Men sevgan adib. Rauf Parfi (1943-2005) Ijodkor hayotidan Rauf Parfi, taxallusi -O'zturk 1943-yilning 27-sentabrida Toshkent viloyatining Yangiyo'l tumaniga qarashli Sho'ralisoy qishlog'ida dehqon oilasida tug'ildi. Otasi-Parfi Muhammadamin o'g'li savodli, anchagina o'qimishli kishi bo'lib, sho'rolar quvg'ini davrida Farg'onaning Vodil qishlog'idan Sho'ralisoyga kelib qolgan. Onasi -Sakinaxonim Isabek qizi ham zavqi baland, kitob ko'rgan, mumtoz adabiyotni biladigan ayol bo'lib, u kishi ham asli farg'onalik edi. Rauf Parfi 1950-yilda Sho'ralisoydagi yetti yillik maktabga o'qishga boradi va u yerda 1956-yilgacha saboq oladi. So'ng qo'shni qishloqdagi maktabga o'tib, bu yerda 1958-yilgacha tahsilni davom ettirdi. Sakkizinchi sinfni tugatgach, o'qishni Yangiyo'l shahridagi kechki maktabga o'tqazib, mehnat faoliyatini boshlaydi. U dastlab Yangiyo'l tuman gazetasida musahhih bo'lib ishlaydi. O'rta ma'lumot olgach, 1960-yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O'zbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetiga o'qishga kiradi. U yerdagi saboqlar 1965-yilda bitgan bo'lsa-da, shoir «Markscha-lenincha falsafa» deb atalmish fandan o'tolmagani va qayta imtihon topshirishni istamagani uchun universitet diplomini ololmaydi. Rauf Parfi 1966-1967-yillarda Yangiyo'lda chiqadigan «Kolxoz haqiqati» gazetasi muxbiri bo'lib ishladi. 1967-yilda Toshkentga kelib, Kinematografiya davlat qo'mitasida muharrir bo'lib ishladi. 1971-1977-yillarda G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyotida muharrir lavozimida faoliyat ko'rsatdi. So'ng «Oydin» gazetasida, 1987-yilgacha yana G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyotida mehnat qildi. 1987-1989-yillarda O'zbekiston yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi, 1989-yildan 1997-yilgacha O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Targ'ibot markazida katta muharrir, 1997-199-yillarda «Jahon adabiyoti» jurnali bo'lim mudiri vazifalarida ishladi. O'zbek milliy modern she'riyatining asoschilaridan biri va eng yirik vakili mart 2005, Toshkent viloyati Yangiyo'l tumani Sho'ralisoy qishlog'ida vafot etgan Olamga o'ziga xos ko'z bilan qaraydigan, uning boshqalardan yashirin go'zalliklari va qabohatlarini payqay biladigan Rauf Parfi bolaligidan kitobga o'ch edi. O'z davrining siyosatchi dehqonlaridan bin, uch marta Sotsialistik Mehnat Qahramoni Hamroqul Tursunqulovning qarindoshi bo'lgani uchun uning uyidagi juda boy kutubxonadan bemalol foydalanar, kecha-yu kunduz u yerdan chiqmay, kitob o'qirdi. Uning kitobsevarligi shunchalik ediki, deyarli tushunmasa-da, rus tilidagi kitoblarni ham qatorlashtirib o'qib tashlayverardi. Rauf Parfining dunyoqarashi va badiiy didi shakllanishida otasining yaqin o'rtog'i, o'zbek mumtoz adabiyotining katta bilimdoni, taniqli g'azalnavis shoir Abdurahmon Vodiliyning ta'siri katta bo'ldi. Vodiliy hassos qalbli, ta'sirchan o'smirga chinakam she'riyat, uning badiiy joziba qudrati to'g'risida gapirib berar, sanoqsiz misralarni misol tariqasida yoddan keltirib, Raufni hayratga solardi. Rauf Parfining birinchi she'ri 1953-yilning 5-martida o'n yoshida Stalin vafotiga bag'ishlab yozilgan marsiya bo'ldi. U maktabning devoriy gazetasida bosilgan. Taqdirni qarangki, ijodini insoniyat tarixidagi eng yovuz jallodga bag'ishlab she'r yozishdan boshlagan bolakay ulg'aygach, inson erki va huquqlari uchun dadil kurashuvchi ijodkor bo'lib yetishdi. Sal o'tib, iste'dodli o'smirning she'rlari tuman gazetasida chop etila boshladi. Universitetning birinchi bosqich talabasi ekanida uning ...

Joylangan
25 Nov 2022 | 20:18:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.74 MB
Ko'rishlar soni
750 marta
Ko'chirishlar soni
225 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:34
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
25 Nov 2022 [ 20:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.74 MB
Ko'rishlar soni
750 marta
Ko'chirishlar soni
225 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:34 ]
Arxiv ichida: pptx