Xudoyberdi To'xtaboev - romannavis RYeJA: I. Kirish. 1. X. To'xtaboevning hayot yo'li 2. X. To'xtaboev ijodi II. Asosiy qism. 1. Adibning asarlari haqida 2. Sariq devni minib romani 3. Qasoskorning oltin boshi - ma'naviy axloqiy asar 4. Besh bolalik yigitcha asari haqida 5. Adib asarlarini bolalar hayotidagi o'rni II. Xulosa O'z amoli, shaklu-shamoyili, mazmun-mundarijasi bilan beg'ubor bolalikni jumboqlar olamiga o'xshatish mumkin. Xo'rozlarning nima uchun tonggacha qichqirishi-yu, ayrim qushlarning qishda issiq o'lkalarga uchib ketishidan tortib Vatan tuprog'ining sajdagoh kabi muqaddasligi-yu ezgulik bilan yovuzlik o'rtasidagi ziddiyatning abadul-abad davom etishi bilan bog'liq bo'lgan barcha muammolar bu sehrli dunyoning doimiy sir-sinoatidir. Xudoyberdi To'xtaboev Farg'ona viloyatining Katta Tag'ob kishlog'ida 1932 yil 17 dekabrda tug'ilgan. Otasidan juda erta etim qolgan Xudoyberdi bobosi erkaboy va buvisi Robiyabibining qo'lida tarbiya topdi. 1958 yilda badiiy ijodga kirib kelgan ijodkorning qisqa vaqt orasida Shoshqaloq, Yosh gvardiya, Sir ochildi, Sehrli qalpoqcha nomli kitoblari nashr yuzini ko'rdi. O'tgan yillar davomida adibning Omonboy va Davronboy, Sariq devni minib, Sariq devning o'limi, Besh bolali yigitcha, Qasoskorning oltin boshi, Yillar va yo'llar, Sehrgarlar jangi yoki shirin qovunlar mamlakatida, Jannati odamlar kabi romanlari dunyoga keldi. Sevikli bolalar yozuvchisi 1982 yilda O'zbekistonda xizmat kursatgan madaniyat xodimi, 1991 yilda O'zbekiston xalq yozuvchisi kabi unvonlar bilan taqdirlangan. Asarlari rus, ingliz, nemis tillariga tarjima kilinib chet davlatlarda chop etilgan. Kichkintoylarni ana shu sir-sinoat bilan chuqur tanishtirish va katta hayotga yo'llashda tarbiyaviy adabiyot sanalmish bolalar adabiyoti zimmasiga benihoya zalvorli mas'uliyat yuklangan. Bolalarni jumboqlar olamiga sayohat qildirishda har bir yozuvchi o'ziga xos ijodiy yo'lni tanlaydi. Yozuvchining ijodiy individualligi bilan bog'liq bu tushunchani ijodiy uslub iborasi bilan ifodalash o'rinliroq bo'ladi. Binobarin, H.Nazir, H.Po'latov, F.Musajonov, E.Raimov, S.Barnoevlar ijodida realistik uslub ustuvorlik qilsa, fantastik uslub X.To'xtaboev, S.Anorboev, H.Shayxov, A.Obidjon kabi yozuvchilar ijodining ziynati sanaladi. Ularning ichida o'zbek bolalar nasrining taniqli ustasi Xudoyberdi To'xtaboev asarlari alohida ajralib turadi. Xudoyberdi To'xtaboevning nomi qaynoq va cheksiz ijodiy mashaqqatlar mahsuli bo'lgan qissa va romanlari orqali dunyoning olis-olis burchaklarigacha etib borgan. Jahonning juda ko'p tillariga tarjima qilingan birgina «Sariq devni minib» romani o'zbek bolalar adabiyotining ufqini sezilarli darajada kengaytirdi. «1970 yili Moskvada «Sehrli qalpoqcha» asarim bosilib chiqdi, - deb yozadi Xudoyberdi To'xtaboev. - 1971 yili Italiyaning Rim shahrida Janni Rodari «Butun dunyo bolalar yozuvchilarining forumini» o'tkazgan. Shu forumga Moskavada «Detskaya literatura» nashriyotining bo'lim mudiri ko'rgazmaga qo'yish uchun boshqa kitoblar qatorida mening kitobimni ham olib borgan. Forum ochilayotgan kuni Janni Rodari «Unita» gazetasida bolalarga bag'ishlangan sahifa berib, sahifada quyidagi so'zlarni yozgan. «Menga tanishish va tarjimaga tavsiya etish uchun taqdim etilgan yozuvchilar ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:35:50
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
679.56 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:47
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:35 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
679.56 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:47 ]
Arxiv ichida: ppt