Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqat g'azallar

Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqat g'azallar

O'quvchilarga / Adabiyot
Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqat g'azallar - rasmi

Material tavsifi

9-sinf Adabiyot fani darsligi asosida 10-mavzu G'AZALLAR Fasli navbahor o'ldi ketibon zimistonlar, Do'stlar, g'animatdur, sayr eting gulistonlar. Subhidam tushib shabnam, bo'ldi sabzalar xurram, Gul uza tomib kam-kam, yog'di abri naysonlar. Nastaran yuvib yuzni, yosuman tuzib o'zni, Nargis ochibon ko'zni intizori yoronlar. Bir sahar edim uyg'oq: o't tutoshti olamg'a, Tog'lar chekib larza, titradi biyobonlar. Qumrilar qilib ku-ku, bulbul aylabon chah-chah, Sarv-u gul uza doim tortar oh-u afg'onlar. Bulbul o'qug'och yig'lab subhidam xazon faslin, G'uncha qon yutub, yuz chok etti gul giribonlar. Kechtilar vafo ahli qolmayin tutib savsan, Kiydi ko'k qilib sunbul zulfini parishonlar. Kuymasun bu savdoda ne uchun dimog'imkim, Ranj-u g'ussada dono, kechsa shod nodonlar. Furqatning Fasli navbahor o'ldi, ketibon zimistonlar g'azali - tabiat lirikasining namunasi. Unda ko'klam kelishi bilan tabiatda ro'y berayotgan go'zal o'zgarishlarni g'oyat sinchiklab kuzatgan shoirning qalb kechinmalari aks etgan. Birinchi baytda shoir bahor kelib, zimistonlar ketgan ekan, do'stlarini g'animat bu damlarda gulistonlarda sayr etishga chaqiradi. Mumtoz adabiyotda uzoq intiq kutib, orzuga yetgan damlardan oldingi intizorlik davrini qorong'ulik sifatida tasvirlash o'ziga xos an'ana. Masalan, Navoiy Farhodning tug'ilishini Shabistonida tug'di bir yangi oy deb tasvirlaydi. Misrada shabiston so'zi xoqonning o'g'il ko'rguncha bo'lgan davrdagi farzandsizlik hasratida o'tkazgan yillarni ifodalaydi. Ogahiy bahor kelgunga qadar hukm surgan azobli qish kunlarini soyaga mengzaydi: Ko'tardi yer yuzidin soya navro'z. Shuning uchun ham shoir o'tkinchi umrni go'zallik qo'ynida ezgulik bilan kechirishni istaydi. Chunki bahorgina emas, umr ham o'tkinchi - g'ani mat. Matladan so'ng shoir o'zini muvozanatdan chiqargan, hayajonga solgan ko'klam manzarasini chizishga tutinadi. Ko'z ol dingizda dilbar bahor tongining latif manzarasi namoyon bo'ladi: subhiy shabnamlardan ko'm-ko'k maysalarning yashnab turishi, bahor buluti onda-sonda tashlab turgan tomchilar va Yaratganning san'atiga lol-u qoyil oshufta ko'ngil O'zbek tilining ifoda imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalangan shoir shunchaki axborot berib qolmay, g'azalxonda kuchli his-tuyg'u uyg'otishga erishadi: Subhidam tushib shabnam, bo'ldi sabzalar xurram, Gul uza tomib kam-kam, yog'di abri naysonlar. Furqat ko'klam manzarasini o'z holicha tasvirlamaydi, uni jonlantiradi. U atrofdagi har bir unsurni - masalan, nastaran, yosuman va nargis gullarini dilga yaqin kishiga munosabati nuqtayi nazaridan tasvirlaydi. Ularda yoronlar, ya'ni yor-jo'ralarga intizorlik, intiqlik ko'radi. Kishi ko'zini quvontirayotgan bahoriy ko'katlar shunchaki go'zal emas, balki yaqinlarni kutib olishga hozirlik ko'rayotganligi sabab go'zaldir: Nastaran yuvib yuzni, yosuman tuzib o'zni, Nargis ochibon ko'zni intizori yoronlar. Ko'klamning eng sara chechaklari sara odamlar - yoronlarni kutib olishga hozirlik ko'rishadi. Furqat tabiatni tinimsiz harakatda ko'rsatadi. Ko'klam manzarasi, undagi o'zgarishlarni, almashinishlarni jonli tasvirlaydi: Bir sahar edim uyg'oq: o't tutashdi olamga, Tog'lar chekibon larza, titradi biyobonlar. Tabiat go'zalligiga oshufta lirik qahramon uyg'oq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.74 MB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:51 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.74 MB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga