Xalq dostonlari, dostonchilik an'analari, dostonchilik maktablari

Xalq dostonlari, dostonchilik an'analari, dostonchilik maktablari

O'quvchilarga / Adabiyot
Xalq dostonlari, dostonchilik an'analari, dostonchilik maktablari - rasmi

Material tavsifi

Xalq dostonlari, dostonchilik an'analari, dostonchilik maktablari Dunyodagi ayrim xalqlar o'zining tarixiga oid yirik hajmdagi katta muhim voqea bayon etiladigan janrlar bor. Biz o'zbeklarda bu janr doston deb ataladi. Doston so'zi qiziq-qiziq voqealarni hikoya qilish, maqtash ma'nolarini anglatadi. Badiiy adabiyotimizda asosan ikki usulda yaratilgan dostonlar bor. Birinchisi, asrlar davomida xalq og'zaki ijodida bahshilar tomonidan og'zaki tarzda kuylab kelingan dostonlar. Ikkinchisi, yozma shaklda shoirlar tomonidan ijod qilingan dostonlar. Alpomish, Go'ro'g'li turkumidagi Go'ro'g'lining tug'ilishi, Malikai Ayyor, Ravshan, Kuntug'mish, Rustamxon kabilar og'zaki dostonlar namunalaridir. Yusuf Xos Hojibning Qutadg'u bilig, Haydar Xorazmiyning Gul va Navro'z, Navoiyning Hayratul abror, Farhod va Shirin, Layli va Majnun kabi asarlar esa yozma adabiyotdagi dostonlar hisoblanadi. Shuning uchun yozma adabiyotidagi dostonlarni og'zakidan ajratish lozim bo'ladi. Og'zaki ijoddagi doston bir qator tarkibiy qismlardan tashkil topadi. Professor M. Saidov ularni she'riy va nasriy parchalardan iborat matndan, musiqadan, doston aytuvchining hofizlik san'atidan va soz cherta bilishdan iborat, deb qayd etadi. Shu bilan birga, doston haqida to'liq tasavvur hosil qilish uchun bahshining bevosita tnglovchilar davrasida qaynab (ilhomga kirib) doston ijro etishga guvoh bo'lish ham muhimdir. Demak, doston bo'lishi uchun bahshining tinglovchi bilan jonli muloqatini ham tarkibiy qismlardan biri sifatida baholash mumkin. Dostonni bahshilar kuylaydilar. qadimgi zamonlarda bahshi xalqona usullar bilan bemorni davolovchi tabib, ayrim hududlarda ustoz ma'nolarini anglatgan. Bugungi kunda bu so'z, asosan, xalq dostonlarini kuylaydigan san'atkorni bildiradi. bahshi soz chertganda sozanda, she'riy parchalarni kuyga solib aytganda xonandadir. Shuningdek, parchalarni bir zumda to'qib ketadigan shoir dostondagi nasriy parchalarni yoddan o'qiyotganda badiiy so'z ustasi hamdir. Shoirtabiat bahshi hech qachon dostonni bir xil, ya'ni o'zgarishsiz ijro etmaydi. Professor Hodi Zarifovning ta'kidlashlaricha, burung'urlik Amin bahshi Alpomish dostonini uch oy davomida tinglovchilarini sira zeriktirmay kuylagan ekan. Endi yozda yoki kuzda boshlangan doston kuzda yoki qishda nihoyasiga yetishini tasavvur qilaylik. Bir fasl muddatda doston ijro etgan bahshi biron kitobga qaramasdan shuncha gapni va she'riy parchalarni qaerdan topgan? O'sha nusxadagi dostonning hajmi qanday bo'lgan? Uch oy zeriktirmay ijro etish uchun naqadar yuksak mahorat egasi bo'lishi kerak o'sha bahshi? Bu savollarga beriladigan har bir javob o'zbek dostonchiligining beqiyos imkoniyatlarini qayta-qayta takrorlaydi, xolos. bahshi doston aytar ekan, Alpomish dostonida Alpomish gapirganida, Alpomish mardligini, Barchin so'zlaganida go'zal qizning yuzini ko'z oldimizda gavdalantiradi. Shuning uchun doston kechalari har bir tinglovchi uchun katta bayram bo'lgan. Bu kechalarda odamlar o'rtasidagi hamma ginaxonliklar unutilgan, turmush tashvishlari chekingan. Yoshu qarilar, erkak-ayollarning butun xayoli dostondagi voqealar bilan band bo'lgan. Dostonlar hajm jihatdan chegaralanmaydi. Doston ijrosi ham ba'zan soatlab, ba'zan kunlab davom etgan. Bunda doston mazmuni, bahshining mahorat darajasi muhim ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.21 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.21 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga