Xalq poetik ijodida xizr obrazining badiiy talqini

Xalq poetik ijodida xizr obrazining badiiy talqini

O'quvchilarga / Adabiyot
Xalq poetik ijodida xizr obrazining badiiy talqini - rasmi

Material tavsifi

Xalq poetik ijodida xizr obrazining badiiy talqini MUNDARIJA 1.Tushuntirish qismi - Kirish…….3-bet ASOSIY QISM I.BOB. XIZR OBRAZINING O'RGANILISH TARIXI…….7 I.1. Xizr bilan bog'liq xalq qarashlari……11 I.2. Xizr obrazining xalq og'zaki ijodidagi ildizlari……14 II.BOB. XIZR OBRAZI VA UNING MUMTOZ SHE'RIYATDAGI TALQINI……25 II.1. Nodira lirikasida Xizr, pari, farishta obrazlarining berilishi……31 II.2. Xizr obrazining badiiy tasviri……44 Xulosa…….51 Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati…….54 Kirish Mavzuning dolzarbligi. Xalq og'zaki badiiy ijodiyoti Millat poetik tafakkurining o'ziga xosligini ko'rsatuvchi qadriyatlar tizimi bo'lishi bilan birgalikda, uning ma'naviy - ruhiy komillikka erushuviga muhim rol o'ynagan manbalardan biri ham hisoblanadi. Folklor asarlarida mujassamlashgan ulug'vor g'oyalar zamiridagi hayotsevarlik tuyg'usi ko'p asrlar mobaynida xalqimiz taraqqiyotining eng kuchli va o'ziga xos jihati bo'lib kelganligi uchun xalqning ma'daniy qadriyatlari, ma'naviy merosi ming yillar mobaynida sharq xalqlari uchun qudratli ma'naviyat manbai bo'lib xizmat qilgan San'atning boshqa turlari singari og'zaki badiiy ijod ham o'z ibtidosini mifologik tafakkurdan boshlaydi,. Mif qadimgi odamlarning e'tiqodlari, turli - tuman tasavvur va qarashlarining ma'lum bir tizim holatiga keltirilgan shakli sifatida ijtimoiy fikr taraqqiyotidagi muhim bosqich deb qaraladi. Shuning uchun ham qadimgi miflarning epik syujetlar va obrazlar genezisida tutgan o'rni, an'anaviy motivlarning mifologik tasavvurlar bilan aloqadorligini o'rganish folklorshunoslikning dolzarb yo'nalishlardan biri bo'lib kelgan. Mif faqatgina epik syujetlar va an'anaviy motivlar emas, balki folklor asarlaridagi ko'plab badiiy obrazlarning shakllanishida ham asos sifatida faol ishtirok etgan. O'zbek folklorining mifologiyaga bevosita daxldor personajlaridan bir guruhi epik qahramonning homiysi, g'ayritabiiy ko'makchisi va yordamchisi vazifasida kelishi bilan boshqa tipdagi mifik obrazlardan faqrlanib turadi. Ana shunday homiy personajlardan biri hizr bo'lib, xalq orasida bu mifologik obrazning o'ziga xos sifatlari, ko'rinishi, vazifalari haqida xilma - xil tasavvur va ishonchlar keng tarqalgan. Xizr bilan bog'liq xalq qarashlari, bu mifik obraz ishtirok etgan epik syujetlar, xizr obrazini turli xil talqinlari o'zida ifodalagan yozma manbalar o'zbek folklorida bu obraz bilan aloqador mifologik qarashlar silsilasi mavjudligini ko'rsatadi. Bu esa mazkur mifologik obrazlarning qadimiy ildizlarini aniqlash, Xizr haqidagi xalq qarashlarining kelib chiqishi, manbalari va evolutsiyasi bosqichlarini tahlil qilish, shuningdek bu obrazning folklor asarlardagi badiiy tasviri va epik funksiyalarini ilmiy tadqiq etish zarurligini ko'rsatadi. Ana shularning barchasi mazkur ilmiy tadqiqot mavzusining dolzarbligini belgilaydi. Muammoning o'rganilish darajasi. O'zbek folklorshunosligida. Mifologik obrazlarning mohiyati, genetic ildizlari va epik talqini masalsi G'.Akramov, B.Sarimsoqov, M.Jo'rayevlar tomonidan tadqiq qilingan. Shuningdek, B.Jumaniyozovning Yalmog'iz, J.Eshonqulovning Dev, A.Qayumovning Pari, A.Tillavovning Ot, D.Fayziyevaning Ilon - ajdar obrazlari tahliliga bag'ishlangan dissertatsiyalarda, shuningdek, T.Haydarovning Go'ro'g'lining tug'ilishi dostonida mifologiya unsurlari, T.Rahmonovning mif va uning epik motivlar o'zagi sifatidagi xususiyatlarini tadqiq etishga doir ilmiy ishlarida ham mifologik obrazlarning o'ziga xos xususiyatlari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 67.35 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 67.35 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga