Xayriddin Salohnning so'nmas ijodi. Xayriddin Salohnning hayot yo'li Xayriddin Saloh (Salohiddinov) 1934- yilning 15-yanvarida Toshkentda tug'ildi. Maktabda o'qib yurgan payitlaridayoq badiiy so'zga bo'lgan qiziqish Xayriddinni keksa shoir G'ayratiy rahbarlik qilgan adabiyot to'garagiga boshlab keldi. To'garakda shoir Erkin Vohidov, Yusuf Shomansur, Sayyor kabi tengdoshlari bilan ijod sirlarini o'rganadi. Xayriddin Salohning ilk she'ri 1950- yilda bosilib chiqadi va ko'pchilikning e'tiborini tortadi. O'rta maktabni tugatgach Xayriddin Toshkent davlat pedagogika insitituti ( hozirgi Pedagogika universiteti)ning tarix-filologiya fakultetiga o'qishga kiradi va u yerni 1957-yilda tugatadi. Shundan so'ng shoir O'zbekiston madaniyati gazetasi, G'uncha, Gulxan jurnallarida adabiy xodim bo'lib xizmat qiladi. Turli yillarda Xayriddin Saloh Chashma (1959), Ikkinchi imtihon (1961), Ishqim va rashkim (1965), Tug'yon, Na'matak (1969), Izlar va hislar (1974), Shulalar qo'shig'i (1975), Lirika (1985) singari she'rlar to'plamlari bosilib chiqadi. Xayriddin Saloh va ustozi shoir G'ayratiy Iqtidorli shoir Xayriddin Saloh yirik she'riy janrlarda ham ijod qilib, Laylo, Yangroq hayot, Toshkent bilan suhbat dostonlarini yaratdi. Uning tarjimonlik borasida qilgan xizmatlari ham e'tiborga loyiq. Xayriddin Saloh Bayron, Heyne, Lermontov, Shevchenko, Hamzatov singari olamga mashhur shoirlarning ko'plab asarlarini o'zbek tiliga tarjima qilgan. Serqirra ijodkor Xayriddin Saloh 1969-yilning 29-avgustida vafot etgan. Xayriddin Saloh do'sti bilan. KIPRIGIMDA TUTIB… Kindik qonim tomgan ona-Yer, Bilmam burching qanday o'tadim. Ozmi-ko'pmi to'kib manglay ter Ilk she'rimni senga atadim. Xayolingdan olis ketmadim Kuydirsang ham tovonim yozda. Junjitsang ham tanim ayozda Sirim sendan darig' tutmadim. Uzilsa ham sendan oyog'im Uzilmagay yuragim mutloq. Otam, Onam, Urug' - aymog'im Dafn etilgan muqaddas tuproq, Har bir siqim, har bir qatrangni Alishmasman zar, qahraboga. Kiprigimda tutib mehringni, Oshirmoq - chun yana qadringni - Kelganman - ku yorug' dunyoga. Go'zallik Tasma - tasma ko'kda kamalak, Kamalakni seving, do'stlarim. Charx uradi gulda kapalak, Kapalakni quving, do'stlarim! Tog' boshidan sakrar sharshara, Sharsharaga solingiz quloq. Yashillikka cho'mmish tog', dara, Daralardan uzmangiz nigah. Ufqlarning etagi yal - yal, Ufqlarni ko'zlangiz faqat. Neki bo'lsa hayotda go'zal, Go'zallikdan so'zlangiz faqat! Qorlar erib bitdi - ko'nglimda bahor, Aprel o'tib ketdi - ko'nglimda bahor. Sho'x soylar hayqirdi - ko'nglimda bahor, Qirg'oqqa bosh urdi - ko'nglimda bahor. Yerlarda oppoq qor - ko'nglimda bahor, Muzladi soy anhor - ko'nglimda bahor. Uzoq kezib yurdim xiyobonlarda, Saraton payti ham ko'nglimda bahor. Go'yo yurgandayman gul ochgan martda, Yerlar maysa gilam - ko'nglimda bahor. Bilsam, umrim o'zi bir bahor ekan. Yosh qalamkashlar to'garagida Maqsud Shayxzoda bilan suhbat Xayriddin Saloh Bugun turib hammadan barvaqt, Dala tomon yo'l lodim xushvaqt. Ammo borsam tamom o'zga hol, Hayrat bilan turib qoldim lol. Mendan barvaqt uyg'onib shamol, G'uncha labin ochibdi xushhol. ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:35:50
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
10.85 MB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:46
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:35 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
10.85 MB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:46 ]
Arxiv ichida: pptx