Xudoyberdi To'xtaboyevning Sariq devni minib asari timsollari ustida ishlash dars ishlanma

Xudoyberdi To'xtaboyevning Sariq devni minib asari timsollari ustida ishlash dars ishlanma

O'quvchilarga / Adabiyot
Xudoyberdi To'xtaboyevning Sariq devni minib asari timsollari ustida ishlash dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston RespublikaSI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI QASHQADARYO VILOYATI XALQ TA'LIMI BOSHQARMASI QARSHI SHAHAR XALQ TA'LIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA'MINLASH VA tashkil ETISH BO'LIMI 19-umumiy o'rta ta'lim maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Nilufar Egamberdiyevaning adabiyot fanidan o'quvchilar bilimlarida aniqlangan bo'shliqlarni to'ldirish bo'yicha 6-sinflar uchun Xudoyberdi To'xtaboyevning Sariq devni minib asari timsollari ustida ishlash mavzusida tayyorlagan dars ishlanmasi Qarshi - 2015-yil Hammamizga ma'lumki, Respublikamizda 2011-o'quv yilidan boshlab bilimlar bellashuvi o'tkazila boshlandi. O'tkazilgan monitoring, bilimlar bellashuvi natijalari tahlil etilib, o'quvchilarning qiyin o'zlashtirgan mavzulari fanlar kezimida aniqlandi va ro'yxat shakllantirildi. Jumladan, ona tili va adabiyot fanlaridan ham bilimlar bellashuvida o'quvchilar yo'l qo'ygan bo'shliqlarni aniqlash bo'yicha o'zlashtirilishi qiyin bo'lgan mavzular tahlil qilindi va ularning qiyin mavzularni o'zlashtirishlari, o'qituvchining malaka mahoratini oshirish hamda bu mavzularni dars jarayonida tushuntirishda nimalarga e'tabor berishlari yuzasidan ko'plab metodik tavsiyalar, uslublar, usullar, shuningdek, dars ishlanmalari ham ishlab chiqildi. Mazkur dars ishlanmasi ham 6-sinflarda adabiyot fanidan Xudoyberdi To'xtaboyevning Sariq devni minib asarining to'liq o'zlashtirishda, o'quvchilarga asar timsollariga tavsif bera olishda yordam beradi va o'qilgan asar qahramonlari xarakterini to'g'ri talqin qila bilish ko'nikmasini shakllantiradi. Ushbu dars ishlanmasi ona tili va adabiyont fanidan o'qituvchilar bilimida aniqlangan bo'shliqlarni to'ldirish uchun tavsiya etiladi. XTMFMTTE Qarshi shahar bo'limi ona tili va adabiyot fani metodisti H. Amirqulova 13.10.2015 yil Sinf: 6-B Mavzu: Sariq devni minib asari timsollari ustida ishlash. Darsning maqsadi: Ta'limiy maqsad; o'quvchilarni Sariq devni minib asarining mazmun-mohiyatini tahlil qilish va asar timsollarini tavsiflash malakasini shakllantirish; Tarbiyaviy maqsad: O'smirlar ongiga kuch-bilim va tafakkurda ekanligini singdirish. Rivojlantiruvchi maqsad: O'quvchilar hamjihatligini oshirish, og'zaki nutqini o'stirish, dunyoqarashini kengaytirish; Darsning jihozi: Darslik, Xudoyberdi To'xtaboyevning asarlari, tarqatma materiallar, multimediya, videoproyektor, oq qog'ozlar. Darsning shiori: Kuch - bilim va tafakkurda. (I.A.Karimov) Darsning turi: O'quvchilarning bilim, ko'nikmalarini rivojlantiruvchi, umumlashtiruvchi. Dars metodi: Yakka tartibda va guruhlarda ishlash, Yelpig'ich usuli. Darsning borishi: a) tashkiliy qism - salomlashish; - davomatni aniqlash (bunda navbatchi o'quvchi 4 qator she'r bilan vazifasini boshlab, bugungi kun sanasi va sinfning davomati haqida ma'lumot beradi). - kirish suhbat (o'quvchilar diqqatini darsga jab etish maqsadida ma'naviyat daqiqasi tashkil etiladi. Bunda mashhur masalchi Ezop va uning donishmandligi aql-zakovatini ko'rsatuvchi rivoyat aytib beriladi). O'quvchilar bundan xulosa yasashadi. b) O'tilgan mavzuni mustahkamlash (uyga vazifa (daftaringizga Hoshinmjon tilidan kiritilgan tabiat tasviri, hazil mutoiba so'zlarni yozib oling) tekshiriladi). Tezkor savol-javob o'tkaziladi. Hoshimjon qalpoqni dastlab qayerda sinab ko'rdi? - Uyda. Sariq devni minib asari qaysi italyan yozuvchisining tahsiniga sazovor bo'lgan? - Janni Rodari. Xudoyberdi To'xtaboyev qalamiga mansub Omonboy va Davronboy sarguzashti asari janriga ko'ra qanday asar? ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 149.32 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 149.32 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga