Umumta'lim maktablarida Furqat ijodini o'rgatishning samarali usullari

Umumta'lim maktablarida Furqat ijodini o'rgatishning samarali usullari

O'quvchilarga / Adabiyot
Umumta'lim maktablarida Furqat ijodini o'rgatishning samarali usullari - rasmi

Material tavsifi

«Umumta'lim maktablarida Furqat ijodini o'rgatishning samarali usullari » mavzusidagi MUNDARIJA Kirish…… 6 BOB. Furqat hayoti va ijodi haqida……7 BOB. Umumta'lim maktablarida Furqat ijodini o'gatishning samarali usullari haqida……30 XULOSA…….49 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI……. ……54 KIRISH KIRISH Respublikamizda olib borilayotgan ta'lim islohotlari - Ta'lim to'g'risidagi Qonun, Davlat tili haqidagi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq qilinishi ta'lim jarayonining samaradorligini ta'minlaydi. Shaxsning rivojlanishi-jamiyat rivoji demakdir. Shunday ekan jamiyat oldidagi eng asosiy vazifalardan biri sog'lom avlodni voyaga yetkazish. Bu muhim vazifani amalga oshirish birinchi navbatda o'qituvchiga bog'liq. Mustaqillikka erishilgandan keyin barcha sohalardagi kabi ta'lim tizimida ham jiddiy islohatlar amalga oshirildi, ta'limning sifatini yaxshilashga kirishildi. Ta'lim berishning yangi usullari joriy qilina boshlandi. Shulardan eng asosiysi o'quvchilarga yangi pedagogik texnologiya asosida dars berish masalasi. Umumta'lim maktablarida ta'lim-tarbiya olayotgan o'quvchilarning qiziqishi, iqtidori, bilim darajasini inobatga olgan holda yakka tartibda va tabaqalashtirib o'qitishni ta'minlash, adabiyot ta'limi maqsad-vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi. Adabiyot faqat pedagogik maqsadlarga xizmat qiluvchi fan bo'libgina qolmay, umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'quvchilarga birinchi navbatda bilim berishi, ya'ni ko'p asrli o'zbek adabiyoti tarixi va hozirgi adabiy jarayonning asosiy yo'nalishi - yetakchi yozuvchilar va ular ijodi bilan, shu yozuvchilar ijodida o'z ifodasini topgan xalq va mamlakat tarixi bilan tanishtirishi, adabiyotning fan sifatidagi o'ziga xos tomonlari va nazariy masalalari haqida tasavvur berishi kerak. Аniqroq aytganda, umumta'lim maktabini bitirib chiqqan o'quvchi o'zbek adabiyotining eng qadimgi davridan hozirgi davriga qadar bosib o'tgan yo'li haqida, atoqli yozuvchilarning hayoti va ijodi haqida muayan bilimga ega bo'lishlari va olgan ijobiy fasilatlarini mustaqil hayotlarida qo'llashlari zarur. Furqat o'zbek demokratik adabiyotining mashhur namoyandalaridan biri bo'lib, o'zbek demokratik adabiyotida ma'rifatparvarlik yo'nalishining eng jo'shqin kuychisi sifatida ijod etdi. Furqat o'z bilimi va butun qobiliyatini xalq xizmatiga bag'ishlab, maorif, erkinlik va baxt kuyini kuylagan ma'rifatparvar shoirdir. Furqatning boy va mazmundor ijodiy faoliyati madaniyatimiz va adabiyotimiz tarixi taraqqiyotida chuqur iz qoldirdi. Furqat sharq poyeziyasining ajoyib namunalarini yaratgan lirik shoir, ilm-madaniyatni, taraqqiyotni tinmay targ'ib qilgan ma'rifatparvar arbob, qimmatдi me'muar asarlar yozib qoldirgan prozaik, tarjiomon ba publisistdir. Zokirjon Mullo Xolmuhammad o'g'li Furqat o'zbek demokratik adabiyotining yetakchi namoyandalaridan biri bo'lib, yangi ma'rifatparvarlik oqimining shakllanishi va rivojlanishiga katta hissa qo'shgan shoirdir. O'lkada siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy ong sohalarida jiddiy siljishlar yuz berayotgan davr ruhini badiiy adabiyotga olib kirishda, she'riyatni zamona talablariga, uning aktual masalalariga bevosita yaqinlashtirishda rus ijtimoiy ong va madaniyati ta'sirida voyaga yetgan Zokirjon Furqat ijodining roli benihoya katta bo'ldi. Otashin ma'rifatparvar Furqat adabiyotimiz tarixidan jo'shqin lirik shoir sifatida ham ko'rinarlik o'rin olgan. Lutfiy, Navoiy, Fuzuliy, Mashrab, Ogahiy kabi klassiklar she'riyatidagi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 60.99 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:44 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 60.99 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga