Mavzu: Zafar Diyor bolalar shoiri. ZAFAR DIYORNING ZAFARLI IJODI Zafar Diyor bolalar adabiyotining o'ziga xos sahifalarini yaratgan ijodkor edi. U bor-yo'g'i o'ttiz to'rt yil umr ko'rgan, yigirma yilga etar-etmas ijod qilgan bo'lsa-da, shu qisqa davr mobaynida iste'dodli shoir,nosir, dramaturg sifatida bolalar adabiyotimizda o'z o'rniga ega bo'ldi. Zafar Diyorning ijodiy yo'li o'tgan asrning o'ttizinchi-qirqinchi yillariga to'g'ri keladi. Bu davr adabiyoti haqida fikr yuritganda, avvalo, badiiy adabiyot to'laligicha sho'ro siyosati manfaatlariga bo'ysundirilganini qayd etish joiz. Ijodkorlar xohish-istaklaridan qat'iy nazar, xalq xo'jaligining barcha sohalaridagi yutuqlar, ilm-fan, madaniyat va ma'rifat sohalaridagi ijobiy natijalarni sho'rolar tuzumining afzalliklari sifatida madh etishga majbur edilar. She'rlari Vatan Yana gulga To'lgay Vatan, Biz qo'ynida yayraymiz; Gul novdaga Qo'nib turgan Bulbul kabi sayraymiz… Biz shu ko'rkam Gulbahorning Go'zal asl gullari! . Zafar Diyorning o'ttizinchi yillar ijodiyotida hajviy va allegorik tarzdagi didaktik asarlar ham alohida o'rin tutadi. Bunda, avvalo, yumor va majoziylikda bolalar adabiyotining ba'zi o'ziga xosliklari namoyon bo'lishining ta'siri ko'rinadi. Shuningdek, hajvning tarbiyada katta o'rin tutishi ham ijodkorlarni ulardan unumli foydalanishga undagan bo'lishi tabiiy bir holdir. Shoirning Zarar emasmi? she'ri bu mavzudagi yozuvlar orasida ajralib turadi. Unda bolalar quvnoq kulgi bilan toza-ozoda yurishga, shaxsiy gigiyenaga amal qilishga o'rgatiladi va o'z kamchiliklarini tuzatishga undaladi. Atir hidi sochildi, Chakkangga taq, chakkangga. Lazzat olib hididan Bolarilar uchadi. Ipakqanot kapalak Barglarini quchadi. Seni maqtab kuylaydi, Bog' aylanib qushchalar. Darak berib bahordan, Quvontirding shunchalar. Binafshaxon, binafsha Kulishlaring chiroyli. Ko'ksimizda hid sochib Turishlaring chiroyli! BINAFSHA Binafshaxon, binafsha Kulishlaring chiroyli: Bog'imizda ochilib Turishlaring chiroyli. Hamma chiqar dalaga Binafshalar tergali, Men ham terdim bir dasta Opamizga bergali. - Mana, opa, binafsha, Qarang, qanday chiroyli. - Yuring, - dedi opamiz, - Binafshalar teraylik. Binafshalar ochildi Chakkangga taq, chakkangga: KAPALAK Hoy, kapalak, kapalak, Qanotlaring ipakdak. Muncha shoshib uchasan, To'xta, so'zlayin andak. Uchrataman har kuni Seni har kun bog'chamda, So'rib gullar sharbatin O'ltirasan olchamda. Borib ushlay deganda Shoshib darhol uchasan. Sira tutqich bermasdan Guldan gulga ko'chasan. Mendan aslo qochmagin, Do'st bilaman o'zimga. Pildir-pildir uchishing, Oh, yoqadi ko'zimga. Ikkinchi jahon urushi davrida she'riyat bolalar adabiyotining etakchi janri sifatida bolalar ruhiy dunyosini chuqur ifodalay oldi. Zafar Diyor bu yillarda Bizning qurolimiz (1941), Bizning oila (1942), Sovg'a (1944) singari she'riy to'plamlarni yaratdi. Bu to'plamlardagi kelajakka ishonch ruhi bilan sug'orilgan qator she'rlarda tasvirdagi lirizm kuchayib, bola qalbining katta voqealarga munosabatini aniq aks ettira olish darajasiga ko'tarildi. Bu davr shoir ijodining yulduzli, eng sermahsul va kamolotga erishgan davri bo'ldi. Zafar Diyor qisqa umr ko'rgan bo'lsa-da, uning yosh avlod shaxsiyatini shakllantirishga xizmat qiladigan aksariyat yozuvlari bugungi kunda ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:35:50
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
816.79 KB
Ko'rishlar soni
143 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:50
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:35 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
816.79 KB
Ko'rishlar soni
143 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:50 ]
Arxiv ichida: ppt