Xayriddin Sultonov va Ahmad A'zam qissalarida xronotop

Xayriddin Sultonov va Ahmad A'zam qissalarida xronotop

O'quvchilarga / Adabiyot
Xayriddin Sultonov va Ahmad A'zam qissalarida xronotop - rasmi

Material tavsifi

Xayriddin Sulton va Ahmad Azam qissalarida xronotop MUNDARIJA Kirish I bob. Murod Muhammad Do'st qissalarida syujet, xarakter va kompozitsiya II bob. Ahmad Azam qissalarining syujet-kompozitsion xususiyatlari II bob. Xayriddin Sultonov qissalarining syujet-kompozitsion xususiyatlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati K I R I Sh Tadqiqot mavzuining dolzarbligi. Bugungi adabiyot insonning taqdiri, kechmishi, ichki olami hech bir qolipga sig'maydigan hodisa ekanini, har bir odam o'ziga xos murakkab dunyo ekanini tushunishda va ko'rsatishda tobora ilgarilab bormoqda. Unda borliq, tabiat, ona zamin muammolarini, mavjud turmush hodisalarini, inson qalbini badiiy idrok qilish, tadqiq etish tendensiyasi teranlashib bormoqda. 70-80 yillar o'zbek adabiyotining eng yaxshi asarlarida inson tasvirida shunday salmoqli natijalarga erishildiki, adabiyot insonshunoslik sifatida borgan sari o'z mohiyatiga tobora yaqinlashib borganligini kutish mumkin. Adabiyotda hayot va inson obrazini talqin etishda yangicha o'zgarishlar, yangicha tendensiyalar paydo bo'lishga sabab nima? Avvalo, aytish kerakki, adabiyot bu hayot ifodasi. Shunday bo'lgandan keyin ijtimoiy-ma'naviy hayotda yuz bergan barcha yangiliklar, o'sish-o'zgarishlar adabiyotda aks etishi, o'z inikosini topishi tayin. Ijtimoiy-iqtisodiy turmushdagi taraqqiyot esa inson xarakterini, uning dunyo haqidagi tasavvurini, talab va ehtiyojlarini doimo o'zgartirib boradi. Hayot va inson shaxsi murakkabliklarini badiiy tadqiq etib ko'rsatishda ijtimoiy, ma'naviy-axloqiy masalalarning ich-ichiga kirib borishda, ulardagi ziddiyatlarni ochib berishda roman va qissa janri katta imkonga ega. Ammo, bu hikoyaning yoki poeziya, dramaturgiyaning adabiy jarayondagi, uning rivojidagi muhim rolini kamsitmaydi. Chunki adabiyotdagi hamma janrlar o'z o'rniga, o'z salmog'iga, qadriga ega Hozirgi kunda roman prozaning eng istiqbolli janri sifatida hayotning ijtimoiy-tarixiy, ma'naviy-axloqiy muammolarini keng ko'lamda, falsafiy yo'nalishda, butun murakkabliklari bilan badiiy ifodalab ko'rsatishda yetakchilik qilayotgan bo'lsada, bugungi o'zbek adabiyoti erishgan muvaffaqiyatlar miqyosini belgilashda qissachilikda yaratilgan asarlar ham salmoqli o'rin tutadi. Xususan, 80-yillardagi o'zbek qissalari badiiy kashfiyot darajasiga ko'tarilgan va bu keng jamoatchilik, adabiy tanqidchilik tomonidan etirof etilgan. Bularga tayanib aytish mumkinki, qissachilik bugungi nasrchilikning harakatlantiruvchi kuchiga aylangan. U keng jamotchilikning, ko'p minglab kitobxonlarning diqqat markazida turadi. Chunki qissachilik - badiiy prozaning hozirjavob janri. Shu manoda 80-yillar o'zbek qissalarining syujet-kompozitsion xususiyatlarini o'rganish bu davr qissachiligidagi asosiy tendensiyalarni belgilashga yordam beradi. Mavzuning o'rganilish darajasi. 80-yillarda yaratilgan qissalar haqida bir qator adabiyotshunos olimlar, tanqidchilar fikr bildirganlar. Jumladan, U.Normatov, I.G'afurov, A.Rasulov Ahmad Azam, Ochil Tog'aev kabilarning maqola va taqrizlarini sanab o'tish mumkin.1 Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Ushbu magistrlik dissertatsiyasida 80-yillar o'zbek qissalarining syujet-kompozitsion xususiyatlarini o'rganishni maqsad qilganmiz. Bu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni bajarishga harakat qilamiz. -80-yillar qissalarining asosiy tendensiyalarini belgilash, xarakter va syujetning o'zaro munosabatini kuzatish; -Xayriddin Sultonov qissalaridagi syujet, kompozitsiya va konfliktni tahlil etish; -Murod Muhammad Do'stning «Mustafo», «Galatepaga qaytish», «Istefo» qissalarining syujet-kompozitsion ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 139.26 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:46 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 139.26 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga