Yagonasan mustaqil Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida go'zal O'zbekistonim!

Yagonasan mustaqil Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida go'zal O'zbekistonim!

O'quvchilarga / Adabiyot
Yagonasan mustaqil Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida go'zal O'zbekistonim! - rasmi

Material tavsifi

Yagonasan mustaqil Vatanim, sevgi va sadoqatim senga bahshida go'zal O'zbekistonim! mavzusida 1-soatlik ochiq dars ishlanma Qarshi -20142015 o'quv yili Mavzu: Yagonasan mustaqil Vatanim,sevgi va sadoqatim senga bahshida go'zal O'zbekistonim! Reja: 1. Makonimiz - O'zbekiston, zamonamiz - Mustaqillik 2. Mustaqillik yillari falsafasi. 3. O'zbekiston - ulkan imkoniyatlar mamlakati. Darsning maqsadi: Ta'limiy maqsad: o'quvchilarga mustaqillik bayrami va uning mazmun mohiyatiga oid bilimlar berish. Tarbiyaviy maqsad: Yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg'ularini o'stirish. Yoshlarning kelajakda ruhan pok, irodasi baquvvat, vijdoni uyg'oq bo'lishini ta'minlash, qalbida insoniy fazilatlarni shakllantirish. Rivojlantiruvchi ta'lim: O'quvchilarni mustaqillik, erk va vatanparvarlik haqidagi dunyoharashlarini o'stirish. Darsning turi: Aralash. Darsning usuli: Muzyorar, suhbat, ko'rgazmalilik, bahs-munozara, guruhlarda ishlash. Darsning jihozi: Didaktik jihoz: Vatanimiz tarixiga oid rangli suratlar, alloma va buyuk shaxslar portretlari, Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari darsligi, Islom Karimovning Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch kitobi, tarqatma materiallar, slaydlar. Texnik jihoz: Diaproyektor, ekran. Vatan tuyg'usi, Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fanlaridan tayyorlangan proeksion materiallardan mavzuga oid bo'lganlaridan foydalanish. Darsning texnik chizma: tashkiliy qism 5 daqiqa O'quvchilarni faollashtirish uchun savollar 10 daqiqa O'quvchilarning fikrlarini umumlashtirish 15 daqiqa Guruhlarda ishlash 10 daqiqa Uyga vazifa 5 daqiqa Darsning borishi: Dars boshida o'quvchilar uchta katta guruhga bo'lingan holda joylashadilar O'qituvchi darsni Muzyorar metodidan foydalanib, tanishuv mashg'uloti bilan boshlaydi. Bunda har bir o'quvchi oldin o'z ismini, so'ng ismidagi bosh xarf bilan boshlanuvchi o'zidagi bitta fazilatni aytishi kerak. Masalan, Xurshida- xushmuomala, Kamol- kamtarin va hokozo. O'qituvchi o'quvchilardan ushbu o'tkazilgan mashg'ulotdan olingan taassurotlar haqida fikrlashadi. O'quvchilarning tahminiy javoblari; 1-o'quvchi: Menda bu tanishuvdan ko'tarinki ichki hissiyot paydo bo'ldi. 2-o'quvchi: Men bu mashhulotda faol qatnashish mas'uliyatini sezdim. O'qituvchi: Sizlarga katta rahmat! Barchangiz tanishuv mashqulotida faol ishtirok etganingizdan juda mamnun bo'ldim. O'ylaymanki darsimiz davomida yanada ishchanlik kayfiyatida bo'lasizlar. Bugungi mavzu: O'zbekiston - ulkan imkoniyatlar, yangilanishlar va islohotlar mamlakati. (O'qituvchi sinf taxtasiga yozib qo'yilgan yangi mavzuni tushuntirish davomida uchraydigan tayanch so'z va iboralar ma'nosini o'quvchilar faolligini ta'minlagan holda izohlab beradi). O'quvchilarni faollashtirish uchun savollar 1.Mana bugun o'quv yilining birinchi kuni, maktabga kelishingizdan oldin siz o'zingizga qanday maqsad qo'ydingiz? O'quvchilarning javoblari umumlashtiriladi. (har bir o'quvchining fikrini olishga harakat qilinadi. Agar 9-sinf o'quvchilari bo'lsa, savolni davom ettirib, kelgusida qaysi kasbni egasi bo'lmoqchisiz, buning uchun nima ishlarni qilishingizni lozimligini o'ylab ko'rdingizmi? Degan savol ham berish mumkin.) 2. Bizning yashayotgan hududda sizlarning ertangi kuningiz uchun qanday imkoniyatlar mavjud? O'quvchilarning javoblarini o'qituvchi umumlashtirgan holda hududagi yangi qurilgan, zamonaviy maktab, kollej, akademik litsey binolari, hamda sport inshoatlarining rasmini ko'rsatadi va ularni nomini birma-bir sanab o'tadi. 3. Hotirjamlik, tinchlik, totuvlik, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 244.34 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 244.34 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga