Uvaysiy hayoti va ijodi

Uvaysiy hayoti va ijodi

O'quvchilarga / Adabiyot
Uvaysiy hayoti va ijodi - rasmi

Material tavsifi

Uvaysiy hayoti va ijodi haqida jahon otin Siddiqbobo qizi - Uvaysiy Har bir shoir taxallusining o'z ma'nosi bor. Mumtoz adabiyotimizda shoirlar asosan muqad-das Islom dini ta'limotiga, payg'ambar Muham­mad alayhissalom o'gitlari hamda o'tmishdagi ulug' ajdodlarga ergashib yoki tug'ilgan yeriga nis-bat berib o'ziga taxallus tanlaganlar. Taxallus bu shunchaki bir so'z yoki ismgina emas, balki adib-ning ijoddan ko'zlagan maqsadini, yo'lini bel-gilovchi timsol, ajdodlari, Vatani oldidagi mas'uliyatga ishora qiluvchi hikmatli so'zdir. Masalan, Navoiy - haq va haqiqat, adolat yo'lida navo qiluvchi, Buyuk Alisher Navoiyning ikkinchi taxallusi Foniy - o'tkinchi, ya'ni o'zining bu dunyo-da vaqtinchalik mehmon ekanligini anglab, faqat ezgu ishlarni ko'zlovchi, Maxmur - ilohiy ishqdan mast bo'lgan darvesh va hokazo. Xo'sh, unda Uvaysiy taxallusining ma'nosi nima? O'tmishda Uvays Qaraniy ismli valiy zot o'tgan. Uning Muhammad alayhissalomga bo'lgan muhabbati shu kungacha insonlar orasida tillarda doston bo'lib kelmoqda. U payg'ambarimiz bilan bir zamonda, bir-birlaridan unchalik uzoq bo'lmagan joyda yashagan bo'lsalar-da, ularga ko'rishish nasib yetmagan. Bu zot Muhammad alayhissalomga hali payg'ambarlik berilmay turib, lining qachon va qayerdan chiqishini bilmagan holda Rasulullohning kelishini intizorlik, ko'zda yosh bilan kutgan. O'zi hali ko'rmagan, daragini faqat ilohiy kitoblardan eshitgan payg'ambarga g'oyibona muhabbat qo'yadi. Mana, shoira Jahon Otin taxallusining ma'nosini ham deyarli bilib oldik. Endi uning hayot yo'li to'g'risida bir-ikki og'iz so'z. Shoira Marg'ilon shahrida ziyoli oilada dunyoga keldi. Otasi o'zbek va tojik tillarida she'rlar yozgan ijodkor, onasi ham fozila ayol bo'lgan. Hofiz unvoni bilan el ichida tanilgan akasi Oxunjon ashula aytar, musiqadan yaxshigina xabardor edi. Badiiy did yuqori bo'lgan ma'rifatli oilada voyaga yetgan Jahon Otin yoshligidan she'r mashq qildi va tez orada «Uvaysiy» taxallusi bilan shuhrat topdi. Shoiraning turmush o'rtog'i Hojixon erta vafot etib, qizi Quyoshxon, o'g'li Muhammadxonni tarbiyalab voyaga yetkazish yakka o'zining zimmasida qoladi. U maktabdorlik qiladi, ijod bilan shug'ullanadi. Farzandlari ham she'rlar yoz­gan. Uvaysiy hayoti va ijodiy faoliyatining bir qismi malika va shoira Nodirabegim hurmati va iltifoti tufayli xon saroyida kechadi. Bu yerdagi qizg'in ijod uchun kerakli adabiy muhit, farzandlarining yashashi va tarbiyasi uchun qulay sharoit shoiraning bir necha yillar osoyishta hayotini ta'minladi. 1822-yilda Amir Umarxon vafot etgach, Uvaysiy uchun ham tashvishli va qayg'uli kunlar boshlanadi. Otasining o'rniga taxt-ga o'tirgan Muhammad Alixon unga yaxshi munosabatda bo'lmadi. Buxoro amiri Nasrullo 1842-yilda Qo'qonni bosib olib, Nodirabegimni, uning o'g'li va nabiralarigacha qatl ettiradi. Shundan so'ng Uvaysiy ona shahri Marg'ilonga qaytadi va taxminan 1850-yilda vafot etadi. Shoira ijodi uning kattagina bir devoniga jamlangan. U mumtoz adabiyotning g'azal, muxammas, musaddas, murab-ba', chiston hamda doston kabi janrlarida qalam tebratganini kuzatish mumkin. Shoira she'rlari asosan ishqiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 666.59 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:44 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 666.59 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga