XX asr o'zbek adabiyoti va uning o'ziga xos xususiyatlari

XX asr o'zbek adabiyoti va uning o'ziga xos xususiyatlari

O'quvchilarga / Adabiyot
XX asr o'zbek adabiyoti va uning o'ziga xos xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

XX asr o'zbek adabiyoti va uning o'ziga xos xususiyatlari Darsning maqsadi Ta'limiy maqsad:XX asr o'zbek adabiyoti va uning xususiyatlari yuzasidan bilimlarni mustahkamlash. Tarbiyaviy maqsadi:Talabalarni vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash. Rivojlantiruvchi maqsad: XX asr o'zbek adabiyoti va uning xususiyatlar to'g'risida mustaqil fikrlash doirasini kengaytirish. Darsda foydalaniladigan usullar: Slayd, klaster, savol-javob. Darsda qo'llanilgan jihozlar: 3-bosqich talabalari uchun mo'ljallangan akademik litsey va kollej darsligi, XX asr o'zbek adabiyoti Sayidulla Mirzayev, Toshkent. REJA: XX asrda yaratilgan o'zbek adabiyoti namunalarining nuqsonidan yutug'I, yomonidan yaxshisi ko'p. Professor Naim Karimov bu haqda:XX asr- insoniyat tarixidagi eng ulug' asrlardan biri. Bu asrda qanchalik ko'p qon to'kilgan , qanchalik ko'p nohaqliklar va adolatsizliklar ro'y bergan bo'lmasin, insoniyat xuddi shu asrda kelajak sari katta qadam tashladi…Bu asrda sodir bo'lgan barcha voqealar insoniyat tarixining ajralmas tarkibi.- degan edi. Atoqli munaqqid olim Ozod Sharafiddinov : XX asrda bizda jahonning har qanday yuksak talablariga javob bera oladigan yuksak adabiyot yaratildi, deb baralla aytishimiz mumkin. Hikoyachilik, qissachilik, romannavislikda ham she'riyatda ham , dramaturgiyada ham buning isbotini o'nalab uchratish ,-- deb yozgan edi. XX asr o'zbek adabiyoti yangi o'zbek adabiyoti , deb ataladi. XIX asrnig 70-yillaridan e'tiborn paydo bo'lgan adbiyoti hozirgacha bo'lgan vaqt mobaynida quyidagi bosqichlarni bosib o'tdi: 1900-1930-yillardagi o'zbek adabiyoti Turkistonda jadidchilikning paydo bo'lishi, muxtoriyatning tiklanishi uchun kurash sifatida kirdi. 1910-yilga qadar o'zbek adabiyotida drama janrida yaratilgan asar yo'q edi. 1910yildan boshlab Behbudiyning Padarkush, Hamzaning Zaharli hayot, Ilm hidoyati , Abdulla Qodiriyning Baxtsiz kuyov , Abdulla Avloniynig Advokatloik osonmi?, Pinak kabi sahna asarlari yuzaga keldi. XX asrning 20-yillarida Hamza Hakimzoda Niyoziyning Boy ila xizmatchi',Maysaraning ishi, Paranji ishlaridan bir lavha yohud yallachilar ishi singari sahna asarlarini yaratdi. Turg'il darddan jismingni,sog'la, Turkiston. Donish o'tiga bag'ring dog'la, Turkiston, Belga himmat kamaring bog'la, Turkiston, Ma'rifatga yetmoqni chog'la ,Turkiston. O'tmish yillar qissachiligida o'tmish mavzulariga qiziqish davom etdi. Ayniqsa, G'afur G'ulomning Shum bola, S.Ayniyning Sudxo'rning o'limi qissalarida, Cho'lponning Kecha va kunduz, S. Ayniyning Doxunda,Qullar, Oybekning Qutlug' qon va Abdulla Qahhorning Sarob kabi romanlari yaratildi. 40-50-yillardagi o'zbek adabiyoti ikkinchi jahon urushi yillariga to'g'ri keladi.Urush yillarida O'lim yovga, Vatan uchun, Mard o'g'il kabi harbiy- mudofaa mavzularidagi to'plamlar nashr etildi. Jangovor she'riy asarlarda esa, xususan, H.Olimjonning Ona va o'g'il, Ishonch; Oybekning Zafar yo'llari; M.Shayxzodaning Kurash nechun kabi to'plamlarida urush qoralanadi. Urush yillarida o'zbek nasri ham davr talablariga mos ravishda o'sdi. Dramaturgiyada Komil Yashinning Oftobxon, O'lim bosqinchilarga; Hamid G'ulomning Ota rozi, Sobir Abdullaning Qo'chqor Turdiyev, Azim pushka kabi sahna asarlari yozildi. H.Olimjonning Muqanna, Oybekning 'Mahmud Tarobiy kabi tarixiy dramalari yozilgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.08 MB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:48 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.08 MB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga