Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi 3

Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi 3

O'quvchilarga / Adabiyot
Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi 3 - rasmi

Material tavsifi

Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi Tuzuvchi: Samarqand tumanidagi 45-umumta'lim maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Axmedova Kamola Reja: l.Kirish.Zahiriddin Muhammad Boburning bolalik va o'smirlik yillari. ll.Asosiy qism: 1.Zahiriddin Muhammad Bobur o'zbek adabiyotining yorqin vakili. 2.Zahiriddin Muhammad Boburning g'azallari va ruboiylaridan namunalar. ,,Mening ko'nglumki…'' g'azalining tahlili. 3.,,Boburnoma''-eng ajoyib memuar asar. 4.Zahiriddin Muhammad Bobur mashhur kishilar e'tirofida. ll.Xulosa.Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi fikrlarim. Iste'dodli davlat arbobi, iqtidorli shoir va adib Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yilning 14-fevralida Andijonda, Farg'ona viloyatining hukmdori Umarshayx Mirzo va uning rafiqasi Qutlug' Nigoxonimlarning oilasida dunyoga keldi. Keyin ham ikki marotaba bu shaharni egallashga muvaffaq bo'ldi. Lekin saqlab qolish nasib etmadi. Ikki yilga yaqin sarson-sargordonlikdan so'ng 1503-yilda Kobulga yo'l oladi. Kobul va G'aznani jangsiz egallaydi va o'zini shoh deb e'lon qiladi. 1507-yildan Hindistonni zabt etish harakatiga tushadi. Davomi Bobur dunyoni hayratga solgan yirik davlat va madaniyat arbobi,mohir sarkarda, donishmand tarixchi, zakovatli olim va tarjimondir. Ayni paytda mumtoz adabiyotimizning yorqin vakilidir.Bobur xalqimizning har jihatdan yetuk, g'oyat iste'dodli farzandi edi. U naqadar sertashvish, notinch hayot kechirishiga qaramay, o'z davriga nisbatan yetuk bilim olib,yirik badiiy va chuqur mazmunli ilmiy asarlar ijodkori darajasiga ko'tarildi.Uning hayoti faqat janglar bilan emas,ilhomiy onlar bilan ham to'la edi. Umr bo'yi ajoyib she'lar yozdi, devon tartib qildi. Musiqa bilan shug'ullanib, ''Chorgoh maqomiga ''savt''lar bitdi. 1521-yilda soliq ishlarini tartibga soluvchi ''Mubayyin al-zakot''asarini, 1523-1525-yillarda aruz vazni haqida ''Muxtasar'' nomli risolasini yozdi.Boburlda 1519-yilda Kobulda, 1528-1529-yillarda Hindistonda devonlar tuzgan.Kobul devoni topilgan emas. Mutaxassislarning fikricha,saqlanib qolgan she'rlarining soni 400dan ortiq. Shundan 119tasi g'azal, 231tasi ruboiy. Shuningdek, shoir devonidan tuyuq, fard, qit'a, muommo kabi janrlar ham o'rin olgan. l Ma'rifatli hukmdor Umarshayx Mirzo, shubhasiz, o'g'li Zahiriddinning ta'lim-tarbiyasiga katta e'tibor berdi. Otasining to'satdan vafot etishi yosh Zahiriddinning davlat, el-yurt tashvishlari bilan yoshligidan band bo'lishga majbur qildi. O'g'illarning kattasi - Bobur taomil bo'yicha taxtga o'tiradi. 15-yoshida bobomeros Samarqandni zabt etadi. Lekin moddiy tanqislik, qaltis siyosiy vaziyat tufayli bu shahri azimni tashlab chiqishga majbur bo'ladi. Hijron qafasida jon qushi ram qiladur, G'urbat bu aziz umrni kam qiladur, Ne nav' bitay firoqi g'urbat sharhin, Kim ko'z yoshi nomaning yuzin nam qiladur. 1.Bobur tug'ilgan yil. 2.Bobur birinchi marta Samarqandni egallagan yil. 3.Hindistonni zabt etgan yil. 4.Vafot etgan yili. ''Klaster''metodi shoh 231ta ruboiy yozgan Muxtasar shoir tarjimon Bobur Mubayyin al zakot ''Mening ko'nglumki…'' g'azali Mening ko'nglumki gulning g'nchasidek tah-battah qondur, Agar yuz ming bahor o'lsa ochimog'I ne imkondur. Agar ul qoshi yosiz bog' gashtini orzu qilsam, Ko'zumga o'qdurur sarv-u ko'ngulga g'uncha paykondur. Bahori sayrin ne qilaykim, dilistonimning, Yuzi gul,sochi sunbul, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.29 MB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:50 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.29 MB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga