Uyg'onish davri Feodalizm sharoitida shakllana boshlagan kapitalistik munosabatlar G'arbiy Yevropada Renesans (Uyg'onish) harakatiga asos bo'ldi. Madaniyat tarixida Renesans nomi bilan yuritiladigan bu harakat dastlab Italiyada (XIV) va ko'p o'tmay Yevropaning qolgan mamlakatlarida ham yuzaga keladi. Ishlab chiqarish shakllarining yangi kurtaklari-manufakturaga o'tish, buyuk geografik kashfiyotlar (Amerikaning topilishi, Hindistonga dengiz yo'lining ochilishi) va dunyo miqyosida savdo-sotiqning rivojlanishi absolyutizmning g'alabasi natijasida feodal tarqoqlikka chek qo'yilib, milliy davlatlarning paydo bo'lishi, buyuk dehqonlar urushi va xalq qo'zg'olonlari-bular ijtimoiy hayot va ijtimoiy tushunchada qator yangiliklar tug'diradi. Uyg'onish davri Italiyada san'at mislsiz darajada yuksaldi, bu yuksalish go'yo klassik qadim zamonning shu'lasi bo'ldi va keyinchalik unga erishish aslo mumkin bo'lmadi. Italiya, Fransiya va Germaniyada yangi, ilk hozirgi zamon adabiyoti vujudga keladi. Shundan so'ng Angliya va Ispaniya o'z klassik adabiyoti davrini kechiradi. Uyg'onish davri Bu-o'sha davrga qadar insoniyat boshidan kechirgan keskin o'zgarishlar ichida eng buyuk progressiv o'zgarish edi, titanlarga muhtoj bo'lgan, hamda tafakkur kuchi, zavqu-ehtirosi, xarakteri, har taraflama ma'lumotliligi va bilimdonligi jihatidan titanlarni vujudga keltirgan davr edi. Uyg'onish davri Uyg'onish davri madaniyatining ahamiyati uning feodal tuzumi va cherkovga qarshi g'oyaviy kurash olib borishi bilan belgilanadi. Shaxs erkinligi va uni din sirtmog'idan ozod etish hamda dunyoviy madaniyat yaratish uchun o'z bilim va kuchlarini sarf etgan bu titanlar-o'zlarini gumanistlar deb atadilar. Bu so'z lotincha-humanis ya'ni insoniylik degan so'zdan kelib chiqqandir. Ilk o'rta asrlar adabiyotining ikkinchi bosqichi g'oyaviy-badiiy jihatdan bir muncha yuksak bo'lib, asosan u bilan bog'liq masalalarga to'xtalamiz. Bu bosqich adabiyotida uchta yo'nalish mavjud edi va ular quyidagilardir: 1. Xalq adabiyoti. 2. Diniy - cherkov adabiyoti. 3. Feodal - ritsar' adabiyoti. Uyg'onish davri Uyg'onish davrining muhim xususiyatlari-inson shaxsini ulug'lash, kishi ongini din sarqitlaridan tozalash, tabiat va jamiyatni esa inson manfaatlariga xizmat ettirishda aks etadi. Uyg'onish davrining muhim xususiyatlaridan yana biri antik madaniyatga munosabat masalasida namoyon bo'ladi. Gumanistlar antik davrga qaytish maqsadida emas, o'zlarining ilg'or fikrlarini asoslash va kelajakka ishonch bilan qadam tashlash uchun uzoq o'tmishning ulug' siymolari ijodiga murojaat qiladilar. Ular rim va grek adabiyoti janrlarining turli uslub shakllarigagina emas, balki ularning tarixiy manbalari, g'oyaviy mazmuniga ham diqqat etadilar. Italyan olimi va yozuvchilari, shu jumladan birinchi gumanist Bokkachcho unutib yuborigan qadimgi qo'lyozmalarni qidirib topishga kirishdadi. Uyg'onish davri Konstantinopol yemirilganidan (XY asr) so'ng u yerdan qochgan grek olimlari Italiyaga juda ko'p noyob antik qo'lyozmalarni keltirganlar. XY asrning ikkinchi yarmidan boshlab grek va rim shoirlari Vergeliy va Gomer poemalari, Aristotel va Platonning asarlari nashr etila boshladi. Uyg'onish davri Uyg'onish davrining yana bir xususiyati shundaki, gumanistik adabiyotning rivoj topishi va uning realistik mazmunda ekanligidir. ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:35:50
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
703.06 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:44
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:35 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
703.06 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:44 ]
Arxiv ichida: pptx