Alisher Navoiy-g'azal mulkining sultoni Hayoti va ijodi Buyuk o'zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Hirot shahrida tug'ilgan. Alisher Navoiy(asl ismi Nizomiddin Mir Alisher) Otasi G'iyosiddin Bahodir Xuroson hukmdori Abulqosim Boburning yaqinlaridan, onasi Kobul amirzodalaridan Shayx Abusaid Changning qizi. 4- yoshida maktabga borib, tez savod chiqargan. Bo'lajak podshoh Husayn Boyqaro bilan tarbiyalangan. Tog'alari Mirsaid Kobuliy, Muhammad Ali G'aribiylar yetuk shoir edilar. Alisher Navoiy 10-12 yoshlaridan she'r yoza boshlagan.Alisher Navoiyning iste'dodidan mamnun bo'lgan mavlono Lutfiy, uning: Orazin yopqoch, ko'zimdin sochilur har lahza yosh, Bo'ylakim paydo bo'lur yulduz, nihon bo'lg'ach quyosh matla'li g'azalini tinglab: ,,Agar muyassar bo'lsa edi, o'zimning o'n-o'n ikki ming forsiy va turkiy baytimni shu g'azalga almashtirardim …'' degan. Alisher Navoiyning bolaligi podshoh Shohruh davrida o'tgan, keyinchalik Abulqosim Bobur xizmatida bo'lgan. Abulqosim Bobur vafot etgach, Sulton Abu Said taxtni egallaydi, uning ta'qibidan Alisher Mashhadda yashashga majbur bo'ladi. Alisher Navoiy 1465-yildan 1469-yilning bahorigacha Samarqandda yashadi Fazlilloh Abu Lays madrasasida o'qib, turli fanlarga oid bilimlarini yanada chuqurlashtirdi. Alisher Navoiyning asarlari: Devonlari: Adabiyotshunos, olim,tazkirachi,lug'atshunos,tarixchi sifatida yozgan asarlari: 1.Ilk Devon 1465-1466 2.Badoe ul-bidoya 1472-1476 3.Navodir un-nihoya 1476-1483 4.Xazoyin ul-maoniy 1490 5.Devoni Foniy ,,Xamsa'' asari 1483-1485 Nasoyim ul muhabbat Lison ut-tayr Munshaot Mahbub ul-qulub Tarixi mulki Ajam, Tarixi anbiyo va hukamo, Mezon ul-avzon , Majolis un-nafois ,Sab'atu abhur, Muhokamat ul-lug'atayn 1469-yilda Alisher Navoiy Hirotga qaytdi. Husayn Boyqaro uni muhrdorlik mansabiga tayinladi. 1472-yil Husayn Boyqaro Alisher Navoiyni bosh vazir qilib tayinladi. Unga ,,Amiri kabir''unvonini berdi. 1480-yillar davomida Alisher Navoiyning bunyodkorligi. Hirot va mamlakatning boshqa shaharlarida bir necha madrasa, 40 ta robot, 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 ta hamom, 9 ta ko'prik, 20 ga yaqin hovuz qurgan yoki ta'mirlattirgan. Ular orasida Hirotdagi Ixlosiya, Nizomiya , Marvdagi Xusraviya madrasalari, Shifoiya tibgohi, Qur'on tilovat qiluvchilarga mo'ljallangan ,,Dorul-huffoz'' binosi bor. Saroy a'yonlari shoir va podshoh orasida nifoq solishga urinadilar.1487-yilda Husayn Boyqaro Navoiyni vazirlikdan bo'shatib Astrobotga hokim qilib tayinlaydi. Navoiy hokimlik qilgan 2 yil davomida Astrabod shahri obodonlashib, qo'shni davlatlar bilan yaxshi munosabatlar o'rnatildi, savdo ishlari yo'lga qo'yildi. Alisher Navoiy ko'p shoir,sozanda va rassomlarga homiylik qilgan. Suhayliy,Osafaiy,Binoiy… Noiy, Udiy,G'ijjakiy… Alisher Navoiy va uning ilhom parisi Alisher va Guli… Kecha kelgumdir debon ul sarvi gulro' kelmadi… Alisher Navoiy 1483-1485 yillar ,,Xamsa'' asarini yaratgan. 1.Hayrat ul-abror 2.Farhod va Shirin 3.Layli va Majnun 4.Sab'ai sayyor 5.Saddi Iskandariy Husayn Boyqaro Alisher Navoiyning ,,Xamsa'' asarini yuksak baholab, unga jilovdorlik qilgan. Hirot ko'chalarini aylantirgan. Alisher Navoiy 1501-yil 3-yanvarda vafot etgan. Butun Hirot xalqi o'zining buyuk shoiri bilan xayrlashishga chiqqan va 7 kun davomida motam tutgan. ...

Joylangan
25 Nov 2022 | 20:18:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
9.14 MB
Ko'rishlar soni
370 marta
Ko'chirishlar soni
30 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:49
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
25 Nov 2022 [ 20:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
9.14 MB
Ko'rishlar soni
370 marta
Ko'chirishlar soni
30 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:49 ]
Arxiv ichida: pptx