,,Insonni, uning ma'naviy olamini kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bo'lsa, so'z san'ati, badiiy adabiyotdir. ,,Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. Lutfiyning g'azallarida badiiy san'atlardan foydalanish mahorati (Irsoli masal,tazod,talmeh san'atlari misolida) kirish Mavzuning dolzarbligi. Ushbu bitiruv malakaviy ishida devondagi har bir g'azal bilan tanishib, mavzusini aniqlash va tasniflash, ularni bir joyga to'plash, xulosalar chiqarish asosiy ishlardan biri hisoblanadi. Har bir badiiy san'at(irsoli masal,tazod, talmeh)ni alohida o'rganish, g'azaldagi ahamiyatini yoritib berish, bu badiiy san'atlar bilan bog'liq tushunchalarni aniqlash, ularni tasniflash, badiiy jihatlarini yoritish va tahlil qilish, xulosa chiqarish bitiruv malakaviy ishining dolzarbligini belgilaydi. Lutfiy haqida Zaki Validi, Ko'pruluzoda va xususan, bizga zamondosh bo'ib yashagan turk olimlari bir qator muhim tadqiqotlarni yaratdilar. Shoir devoni yuzasidan qator tadqiqotlar yaratilgan. Bu haqdagi ilk nazariy qarashlar o'zbek adabiyotshunosligida ko'pgina olimlar tomonidan yoritib berilgan. Lutfiy merosi va ayniqsa uning devonini o'rganish hamda uni muxlislarga tortiq qilishda A.Fitrat, O.Sharafiddinov, H.Zarif, X.Rasulov, E.Fozilov, S.Erkinov, E.Ahmadxo'jayev, B.Valixo'jayevlar munosib hissa qo'shdilar. Mavlono Lutfiy, Turkiy nazmning sehrgari kitoblari, Lutfiy asarlari qo'lyozmalarining katalogi (E.Ahmadxo'jayev), shoirning Sensan sevarim nomli g'azallar to'plami, Lutfiyning voqeaband va yakpora g'azallari xususida maqolasi, Malik ul-kalom mavlono Lutfiy qo'llanmasi, shoir g'azallari,ruboiy, tuyuq va fardlari jamlangan Devon va boshqa bir qator adabiyotlarda shoir ijodiga doir ma'lumotlar keltirilgan bo'lib, ushbu bitiruv ishini yozishda shu manbalarga suyanildi. Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi. Ushbu bitiruv malakaviy ishida Lutfiy devonidagi g'azallar o'rganildi. G'azallar mavzusiga ko'ra alohida-alohida tasnif qilindi. Shoir g'azallaridagi mavzular yuzasidan ko'plab tadqiqotlar amalga oshirilgan. Biroq ularda g'azallar alohida-alohida mavzularga bo'linmagan. Ushbu bitiruv malakaviy ishida mazkur masalaning ifodalanishi to'lig'icha ko'rsatib berishga harakat qilindi. Hamda devondagi g'azallarda qo'llangan irsoli masal, tazod, talmeh kabi badiiy san'atlar o'rganildi. Ushbu bitiruv malakaviy ishida g'azallarda qo'llangan badiiy san'atlar orqali shoir badiiy mahoratini aniqlashga harakat qilindi. Bu bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligini belgilaydi. Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari. Lutfiy devonidagi har bir g'azalni o'rganish, ularni mavzu jihatdan tasniflash hamda g'azallarda qo'llangan irsoli masal, tazod, talmeh kabi badiiy san'atlarni aniqlash, ularning mohiyatini yoritish asosiy maqsad qilib olindi. Shu asosda quyidagi vazifalarga e'tibor qaratildi: - Lutfiy devonini to'liq o'qib chiqish; - Devondagi g'azallarni atroflicha o'rganish; - har bir g'azalning mavzusini aniqlash va tasniflash; - g'azallarda qo'llanilgan irsoli masal, tazod, talmeh singari badiiy san'atlarni aniqlash; - ushbu badiiy san'atlar haqida to'liq ma'lumot berish; - bu badiiy san'atlarning g'azallarda qo'llanilishining ahamiyatini yoritib berish; - bular orqali ijodkor badiiy mahoratini aniqlash va boshqalar. I BOB. LUTFIY G'AZALLARINING MAVZULARI 1.1.Oshiqona g'azallar 1.2.Orifona g'azallar 1.3.Rindona mavzular 1.4.Diniy-tasavvufiy mavzular 1.5.Peyzaj ruhidagi baytlar 1.6.Odob-axloq va ...

Joylangan
25 Nov 2022 | 20:18:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
455.92 KB
Ko'rishlar soni
369 marta
Ko'chirishlar soni
43 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:17
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
25 Nov 2022 [ 20:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
455.92 KB
Ko'rishlar soni
369 marta
Ko'chirishlar soni
43 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:17 ]
Arxiv ichida: pptx