Yusuf Xos Hojib Qutadg'u bilig asari Reja: Yusuf Xos Hojib hayot yo'li. «Qutadg'u bilig» qo'l yozma nusxalari. Dostonning mazmuni va tuzilishi. Hokimiyat va hukmdor talqini. Ijtimoiy tabaqalar sharhi. Yusuf Xos Hojibning hayoti va faoliyati haqida ma'lumot beruvchi yagona manba uning «Qutadg'u bilig» («Saodatga yo'llovchi bilim») dostonidir. Bu doston hijriy yil hisobi bilan 462 (melodiy 1069G'70) yilda yozilgan. Avtor dostonning muqaddimasida yoshi ellikdan oshganini ta'kidlaydi. Shunga qarab Yusuf Xos Hojib XI asrning 20-yillari arafasida tug'ilgan, deb ayta olamiz. Yusuf Xos Hojibning vatani-Balasog'un (Quz o'rda) XI-XII asrlarning yirik savdo-sotiq hamda madaniy markazlaridan biri edi. Bu shahar ikki marta qoraxoniylarning poytaxti ham bo'lgan edi. Atroflicha bilim olgan Yusuf Xos Hojib o'z davrining peshqadam donishmandlaridan biri bo'lib etishdi. U fors-tojik va arab tillarini, badiiy adabiyotni, tarix, astronomiya, geometriya, matematika, tabiiyot, geografiya va boshqa fanlarni o'rgandi. U buyuk olimlarning ayrim axloqiy va falsafiy qarashlarini, medisinaga doir mulohazalarini targ'ib qildi, zamondoshlarini geometriya kabi fanlarni o'rganishga chaqirdi va hokazo. Shu bilan birga, Yusuf Xos Hojib o'z vatandoshi, ulug' olim Mahmud Qoshg'ariy singari, turkiy qabila va xalqlarning tilini o'rgandi, adabiy til uchun, turkiy tilning madaniy hayotda yanada kengroq o'rin olishi uchun kurashdi, xalq og'zaki adabiyoti va yozma adabiyotning boy tajriba va tradisiyalaridan ta'lim olib, mashhur «Qutadg'u bilig» dostonini yaratadi. Bu doston turkiy tildagi yozma adabiyotning ilk yirik asarlaridan biri edi. Yusuf Xos Hojib «Qutadg'u bilig» dostonini Balasog'unda yoza boshladi; uni Qashqarda yozib tugatdi va qoraxoniy hukmdorlaridan bo'lgan Tavg'ach Bug'raxonga (Tavg'och ulug' Bug'ro Qoraxon abo Ali Hasan binni Arslonxon) taqdim qildi. Bug'raxon doston avtorini taqdirlab, unga «Xos Hojib» (muqarram, eshik og'osi) unvonini berdi. Shunday keyin u Yusuf Xos Hojib nomi bilan shuhrat qozondi. «Qutadg'u bilig»ning muqaddimasida ko'rsatilishicha, doston o'z davrida keng shuhrat qozongan, turkiy tildagi eng yaxshi asar deb baholangan va turli joylarda turli nom bilan yuritilgan. Chinliklar «Adabul-muluk» (deb) ot berdilar. Mochin Malikaning nadimlari «Oyinul-mamlakat» (deb) atadilar, mashriqliklar «Ziynatul-umaro» deb aytadilar, eronliklar «Shohnomai turkiy» dedilar, shuningdek, ba'zilar «Pandnomai muluk» debdilar, turonliklar «Qutadg'u bilig» deb aytibdilar. «Qutadg'u bilig»ning qo'l yozma nusxalari va nashri «Qutadg'u bilig»ning uch qo'l yozma nusxasi ma'lum. Bu nusxalar «Vena» (yoki «Hirot»), «Qohira» va «Namangan» nusxalari deb yuritiladi. «Qutadg'u bilig»ning birinchi nusxasi XIX asrning 20-yillarida Istambulda topildi. Bu nusxa XV asrda-1439 yilda Hirotda Hasan Qara Sayil Shams tomonidan uyg'ur yozuvi bilan ko'chirilgan. Qo'l yozmani topgan olim Xammer Purgshtall uni Venadagi Qirollik kutubxonasiga topshiradi. Shuning uchun bu nusxa «Hirot» yoki «Vena» nusxasi deb yuritiladi. «Qutadg'u bilig»ning ikkinchi qo'l yozma nusxasi 1896 yilda Qohirada topildi. Bu nusxa (XV ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:35:50
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
538.45 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:50
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:35 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
538.45 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:50 ]
Arxiv ichida: ppt