Zulfiya Qurolboy qizi ijodida ayol timsoli

Zulfiya Qurolboy qizi ijodida ayol timsoli

O'quvchilarga / Adabiyot
Zulfiya Qurolboy qizi ijodida ayol timsoli - rasmi

Material tavsifi

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI MILLIY G'OYA, MA'NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQIY TA'LIM KAFEDRASI Abdisalomov Sardor Sayfiyevichning 5141500- О'zbek filologiyasi ta'limi yo'nalishi bo'yicha bakalavr darajasini olish uchun Zulfiya Qurolboy qizi ijodida ayol timsoli mavzusida yozgan Ilmiy rahbar: о'qit.O.Xurramov Himoyaga tavsiya etilsin Filologiya fakulteti dekani dots.I.Xudoynazarov 2012 yil Qarshi shahri -2012 yil MUNDARIJA Kirish…… 3-7 betlar I BOB Hozirgi davr o'zbek hikoyachiligining taraqqiyot tamoyillari…… 1.1. Hozirgi davr o'zbek hikoyachiligining taraqqiyotida Zulfiya Qurolboy ijodining o'rni…….8-18-betlar 1.2. Zulfiya Qurolboy qizi ijodining mavzu mundarijasi……19-.29-betlar II BOB. Zulfiya Qurolboy qizining poetik mahorati……30-38-betlar 2.1. Zulfiya Qurolboy qizi hikoyalarida psixoligik tasvir……. 2.2. Zulfiya Qurolboy hikoyalarida badiiy tasvir vositalarning qo'llanishi…….39-55-betlar Xulosa……56-57-betlar Foydalanilgan adabiyotlar……58-59-betlar KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganidek: Albatta, har qaysi xalq yoki millatning ma'naviyatini uning tarixi, o'ziga xo surf-odat va an'analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo'lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma'naviy meros, madaniy boyliklar, ko'hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo'lib xizmat qiladi. Bugungi yosh avlodning ma'naviy dunyosini shakllantirishda badiiy adabiyotning o'rni beqiyosdir. Bu esa o'z navbatida kitobxonning qanday kitobni o'qishga bog'liq bo'ladi. O'quvchi o'qigan asarini ongli ravishda mutolaa qilib va tahlil qilish lozim bo'ladi. Hozirgi o'zbek adabiyotida hikoya janrining tadrijiy taraqqiyotida Zulfiya Qurolboy qizining o'rni beqiyosdir. Bugungi o'zbek adabiyotida Zulfiya Qurolboy qizining o'ziga xos jihatlarini ilmiy nuqtai nazardan batafsil tahlil qilish adabiyotshunoslarimiz tomonidan alohida tadqiqot obekti sifatida olinmagani uchun bevosita tahlil qilayotgan mavzumizning dolzarbligini belgilab beradi. Mavzuning o'rganilish darajasi. O'zbek adabiyotining tadrijiy taraqqiyotida Zulfiya Qurolboy qizining o'ziga xos jihatlarini alohida tadqiqot obekti sifatida o'rganilmagan. Lekin Zulfiya Qurolboy qizi ijodi haqida adabiyotshunos olimlar Umarali Normatov, Abdug'afur Rasulov, Ulug'bek Hamdam, Bahodir Karimov, Hakimjon Karimov, Abdulla Ulug'ov kabi olimlar o'zlarining maqolasida o'z munosabatlarini bildirib o'tishgan. Lekin bu adabiyotshunoslar Zulfiya Qurolboy qizining asarlarini alohida mavzu sifatida tadqiq etishga harakat qilinmagan. Mavzuning maqsadi: Hozirgi milliy hikoyachiligi tadrijiy taraqqiyotida Zulfiya Qurolboy qizining o'ziga xos jihatlarini tahliliy yo'sinda tadqiq qilishimiz ishimizning asosiy maqsadini belgilab beradi. Bitiruv malakaviy ishning vazifalari. Asosiy maqsaddan kelib chiqib, tadqiqot oldiga quyidagi ilmiy vazifalar qoyildi: Hozirgi davr o'zbek hikoyachiligining taraqqiyot tamoyillarini tadqiq etish ; Hozirgi davr o'zbek hikoyachiligining taraqqiyotida Zulfiya Qurolboy ijodining o'rnini qiyosiy yo'sinda tahlil qilish ; Zulfiya Qurolboy qizi ijodining mavzu mundarijasini hikoyalar asosida tahlil qilish ; Zulfiya Qurolboy qizining poetik mahoratini kuzatish va tadqiq qilish ; Zulfiya Qurolboy qizi hikoyalarida psixoligik tasvir mahoratiga e'tibor qaratish; Zulfiya Qurolboy hikoyalarida badiiy tasvir vositalarning qo'llanishi darajasini tadqiq etish. Bitiruv malakaviy ishining obekti va predmeti. Ishga o'zbek milliy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 64.44 KB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 64.44 KB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga