Xo'ja Doniyor

Xo'ja Doniyor

O'quvchilarga / Adabiyot
Xo'ja Doniyor - rasmi

Material tavsifi

Xo'ja Doniyor Xo'ja Doniyor maqbarasi Samarqanddagi eng mo'tabar va mashhur ziyoratgohlardan biri hisoblanadi. Doniyor, Daniil, Daniyel - musulmon, nasroniy va yahudiy adabiyotlaridagi aziz-avliyoning nomidir. Doniyor Quddusda eramizdan avvalgi 603 - yilda tug'ilgan bo'lib, shoh Dovud va Sulaymon (Solomon)larning avlodiga mansubdir. Rivoyatlarga ko'ra, Amir Temur o'zining (1397-1404 yillar) Kichik Osiyoga yetti yillik yurishi vaqtida Suza shahridagi avliyo Doniyorning tabarruk qo'nimgohidan bir qism xokini o'rnatilgan tartib-qoidalar talabini amalga oshirib, Samarqandga olib kelgan. Maqbarada dunyodagi eng uzun - 18 metrlik qabr mavjud. Maqbara binosi XX asr boshlarida qurilgan. Shunga qadar bu yerda Xo'ja Doniyorning qabri va masjid bo'lganligi haqidagi ma'lumotlar bor. Xo'ja Doniyor maqbarasi Afrosiyob qo'rg'onining kunchiqar tomonida, Siyob arig'i yoqasida joylashgan. Avliyo Xo'ja Doniyor qabri ustida qurilgan. Cho'ziq (15 m ga yaqin) to'rtburchak tarhli, peshtoq, besh gumbazli xonadan iborat. Peshtog'i (shimoliy tomonda) hamda uning ikki yonidagi qubbali, ko'zasimon kursili guldastalari ganch o'ymakorligi bilan bezatilgan, yon tomonlariga ham ravoqlar ishlangan. Maqbara ichida cho'zinchoq daxma bor. Maqbara yaqinidagi buloq aholi orasida tabarruk hisoblanadi. Abu Tohirxo'janing Samariya asarida yozilishicha, Xo'ja Doniyor (Doniyol) Qusam ibn Abbosning safdoshlaridan bo'lgan. Mustaqillik yillarida ushbu ziyoratgohda keng qo'lamda obodonlashtirish, ta'mirlash, qurilish va ziyoratchilar uchun qulayliklar yaratish ishlari olib borilmoqda. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 288.76 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:47 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 288.76 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga