Xalq og'zaki ijodidan namunalar

Xalq og'zaki ijodidan namunalar

O'quvchilarga / Adabiyot
Xalq og'zaki ijodidan namunalar - rasmi

Material tavsifi

Xalq og'zaki ijodidan namunalar (Majmua) Maqollar Ona yurting omon bo'lsa, Rang-u ro'ying somon bo'lmas. Betashvish bosh qayda, Mehnatsiz osh qayda. Bilmagandan bilgan yaxshi, To'g'ri ishni qilgan yaxshi. Olim bo'lsang, olam seniki. Hunarmandning noni butun. Aytar so'zni ayt, Aytmas so'zdan qayt. Ko'pdan quyon qochib qutilmas. Haq so'zga o'lim yo'q. Boriga rozi bo'l, Yo'g'iga sabr qil. Hisobini bilmagan, Hamyonidan ayrilar. Aql yoshdan, Bola boshdan. Odob oltindan qimmat. Bola aziz, odobi undan aziz. Serjanjal uyda baraka yo'q. Qobil o'g'il ot mindirar, Noqobil o'g'il otdan indirar. Besh panjangni og'zingga tiqma. Dangasaning vaji ko'p. Yomonga bosh bo'lguncha, Yaxshiga yo'ldosh bo'l. Ko'ngli ochiqning qo'li ochiq, Qo'li ochiqning- yo'li. Matallar Alifni kaltak deydi. Attorning qutisida ham yo'q gaplar. Betga chopdi. Bilsa hazil, bilmasa chin. Bor otangga, bor onangga. Igna tashlasang, yerga tushmaydi. Oyog'ingni qo'lingga olib yugur. Popugi pasayib qoldi. Tomdan tarasha tushganday. Topishmoqlar Ko'k ko'ylakka qo'l etmas. O'yib oldim izi yo'q. Novcha yigit tom teshar. Otlari har xil, Yoshlari bir xil. Suvga tushsa suv bo'lmaydi, Loyga tushsa, loy bo'lmaydi. Uzun terak yiqildi, Uchi mening qo'limda, Zag'izg'oni sayraydi, Sochi mening qo'limda. Tog'da talaymonni ko'rdim, Suvda sulaymonni ko'rdim, Dumalab yotgan toshni ko'rdim, Tuzsiz pishgan oshni ko'rdim. Pilla kabi bo'g'indor, Har bo'g'inda magzi bor. Bodom kabi yaprog'i, Tovlanadi butog'i, O'zi shirin, tukligina, Mazasi ham totligina, Bir onadan yuz bola, Yuzovi ham bo'z bola. Xo'ppa semiz, bir tuki yuk, Pak-pakana bo'yi bor, Yetti qavat to'ni bor. Uzun terak, ichi kovak. Chopsa chopilmaydi, Ko'msa ko'milmaydi. Gulsiz meva qiladi, Ko'p yesang -til shiladi: Rivoyat va hayot Bir qishloq chekkasidagi g'arib kulbada tul ayol Bibish ismli go'zal qizi bilan kun kechirar ekan. Bir kuni Bibish ertalab ko'za ko'tarib buloq boshiga borganicha, qaytib kelmadi. Yolg'iz farzandini kutaverib toqati tugayozgan ona buloq boshiga chiqsa, qizidan dom-darak yo'q. Ovozi boricha qichqiradi, tog'lardan aks-sado keladi, ammo Bibishdan esa eshitilmaydi. Ona shu paytda daradan qo'y haydab kelayotgan cho'pon yigitdan so'raydi: - O'g'lim, Bibishim suvga chiqib ketganicha darak- asari yo'q, mabodo ko'rmadingmi-a? Cho'pon yigit: - Begona besh-olti otliq qop ichida chinqirib yig'layotgan kimsani o'ngarib ketayotgandi. O'sha Bibish bo'lib chiqmasin tag'in,- debdi. Onaizor uvvos tortib yig'lab, odam o'g'rilarini yer tepib qarg'abdi. Shunda bu mudhish xabarni eshitgan Bibishning sevgan yigiti o'g'rilardan o'ch olish payida uni qidirib ketibdi. Ammo ma'shuqasini topolmay qaytib kelibdi. Onaizor yolg'iz jig'arbandini istab kecha- kunduz Vo Bibish deb yig'lagandan ikki ko'zi ko'r bo'lib, oxiri omonatini topshiribdi. Zohidlar bo'lsa, qizni bachchaduzaklar emas, balki u juda suluv bo'lganidan dev-parilar olib ketishgan degan ovoza tarqatibdilar. Shu-shu qishloq Vobish, buloq esa vobish bulog'i ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.3 KB
Ko'rishlar soni 152 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.3 KB
Ko'rishlar soni 152 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga