Uslub va mahorat (Saida Zunnunova ijodi misolida) M U N D A R I J A K I R I Sh I. bob Saida Zunnunovaning nasriy asarlaridagi o'ziga xos uslub I. 1 Hikoya janrida ijodkorning g'oyaviy konsepsiyasi I. 2 Adibaning qissa yaratish mahorati II. bob Saida Zunnunova she'riyatida shoira lirik meni II. 1 Shoiraning poetik obraz yaratish individualligi II. 2 Shoira dostonlarida ijodkor shaxsiyati X U L O S A FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Kirish Mavzuning dolzarbligi. Bahor oftobining iliq haroratidan tog' cho'qqilaridagi qorlar qatlami erib, jilg'alar hosil bo'ladi. Jilg'alar shalolalarga, shalolalar esa daryolarga aylanadi. Daryo o'tgan joyda hayot gurkiraydi. Tabiatning so'lim obidalari daryolar yoqasida qad ko'taradi. Ushbu misralar bugungi kunda vafo va sadoqat ramzi bo'lmish nafis kechinmalar kuychisi, kuchli sabr, matonat, iroda sohibasi bo'lmish o'zbek adibasi va shoirasi Saida Zunnunovaga bag'ishlanadi. Shoirlar ham daryo yanglig' jilg'alardan hosil bo'ladilar. Ba'zi bir jilg'alar qaqroq dashtlarga yetmay,yo'q bo'lib ketadi. Boshqalari esa qancha olis yo'l bossa, shuncha qudrat va ko'lam kasb etib, ulkan daryoga aylanadi. Daryolar tutashgan joyda esa dengiz tug'iladi. Dengiz butun bir o'lkaga suv va nur beradi, unga husn va latofat bag'ishlaydi. Saida Zunnunova ham o'zbek adabiyotining ulkan daryolaridan biri edi Shu o'rinda yana ta'kidlash joizki, adabiyotning insonshunoslik deb, shoir va yozuvchilarning esa inson ruhining muhandislari deb ta'riflanishi bejiz emas. Xalqimiz orasida mana shu g'oyat mashaqqatli sohaga butun hayotini va noyob iste'dodini bag'ishlab, adabiyotimiz xazinasidan munosib o'rin egallagan, o'lmas asarlar yaratgan buyuk so'z san'atkorlari yetishib chiqqani bilan barchamiz haqli ravishda faxrlanamiz. Adabiyot so'z san'ati azaldan xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi bo'lib keladi. Bunda xalqimiz uchun xizmat qilgan shoir va yozuvchilarning o'rni beqiyosdir. Zamonamizning serqirra ijodkorlaridan biri, nasrda va nazmda tanho adibamiz Saida Zunnunova ana shunday zabardast qalam sohiblaridan biridir. Iste'dodli shoira, jozibali nasriy asarlar muallifi Saida Zunnunovaning yoshlik sururi, Vatan shukuhi va mehnat nashidasini tarannum etuvchi Qizingiz yozdi, Yangi she'rlar, Gullar vodiysi, Qizlarjon, Bir yil o'ylari kabi she'riy to'plamlari kitobxonlar tomonidan katta quvonch bilan qabul qilingan. U nasrda ham sermahsul ijod etgan. Xususan, Gulbahor, Go'dak hidi singari hikoyalar to'plamida oila va muhabbat mavzulari o'ziga xos badiiy bo'yoqlarda ifodalangan. Ona Vatanga sadoqat, baxt va muhabbat tuyg'ularini kuylagan shoiraning lirik she'rlari, jozibador qo'shiqlari, nasriy asarlari adabiyotimiz xazinasidan joy olgan. Nasr va nazmda barakali ijod qilgan Saida Zunnunova ijodining o'ziga xos poetik xususiyatlarini o'rganish va baholash, nasriy asarlarini tadqiq etish, lirikasining g'oyaviy - badiiy mundarijasi kabi masalalarni uslub va mahorat muommosi bilan uzviy holda tahlil qilish mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Tadqiqotning obyekt va predmeti. Saida ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:35:50
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
60.27 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:35 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
60.27 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:44 ]
Arxiv ichida: doc