XALQ TA'LIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA'MINLASH VA tashkil ETISH QARSHI SHAHAR BO'LIMI 12-UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABINING ONA TILI VA ADABIYOT O'QITUVCHISI IBOTOVA NARGIZANING 8-SINFLAR UCHUN Yusuf Xos Hojibning Qutadg'u biligdostoni mavsusidagi DARS ISHLANMASI Qarshi- 2015 Kirish Ta'lim sifatini yuksaltirishtirishda o'quvchilar bilimidagi bo'shliqlarni muntazam to'ldirib borish,o'qituvchi-pedagoglarni kasbiy mahorati va faoliyatiga ijodiy yondashuvni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Bilimlar bellashuvida, olib borilgan monitoring natijalari tahlili asosida bo'shliqlar aniqlanganda Yusuf Xos HojibningQutadg'u biligdostoni bo'yicha o'quvchilar bilimida bo'shliqlar aniqlandi. Ma'lumki,Qutadg'u bilig XI asrdagi Markaziy Osiyo va Sharqiy Turkistondagi turkiy xalqlar va qabilalar tilining yodgorligidir.U turkiy tildagi yozma adabiyot hali u qadar boy tajribaga ega bo'lmagan bir davrda vujudga kelgan.Shoir fors-tojik tilida ijod etish an'anasi izidan bormaydi,balki katta jur'at bilan o'z ona tilida yirik badiiy asar yaratishga kirishdi va uni muvaffaqiyat bilan tugatdi.U xalq og'zaki ijodi va yozma adabiyotning tajriba va an'analaridan foydalandi,xalq og'zaki ijodining maqol va hikmatli so'z kabi injulari bilan o'z asarini boyitdi. Yusuf Xos Hojibning Qutadg'u biligasari bilan o'zbek,uyg'ur va boshqa turkiy xalqlarning mumtoz adabiyotda aruz vazni chuqur ildiz ota boshladi va yozma poezaning yetakchi vazni bo'lib qoldi. Yusuf Xos Hojibning o'zi to'g'risida hozircha Qutadg'u biligdan boshqa biror tarixiy manbada ma'lumot yo'q. Qutadg'u biligda tilga olingam mavzularning qamrovi juda keng.Ammo unda bitta bosh nuqta borki,u butun asarda asosiy ip bo'lib o'tgan. Bu inson ma naviyati masalasidir. Darslikda berilgan 31-bobning tub mohiyatidagi masala-bugun uchun ham juda dolzarb. Hozirda zamonda boshqaruv ilmi, rahbarga qo'yiladigan talablar mukammal bir ilm darajasiga ko'tarilgan. Bu masalalar o'zbek adabiyotida bundan X asrlar ilgari shu darajada tahlil etilgaining o'zi ham jahon tamadduniga xalqimiz nechog'li buyuk hissa qo'shganini yana bir bor isbotlab turibdi. O'quvchilar bilimida aniqlangan bo'shliqlarni to'ldirish va Yusuf Xos Hojibning Qutadg'u bilig dostoni mavzusi bo'yicha bo'shliqlar ustida ishlash yuzasidan maqsadli va yo'naltirilgan dars ishlanmasi sifatida tavsiya etiladi. Taqrizchi: Qarshi shahar XTBMTTEBning metodisti H.Amirqulova Darsning texnologik xaritasi Mavzu: Yusuf Xos Hojib Qutadg'u bilig dostoni Darsning maqsadi: -o'quvchilarni turkiy tilda birinchi yozilgan didaktik asar bilan tanishtrish,dostonning yozilish tarixini o'rganish -O'quvchilarda ilm-ma'rifatga muhabbat,insoniy fazilatlar va ajdodlar ruhiga hurmat ona tiliga ehtirom,o'zaro hurmat,insoniy fazilatlar tuyg'ularini singdirish - mustaqil,erkin,jodiy fikrlashni rivojlantirish Dars metodi: seminar Dars usuli: aqliy hujum, FSMU, Sinkveyn, Insert jadvali, Tafakkur cho'qqisi Dars jihozi: Yusuf Xos HojibQutadg'u bilig dostoni, Prezidentimizning 2014 yil 15 maydagi O'rta asrlar sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi,uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyatima'ruzasi,Abu ali Ibn Sino Tib qonunlari, Mahmud Qoshqariy Devonu lug'atit turk, Temur tuzuklari, referatlar, bukletlar. Vosita: kompyuter, proyektor Dars shiori: Bilimni buyuk bil,o'quvni chuqur, Bu ikkisi ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:35:50
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.47 MB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:50
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:35 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.47 MB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:50 ]
Arxiv ichida: doc