Xayriddin Sulton va Ahmad A'zam qissalarida xronotop

Xayriddin Sulton va Ahmad A'zam qissalarida xronotop

O'quvchilarga / Adabiyot
Xayriddin Sulton va Ahmad A'zam qissalarida xronotop - rasmi

Material tavsifi

Xayriddin Sulton va Ahmad A'zam qissalarida xronotop mavzusidagi BITIRUV MALAKAVIY ISHI M U N D A R I J A K I R I SH 3-4 I. BOB. XRONOTOP VA UNING BADIIY ASARDAGI O'RNI5-12 I.1 XAYRIDDIN SULTON qissalarida sujet va xronotop……13-23. I.2. XAYRIDDIN SULTONNING Yozning yolg'iz yodgori qissasida peyzaj xronotopi va xarakter uyg'unligi……24-32 II.BOB. QISSA JANRIDA XRONOTOP ……33-36 II.1 AHMAD A'ZAMNING Asqartog' tomonlarda qissasida kompozitsiya va xronotop……37-46 II.2. AHMAD A'ZAMNING Bu kunning davomi qissasida qahramonlar ruhiyati va xronotop……47-54 X U L O S A…….……55-57 F O Y D A L A N I L G A N A D A B I YO T L A R ……58-59 K I R I SH Bitiruv malakaviy ish mavzuining dolzarbligi. Zamon va Makon (keng ma'noda Fazo va Vaqt) kategoriyalari badiiy adabiyotda ham muhim ahamiyatga ega. Biron-bir badiiy asar yo'qki, unda ifodalanayotgan voqea aniq bir zamon va makonda ro'y bermagan bo'lsin. Zamon va makonsiz asarni tasavvur etish mumkin emas. Unda qatnashayotgan personajlar esa qalamga olingan davr, muhit va joyning aniq vakili sifatida namoyon bo'ladi. Bu badiiylikning muhim shartlaridan biri bo'lib, hayotiylik va xalqchillik fazilatlarini ta'minlashga yordam beradi. Badiiy asarda zamon va makon kategoriyasi ijodkor dunyoqarashi hamda adabiy tafakkuri darajasi bilan chambarchas bog'liq holda namoyon bo'ladi. Ijodkor o'zi qalamga olayotgan davr hamda hudud to'g'risida yetarli ma'lumotga, tugal xulosaga ega bo'lishi kerak. Zamon va makonning mavhumligi kitobxonning hafsalasini pir qilibgina qolmay, ayni chog'da asar sujeti va kompozitsiyasining yaxlitligiga ham putur yetkazadi. Biz ana shularni hisobga olib, yozuvchilar Xayriddin Sulton va Ahmad A'zamning qissalaridagi zamon va makon ( xronotop) ni asar sujeti, kompozitsiyasi hamda qahramonlarining ruhiy iztiroblari bilan uyg'unlikda tahlil qilishga urindik. Ana shu jihati ishimizning dolzarbligini belgilaydi. Bitiruv malakaviy ishning maqsadi va vazifalari Mazkur bitiruv malakaviy ishda xronotop ( makon va zamon)ning badiiy asardagi o'rni ayniqsa ijodkorlardan Xayriddin Sulton va Ahmad A'zam qissalarida sujet va kompozitsiyaning birligi, qahramonlarning ruhiyati kabi masalalarga alohida to'xtalishni maqsad qilib quyidagicha vazifalarni belgilab oldik: - Xronotop va uning badiiy asardagi o'rni nasriy asarlar misolida tahlil qilinadi. - Xayriddin Sulton qissalarida sujet va xronotop uyg'unligi tadqiq qilinadi. - Xayriddin Sultonning Yozning yolg'iz yodgori qissasidagi peyzaj xronotopi va xarakter izchilligi o'rganiladi. - Qissa janridagi xronotop ( zamon va makon) ning o'rni o'rganiladi. - Ahmad A'zamning Asqartog' tomonlarda qissasida kompozitsiya va xronotop masalasi sinkretik holda tadqiq qilinadi. - Ahmad A'zamning Bu kunning davomi qissasida qahramonlar ruhiyati va xronotop qiyosiy tahlillarda o'rganiladi. Mavzuning o'rganilish darajasi. 80-yillarda yaratilgan qissalar haqida bir qator adabiyotshunos olimlar, tanqidchilar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 56.91 KB
Ko'rishlar soni 130 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 56.91 KB
Ko'rishlar soni 130 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga