Yozuvchi g'oyasi va badiiy obraz. (Odil Yoqubov ko'hna dunyo va Pirimqul Qodirov Avlodlar dovoni romanlari misolida)

Yozuvchi g'oyasi va badiiy obraz. (Odil Yoqubov ko'hna dunyo va Pirimqul Qodirov Avlodlar dovoni romanlari misolida)

O'quvchilarga / Adabiyot
Yozuvchi g'oyasi va badiiy obraz. (Odil Yoqubov ko'hna dunyo va Pirimqul Qodirov Avlodlar dovoni romanlari misolida) - rasmi

Material tavsifi

Yozuvchi g'oyasi va badiiy obraz (Odil Yoqubovning ko'hna dunyo va Pirimqul Qodirovning Avlodlar dovoniromanlari misolida) Kirish O'zbek adabiyotida xalqimiz tarixining eng shonli zarvaraqlarini teran badiiy tahlil qilishga bag'ishlangan bir qator yirik asarlar yaratilgan. Xalqimiz tarixining turfa bosqichlarini tasvirlash, millatimizning ijtimoiy va ma'naviy hayotida muhim rol o'ynagan istedod sohiblari shaxsiyatining jamiyat taraqqiyotida tutgan o'rnini ko'rsatib berish, tarixiy voqelik va shaxs munosabatini yoritish, shuningdek, davlatchiligimiz tarixi va milliy qadriyatlarimizning tarixiy-hayotiy asoslarini oydinlashtirish o'zbek tarixiy romanlarining o'ziga xos milliy xossalarini tashkil etadi. Tarixiy mavzuda yozilgan badiiy asarlar, xususan, romanlar xalqimiz tarixining badiiy solnomasidir. Shuning uchun ham milliy hurlik tufayli o'zligini anglayotgan, ajdodlarining kim ekan ligi, tarixiy ildizlari qaysi davrlarga borib taqalishi bilan qiziqayotgan har bir vatandoshimiz uchun tarixiy manbalar bilan bir qatorda shu mavzudagi badiiy asarlar ham g'oyat nodir tarixiy xotira sarchashmasi vazifasini o'taydi. Zero, Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov juda to'g'ri takidlaganlaridek, Tarix xotirasi xalqning, jonajon o'lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy, tarixini tiklash, milliy o'zlikni anglash, tabir joiz bo'lsa milliy iftixorni tiklash va o'stirish jarayonida g'oyat muhim o'rin tutadi. Haqqoniy tarixni bilmasdan turib o'zlikni anglash mumkin emas degan g'oyat purmano g'oyani ilgari surgan Prezidentimiz o'zlarining bir guruh tarixchi olimlar bilan uchrashuvlarida tarixning xalqimiz va mamlakatimiz taqdiridagi ahamiyati masalasiga tamomila yangicha yondashdilar hamda haqqoniy tarixni yaratishning yangi nazariy yo'nalishlarini belgilab berdilar. Tarixiy xotiraning ijtimoiy ahamiyati, tarixning millat va davlat taqdiridagi o'rni, tarix va ma'naviyat kabi, dolzarb masalalarni teran tahlil qilgan zukko yurtboshimiz I.A.Karimovning o'z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni engib bo'lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur degan xulosalari ozod Vatanimizning haqqoniy va xolisona tarixini yaratish nechog'lik muhim hayotiy ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi. Mamlakatimiz rahbarining el-yurt taqdiri, ozod va obod diyorimizning istiqbolini o'ylab kuyib-yonib aytgan bu so'zlari adabiyotimizda ham tarixiy mavzu yanada chuqurroq, keng qamrovli yoritilishi, xalq va Vatan tarixining barcha qirralari xolisona tasvirlanishiga alohida ahamiyat berish lozimligini ko'rsatadi. O'zbek tarixiy romanlarining o'ziga xos milliy estetik tabiati, mavzu yo'nalishlari, tarixiy voqelikni badiiy aks ettirish mezonlari, syujet tuzilishi va obrazlar tizimi xususida bir qator ilmiy tadqiqotlar yaratilgan. O'zbek romanchiligining umumnazariy muammolaridan bahs yuritadigan yirik monografik tadqiqotlardagi tarixiy romanlar tahlilga doir boblar, shuningdek, bevosita tarixiy romanlarning badiiy xususiyatlari, tarixiy voqelik va badiiy uydirmaning romandagi o'rni, tarixiy shaxslar obrazining badiiy talqini masalalarini o'rganishga bag'ishlangan nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarida o'zbek tarixiy romanchiligining shakllanishi, rivojlanish tamoyillari, poetikasi va adiblar badiiy mahorati chuqur tadqiq etilgan. Respublikamiz mustaqillikka erishgach, bir tomondan, badiiy adabiyotda xalqimiz tarixida muhim rol o'ynagan buyuk shaxslar - ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 160.83 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 160.83 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga