Mavzu: Muhammad Yusuf Reja 1. Muhammad Yusuf hayoti 2. Muhammad Yusuf ijodi 3. Uning she'rlari haqida Foydalanilgan adabiyotlar Muhammad Yusuf (1954 - 2001) 1954- yil 26- aprelda Andijonning Marhamat tumanida tug'ildi. Toshkentdagi rus tili va adabiyoti institutini tamomladi (1978). Respublika kitobsevarlar jamiyatida (1978-1980), Toshkent oqshomi gazetasida (1980-1986), Adabiyot va san'at nashriyotida, O'zbekiston ovozi gazetasida (1986-1993) ishladi. Umrining oxirgi 4-5 yilida O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining kotibi bo'ldi. U Tanish teraklar (1985), Bulbulga bir gapim bor (1987), Iltijo (1988), Uyqudagi qiz (1989), Halima enam allalari (1989), Ishq kemasi (1990), Ko'nglimdagi yor (1991), Bevafo ko'p ekan (1991), Erka kiyik (1992), Yolg'onchi yor (1994), Osmonimga olib ketaman (1998) to'plamlarining muallifi. 1998 yilda unga O'zbekiston xalq shoiri unvoni berildi. U II chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga deputat qilib saylandi. 2001 yilda Saylanma asarlari chop etildi. M. Yusuf she'rning qo'shiqqa aylanishi, yuksak parvoz qilishini ko'rsata oldi. Shoir she'rlaridagi har bir so'zda qanoat, parvozga shaylik bor. Ulug'vor muhabbat, o'talmagan burch, qadrlanmagan sevgi armoni, Yurtga o'g'illik sadoqati - shoir she'rlari asosini belgilaydi. M. Yusuf 2001 yil 29 iyulda vafot etdi, tug'ilgan qishlog'idagi qabristonga dafn etildi. Yurtim, ado bo'lmas armonlaring bor, Toshlarni yig'latgan dostonlaring bor, O'tmishingni o'ylab og'riydi jonim, Ko'ksing to'la shahid o'g'lonlaring bor. Bag'rim o'rtar bir o'y bahor ayyomlar, Oy borgan yoqlarga termulib shomlar. Aybin bilmay ketgan Akmal Ikromlar, Fayzullodek mardi-maydonlaring bor Yurtim, ko'nglingdek keng osmonlaring bor, Yulduzni yig'latgan dostonlaring bor. Osmonlaringdan ham diydoringga zor, Jayrondek termulgan Cho'lponlaring bor. Qo'ling qadog'iga bosay yuzimni, Onamsan-ku, og'ir olma so'zimni, Qayinbarglar yopib qaro ko'zini Olislarda qolgan Usmonlaring bor. Alhazar, alhazar, ming bor alhazar, Ana, yurishibdi kiyganlari zar, Qodiriyni sotib shoir bo'lganlar - Mehrobingdan chiqqan chayonlaring bor Qurboning bo'layin, ey onajonim, Sening faryodlaring, mening fig'onim, O'tmishingni o'ylab o'rtanar jonim, Aytsam ado bo'lmas dostonlaring bor. ONAMGA XAT Men sizni o'ylayman shomu saharda, Ona, sog'insam ham bora olmayman, Tunlari charog'on shunday shaharda, Hech kimga ko'nglimni yora olmayman. Men siz aytgandayin hammani sevdim, Hammaga ishondim, mana oqibat: O'z do'stim uyiga ko'mildi sevgim, Kun bo'lib ko'ksimni kuydirdi nafrat. Boshimdan o'tgani ko'kka ham ayon, Yulduzlar qiqirlab kular oqbadan: Men - zangor yaylovda olis, bepoyon, Uyuridan ajrab qolgan qulunman Mana, ketayapman tosh yo'lda ko'zim, Qadamim moshinlar yo'rg'asiga mos. Yig'lasam yupatib o'zimni o'zim, Pishqirib qo'yaman toychoqlarga xos. Va sizni o'ylayman shomu saharda, Ona, sog'insam ham bora olmasdan. Tunlari charog'on shunday shaharda Hech kimga ko'nglimni yora olmasman Ha, sevgi haqida. U dilga ne zeb, Ko'yinmang, ne iloj qilmasa nasib. Baxtimga hamisha Siz sog' bo'ling deb, Sog'ingan o'g'lingiz - Muhammad Yusuf. OTA ...

Joylangan
25 Nov 2022 | 20:18:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.55 MB
Ko'rishlar soni
1187 marta
Ko'chirishlar soni
429 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:21
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
25 Nov 2022 [ 20:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.55 MB
Ko'rishlar soni
1187 marta
Ko'chirishlar soni
429 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:21 ]
Arxiv ichida: pptx