Zulfiya hayoti va ijodi dars ishlanma

Zulfiya hayoti va ijodi dars ishlanma

O'quvchilarga / Adabiyot
Zulfiya hayoti va ijodi dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

ZUlfiya hayoti va ijodi dars ishlanma Sana: Sinf: 6 D Soat: 45 daqiqa Fan: adabiyot Mavzu: Zulfiya hayoti va ijodi. Dars turi: noan'anaviy Dars usuli: hikoya, ko'rgazmalilik Dars jihozi: kompyuter texnologiyasi, aqliy hujum, savol javob Darsning borishi: tashkiliy qism. 3 daqiqa O'tilgan mavzuni so'rash. 10 daqiqa Yangi mavzu bayoni. 15 daqiqa Yangi mavzuni mustahkamlash. 10 daqiqa O'quvchilarni baholash. 5 daqiqa Uy vazifa berish. Darsni yakunlash. 2 daqiqa I. tashkiliy qism. 3 daqiqa Salomlashish Davomadni aniqlash Adabiyot atomdan kuchli. (Abdulla Qahhor) O'quvchilar hikmatli so'zga o'z fikrlarini bayon qilib, birma-bir fikr bildiradilar. Men ham o'z fikrimni bildirib, fikrlarni umumlashitiraman. II. O'tilgan mavzuni so'rash. 10 daqiqa Ushbu savollarga o'quvchilar javob beradilar? Abay qachon va qayerda tavallud topgan? Abay qanday shoir edi? U she'rlarida nima qilishga undaydi? Qancha o'lan kuyi bastalagan? Qachon olamdan o'tgan? Qanday asarlar yozgan? Nasihatlar asari necha bo'limdan iborat? Nasihatlar asarini kim o'zbek tiliga tarjima qilgan? Abay qanday asarlar yozgan? Abay Nasihatlar asari nima haqida? Sinfni 2 guruhga bo'lib, 1-guruhga adabiyotchilar, 2-guruhga tanqidchilar deb nomlab olamiz. Ushbu Abay Nasihatlarasarini guruhlar o'z fikrlari bilan to'ldirib, tushuntirib beradilar. So'ng men ham o'z tushunchamni aytib, Zulfiyani rasmini qo'yib kimning rasmi deb so'rayman. 1-guruhga 2-guruhga Yettinchi so'z va o'n yettinchi O'ttiz birinchi va o'ttiz ikkinchi so'z so'z bo'limlari berilib, ushbu bo'limlari berilib, ushbu bo'limlarni bo'limlarni ma'nosini tushun- o'z fikrlari bilan bayon qilib, tahlil tirib, o'z fikrlarini bildiradilar qilib tushuntirib beradilar. So'ng o'zim ham fikrlarni umumlashtirib, mavzuga oid fikrlar bildirib, guruhlarga rag'bat tarqatmalar tarqataman. Ushbu rasm qaysi shoiramizga tegishli? II. Yangi mavzu bayoni. 15 daqiqa Zulfiya 1915-1996 Zulfiyani rasmi ko'rsatilgach, shoiramiz haqida turli xil savollar berib ko'rib, o'quvchilarning fikrlarini eshitib, so'ng mavzuni bayon qilib beraman. Zulfiya kim bo'lgan? Zulfiyaga atab nimalar qo'yilgan? Zulfiya kimning rafiqasi bo'lgan? 2015-yil shoiramizning necha yilligi nishonlanadi? Televizorda ham uning ijodi ko'rsatilyapti. Qanday she'rlar yozgan ekan? Zulfiya XX asr o'zbek she'riyatining yirik vakillaridan biridir. U o'zining teran falsafiy, hasos, fojiaviy va hayotbahsh realistik ijodi bilan hozirgi zamon o'zbek she'riyatida yangi sahifa ochdi. Isroil Muslimov qizi Zulfiya 1915-yil 1-martda Toshkentning Degrez mahallasida tug'ildi. Hovli mo''jazgina bo'lsa-da, unda bir-biridan chiroyli, muattar gullar o'stiriladi. Oila a'zolari she'rxonlikni, musiqani qattiq sevardi. Zulfiya oilaning kenjasi edi. Uning bir-biridan ko'rkam, bir-biridan aqlli to'rt akasi bor edi. Ularning bari keyinchalik mas'ul lavozimlarda ishladilar, qatag'on-qirg'in yillarining achchiq zahri va shafqatsiz qahriga duchor bo'ldilar Oiladagi tinch, fayzli, shirin hayotni vujudga keltirishda onaning xizmati beqiyos edi. Ona shoirtabiat, ko'p narsani biluvchi farzandlarini katta dunyo sari dadil yetaklagan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.16 MB
Ko'rishlar soni 142 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:51 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.16 MB
Ko'rishlar soni 142 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga