ilmiy xodim. 2009- yildan beri Sharq yulduzi jurnalining bosh muharriri lavozimida ishlab kelmoqda. Oilali, bir o'g'il va bir qizi bor. Ulug'bek Hamdam bir necha nasriy, nazmiy hamda adabiy-tanqidiy to'plamlar muallifi. Uning ilk nasriy kitobi 1998 yilda Yolg'izlik nomi bilan chop etilgan. To'plamdan shu nomdagi qissa va qator hikoyalar o'rin olgan. Yolg'izlik muayyan bir qiziq voqea-hodisaning badiiy talqiniga bag'ishlangan asar emas, unda an'anaviy obrazlar, tasvirlar, manzaralar, dialoglar yo'q: u - janriy jihatdan ham biz ko'nikib qolgan realistik qissalardan tubdan farq qiladi. Tanqidchilik Yolg'izlikni nasrimizdagi yangilanishlardan yaqqol darak berguvchi o'ziga xos ramziy asar sifatida baholadi. Hikoyalarida ham muallif inson qalbining hamishalik bezovta, tahlikali qismini tasvirlashga urinadi. Yozuvchining 1997 yilda yozib tugatilgan va 2002 yilda e'lon qilingan Muvozanat romani adabiy hayotimizda o'ziga xos voqea bo'ldi. Roman shu kecha-kunduzda yashab, mehnat qilayotgan zamondoshlarimiz va ularning qalb tovlanishlari haqida. Asarda xalqning turli qatlamlariga mansub va har-xil sohalarda ishlaydigan qator qaxramonlar borki, ularning o'y-tashvishlariyu maqsad-intilishlari zamonamiz kishilarining ruhiyatlari bilan uyg'unlashib ketadi. Asar bosh qaxramoni Yusuf murakkab davr evrilishlaridan insonga munosib bir tarzda chiqish uchun kurashadi. Muvozanat mustaqillik yillarining qaynoq kayfiyatini aks ettirgan realistik asar sifatida akademik M. Qo'shjonov, professorlar O.Sharafiddinov, U. Normatov, A. Rasulov, S. Sodiqov, N. Xudoyberganov, D. Quronov, yozuvchilar P. Qodirov, J. Abdullaxonovlar tomonidan yuksak baholandi. U. Hamdamning ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:35:50
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
241.49 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:44
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:35 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
241.49 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:44 ]
Arxiv ichida: pptx