XX asrning 70 - 80 - yillar romanchiligi modulini o'qitishda muammoli ta'lim texnologiyalaridan foydalanish

XX asrning 70 - 80 - yillar romanchiligi modulini o'qitishda muammoli ta'lim texnologiyalaridan foydalanish

O'quvchilarga / Adabiyot
XX asrning 70 - 80 - yillar romanchiligi modulini o'qitishda muammoli ta'lim texnologiyalaridan foydalanish - rasmi

Material tavsifi

XX asrning 70-80-yillar romanchiligi modulini o'qitishda muammoli ta'lim texnologiyalaridan foydalanish мавзусидаги БИТИРУВ ЛОЙИҲА ИШИ MUNDARIJA KIRISH……3 I BOB.XX ASRNING 70-80 YILLAR ROMANCHILIGI MODULINI MUAMMOLI O'QITISH TEXNOLOGIYASI……7 1.1. 70-80-yillar romanchiligini o'rgatishning ustibor yo'nalishlari7 1.2. 70-80-yillar romanchiligi modulini o'qitishda muammoli ta'limning xususiyatlar…….…19 II BOB. MUAMMOLI TA'LIM TEXNOLOGIYASINING NAZARIY ASOSLARI……33 2.1. Muammoli ta'lim texnologiyasining o'ziga xosliklari……33 2.2.XX asrning 70-80 yillar romanchiligi moduli mashg'ulotlarini muammoli o'qitish texnologiyasi asosida tashkil etish…….43 2.3. Nazorat topshiriqlari va mustaqil ta'lim yuzasidan ko'rsatmalar…57 Xulosa87 Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati90 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Zamonaviy jamiyat o'zining tez va chuqur o'zgaruvchan tavsifiga ega bo'lib, bunday o'zgarishlar jamoatchilik tuzilmalari, jumladan, mustaqil davlatlar, shaxs va jamiyat o'rtasidagi munosabatlar, demografik siyosat, urbanizasiya jarayonlarida ko'zga yaqqol tashlanmoqda. Ta'lim ham global umumhamjamiyat tuzilmasining alohida tarkibiy qismi sifatida jamiyatda bo'layotgan barcha o'zgarishlarni hisobga olishi, ana shu asosda o'z tuzilishi va faoliyat mazmunini o'zgartirishi zarur. Bugungi kunda ta'limning jamiyat rivojlanish sur'atlaridan ortda qolayotganligi, ta'lim jarayonida qo'llanilayotgan texnologiyalarning zamonaviy talablarga to'liq javob bermasligi haqidagi masala dunyo hamjamiyati tomonidan tez-tez e'tirof etilmoqda. Chunki ta'lim ham ijtimoiylashtirish vazifasini bajaruvchi sifatida jamiyatdagi o'zgarishlar ortidan borishi hamda uning rivojlanishiga o'z ta'sirini o'tkazishi kerak. Biroq jamiyat rivojlanishi va ta'lim tizimi o'rtasidagi munosabat murakkab ko'rinishga ega bo'lib, yuqori darajadagi jo'shqinlik bilan farqlanadi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta'lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash dolzarb vazifalardan biri ekanligi alohida qayd etilgan. Jahon romanchiligining uzviy bo'lagi bo'lgan o'zbek adabiyotida romanchilik XX asrning birinchi yarmiga kelib vujudga keldi. Shuning uchun rus adabiyotshunosi Ye.E.Bertels haqli ta'kidlaganidek: … Dunyoda beshta, ya'ni fransuz, rus ingliz, nemis va hind romanchilik maktabi bor edi. Endi oltinchisini, ya'ni o'zbek romanchilik maktabini Abdulla Qodiriy yaratib berdi, - deb yozgan edi. O'zbek adabiyotida H.H.Niyoziy yetuk romanlar yaratmagan bo'lsa-da, roman terminini ilk marta qo'llagan adib bo'lib, roman janriga qo'yilgan ilk qadam sanaladi. Shu nuqtaiy nazardan, XX asrning 70-80-yillar romanchiligini modulini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o'qitish jarayoniga o'z e'tiborimizni qaratmoqchimiz. Ta'lim jarayonida yangi o'qitish texnologiyalarini va faol metodlarni qo'llash orqali bo'lajak kadrlarning ijodiy fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish, yangi bilimlarni mustaqil egallash qobiliyatini rivojlantirish, bugungi kun talablariga javob beradigan bilmli iste'dodli mutaxassislarni tayyorlash imkoniyati kengayadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faqat mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega bo'lgan shaxsgina o'z muammolarini o'zi mustaqil hal qila oladi va jamiyatda o'z mavqyeiga ega bo'ladi. Bunday qobiliyat esa ta'lim muassasalarida shakllantiriladi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganlaridek: «Demokratik jamiyatda bolalar, umuman, har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o'rganmasa, berilgan ta'lim samarasi past bo'lishi muqarrar. Albatta, bilim kerak. Ammo bilim o'z yo'liga. Mustaqil fikrlash ham katta ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 158.82 KB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 158.82 KB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga