Uvaysiy ijodini o'rganish Uvaysiyning hayoti va ijodini o'rganish rejalashtirilgan bo'lib, o'quv dasturida Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 7-sinfida Jahon otin bunga ikki soat ajratilgan. Darsni tashkil etishda quyidagi: «Mehnatu alamlarga mubtalo Uvaysiyman» g'azalida ijtimoiy hayot hodisalaridan norozilik, ularga nisbatan ko'ngildagi iztirob va kechinmalarning ta'sirli aks ettirilishi, shoiraning «Аnоr», «Yong'oq», «Кun va tun» chistonlari hamda ularning o'ziga xos badiiy xususiyatlari» degan dasturiy talqinga tayaniladi. Darsning maqsadi: o'quvchilarni Uvaysiy adabiy merosining ilm-fan taraqqiyotidagi ovrni va ahamiyati bilan tanishtirish. Ularni milliy qadriyatlarni ulug'lashga yo'naltirish, ularga milliy adabiyotimiz va tariximiz bilan faxrlanish tuyg'usini singdirish. O'quvchilarda nutq madaniyatini o'stirish, ularni mustaqil fikr yuritish, mushohada qilishga va ijodkorlikka yo'naltirish tarzida belgilanadi Shoiraning portreti, rang-barang gullar, kitoblar, tarqatma materiallardan darsning jihozi sifatida foydalaniladi. Darsning dastiabki qismida o'quvchiilarni guruhlarga ajratiladi. Buning uchun katta savatga 5 xil rangdagi gullarni solib qo'yiladi. O'quvchilar o'zlari tanlagan gulga qarab ma'lum guruhlarga birlashadilar. Guruhlar o'zaro kelishib guruh sardorini saylashadi. So'ngra guruhlari nomini quyidagi she'riy misralar bilan tasdiqlashdi: «Boychechak» guruhi Bahorning ilk guli - boychechak, Qor qo'ynidan ko'taradi bosh Nafislikda tengi yo'q chechak, Uni ко'rib shoddir keksa, yosh. «Atirgul» guruhi Gullar malikasi - atirgul, Go'zallikka timsol и chindan. Ko'rk taratib bag'ishlar huzur, Unga talpinishning boisi shundan. «Rayhon» guruhi Kimgadir yoqar lola, Kim atirgul shaydosi Men uchun rayhon a'lo, Rayhonniing yo'q bahosi. «Binafsha» guruhi Binafshaxon, binafsha Kulishlaring chiroyli. Bog'imizda ochilib, Turishlaring chiroyli. «Lola» guruhi Oftob nuri shalola, Qirlarda yonar lola. Navbahor og'ushida Mayin esar shaboda. Mazkur darsda o'quvchilarni baholash usuli boshqacha tarzda bo'lishini ma'lum qilib, har bir guruhga bergan javoblari uchun qizil, sariq, oq rangdagi gullar berilishini, qizil gul «5», sariq gul «4» va oq gul «3» bahoni ifodalashi aytib o'tiladi. Darsning navbatdagi qismida uy vazifasi sifatida berilgan shoiraning tarjimai holini mustahkamlab olish maqsadida: «Shoira Jahon otin nima uchun o'ziga «Uvaysiy» taxallusini tanlagan?», «Shoiraning hayoti haqida nimalarni bilasiz?», «Uvaysiy va Nodirabegimning ustoz-shogirdlik munosabatlari haqida nimalarni bilasiz?», «Uvaysiy yaratgan asarlarining g'oyaviy mazmuni nimalardan iborst?», «Uvaysiy yarartgan chistonlar haqida o'z fikringizni bayon qiling» singari savoi-topshiriqlar o'rtaga tashlandi. Guruh sardorlari savol uchun belgilangan vaqt tugagach, javobtarning taqdimotini o'tkazadilar. Guruhlarning shoira hasbi holi bo'yicha olgan bilimlarini baholaniladi va darsning navbatdagi bosqichida har bir guruhga alohida-alohida topshiriqlar beriladi. «Boychechak» guruhi a'zolariga bu bosqichda o'zlarini jurnalistlar sifatida tasavvur qilib, shoira bilan asrlar osha muloqat qiladilar. «Atirgul» guruhi a'zolari esa adabiyotshunoslar sifatida shoira ijodi bo'yicha yangi tadqiqot ishlarini olib boradilar (bunda ular darsga ko'rgazma sifatida taqdim etilgan kitoblardan foydalanadilar). «Rayhon» guruhi a'zolari rassom sifatida Uvaysiy siymosini chizishga kirishadilar (bu jarayonda ular shoira portretiga ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:35:50
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.88 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:35 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.88 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:44 ]
Arxiv ichida: doc