Umar Xayyom ruboiylari Umar Xayyom shoir bo'lmagan, lekin hayot haqida ba'zi mulohazalarini 4qatorlik she'r qilib qog'ozga tushirib qo'yavergan. XVII asrga qadar uning ruboiylari haqida tadqiqotlar olib borilmagan. U haqda dastlab Oksford universiteti professori Tomas Gayd, undan so'ng Fon Gomer Birgestel va Meme Nikoloslar tadqiqot olib borishgan. 1859 yili ingliz shoiri va tarjimoni Edvard FitzJerald Umar Xayyomning 70 ruboiysini tarjima qilib e'lon qilgandan so'ng, bu she'rlar juda mashhur bo'lib ketgan va ingliz tilidan jahonning boshqa tillariga ham tarjima qilingan. Umar Xayyomni dunyoga mashhur qilgan uning ruboiylaridir. Xayyom shoirona tabiati va o'tkir zehnliligi bilan ham u boshqalardan ajralib turgan.Dunyoga mashhur olim chuqur ma'nodafi ruboiylar muallifi hamdir. Xayyom ruboiylarining soni turli ma'lumotlarda 11 tadan 1200 tagacha ekanligi aytiladi. Xayyomga nisbat beriladigan ruboiylarni u yozganligiga ham turli shubhalar mavjud. Ayniqsa, zamondoshlari katta ilm egasi, mutaffakir, taqvodor zot edi deb ulug'lagan shoirning mayxo'rlik, yengil hayot, aysh-ishrat, kufr, dahriylik mavzularidagi ruboiylari ishonchsizdir. Bunday ruboiylar Islomga qarshi ba'zi toifalar tomonidan ataylab to'qib chiqarilgan, degan ma'lumotlar bor. Hatto Londonda saqlanayotgan Umar Xayyom ruboiyoti qo'lyozmasi ham soxta ekanligi aniqlangan. Umar Xayyom ruboiylari kirib bormagan o'zbek xonadoni bo'lmasa kerak. Uning falsafiy mazmuni teran va badiiy jihatdan pishiq ruboiylari atoqli mutarjim Sh. Shomuhamedov tarjimasida bir necha marta nashr etilgan. Keyinchalik J. Kamol shoir ruboiylaridan bir qanchasini o'z aruziy vazni bilan o'zbek tiliga o'girdi. Avval tafakkurda tug'ilib, keyin qalb qo'riga yo'g'rilgan Umar Xayyom ruboiylari, bir so'z bilan aytganda, Olam va Odam haqida. Shoir dunyo evrilishlariga donishmandona bosiqlik, taassuf aralash loqaydlik bilan qaraydi: dunyoni o'zgartirishki qo'lingdan kelmas ekan, uni deb qayg'urish behuda. Uning uchun tug'ilish va o'lim, yaxshilik va yomonlik, halol va harom - bir xil: hammasi o'z tabiiy qonuniyatiga asoslanadi. Umar Xayyom ruboiylari Xayyom dunyoni aql elagida elaydi - Olam va Odam muammosini umumfalsafa mezoni bilan o'lchaydi. Shu ma'noda, Xayyom ijodida biz odamdan ham, olamdan ham ustun turadigan - dunyoni qamrab oladigan shafqatsiz falsafaga duch kelamiz. Lekin farang faylasufi Laroshfuko: «Falsafa o'tmish va kelajak kulfatlari ustidan tantana qiladi, lekin bugunning qayg'usi falsafa ustidan tantana qiladi», - degani kabi Umar Xayyom ruboiylari ham buyuk mutafakkirning falsafiy mezonlariga bo'ysunmagan, ularni yorib chiqqan zalvorli fikrlar po'rtanasi, beorom qalbiga sig'magan otashin tuyg'ular silsilasidir. Umar Xayyom ruboiylari Umar Xayyom ruboiylari deb atalmish she'riy asarlar haqida keng miqyosda gapira boshlandi. Bu ruboiylar dunyoning ko'plab tillariga tarjima qilindi. Hamma joylarda o'qila boshlandi. U ruboiylarga mashhur bastakorlar kuy bastalab, xonandalar qo'shiq qilib aytishdi. Mazkur ruboiylarning odamlarning o'ziga rom qilishining asosiy sababi, ulardagi mayxo'rlikning madh etish va unga da'vat qilish, hayotlik ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:35:50
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
719.97 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:44
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:35 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
719.97 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:44 ]
Arxiv ichida: pptx