Yusuf Xos Hojib hayoti va ijodi slayd taqdimot

Yusuf Xos Hojib hayoti va ijodi slayd taqdimot

O'quvchilarga / Adabiyot
Yusuf Xos Hojib hayoti va ijodi slayd taqdimot - rasmi

Material tavsifi

(XI asr) Yusuf Xos Hojib Yusuf Xos Hojib XI asrda yashab ijod etgan buyuk o'zbek (turkiy xalqlar) shoiri hisoblanadi. Yusuf - asl ismi. Yusuf hozirgi Qirg'izistonning Talas vodiysi hududidagi qadimiy Bolosog'un shahrida tug'ilgan. Bolosog'uniy deyilishi shundan. Ba'zi manbalarda bu shahar Quzo'rda deb ham tilga olinadi. Aynan «Qutadg'u bilig» dostoni zamon hukmdori tahsiniga sazovor bo'lgani uchun muallifga «xos hojib», ya'ni eshik og'asi rasmiy lavozimi berilgan. Shoir uni taxallusiga qo'shib olgan. Shoirning qabri va maqbarasi Bizga Yusuf Xos Hojibning birgina «Qutadg'u bilig» asari yetib kelgan. Shoir hayotiga oid ma'lumotlarni ham faqat shu dostondangina topamiz. Asar hijriy 462, ya'ni milodiy 1069-1070-yili Koshg'arda yozib tugallangan. Hajmi 6 ming 409 baytdan iborat. Doston yaratilgan XI asr Qoraxoniylar davlatining eng gullagan davri edi. Yuqori Chindan Kaspiy dengiziga qadar bo'lgan juda katta hudud shu saltanat hukmi ostida bo'lgan. Koshg'ar (ikkinchi nomi O'rdukent) shu ulug' saltanatning poytaxti edi. Bolosog'un mamlakatning muhim markazlaridan biri hisoblanardi. Asar nasriy hamda she'riy muqaddimadan tashqari, 71 maxsus bobdan tashkil topgan. Boblarda ko'proq savol-javob, munozara olib boriladi. So'ng Allohga hamd(maqtov) va payg'ambarga na't qismlari keladi. Hukmdor Bug'raxon tavsifiga maxsus bob bag'ishlangan. Undan keyin olamning qurilishi, bilim ta'rifi, til odobi haqida ham alohida-alohida boblar bor. So'ng muallifning o'z-o'ziga murojaati, ezgulik amallari, o'quv-idrok foydalari, kitobga nom berilishi haqida so'z yuritilib, gap elig (podsho) Kuntug'diga kelib taqaladi. Uning odil hukmdor sifatidagi ta'rif-tavsifidan so'ng, 12-bobdan e'tiboran asar voqeasi boshl'anadi. Asar tuzilishi Yusuf Xos Hojib dostonini tugallagach, uni zamon hukmdori (elig) Tavg'achxon Ulug' Bug'ra Qoraxonga taqdim etadi. Asarning bor-yo'g'i uch nusxasigina saqlanib qolgan: 1. Vena nusxasi. 2. Qohira nusxasi. 3. Namangan nusxasi. Bebaho sovg'a U milodiy 1439-yili (Alisher Navoiy tavalludidan ikki yilgina oldin) Hirotda uyg'ur yozuvi bilan ko'chirilgan. (Uyg'ur yozuvi arab alifbosi asosida shakllantirilgan sof turkiy yozuv edi.) Kitob Turkiyaning Tugot shahriga, 1474-yili esa Istanbulga keltirilgan. Uni keyinchalik Istanbulda mashhur sharqshunos Hammer Purgshtall sotib olib, Venadagi Saroy kutubxonasiga keltiradi. 1823-yili fransuz sharqshunosi Jaubert Amedee(Amadee) bu buyuk asar haqida ma'lumot chop etib (e'lon qilib), uni ilm ahliga tanishtiradi. 1. Vena nusxasi 1896-yili asarning arab yozuvi asosidagi turkiy alifboda ko'chirilgan nusxasi Qohirada topildi. 2. Qohira nusxasi Sharqshunos Valizoda 1914-yilning 20-aprelida Qozon universiteti qoshidagi Arxeologiya, tarix va etnografiya jamiyatiga Farg'ona ekspeditsiyasi haqida yozgan hisobotida namanganlik Muhammad hoji Eshon Lolaresh degan kishining qo'lida «Qutadg'u bilig»ning yana bir nusxasi mavjudligi haqida ma'lumot beradi. Buyuk o'zbek olimi (atoqli adabiyotshunos) Abdurauf Fitrat 1924-yili Muhammad hoji Eshon Lolareshdan shu qo'lyozmani olishga muyassar bo'ladi. 3. Namangan nusxasi «Qutadg'u bilig» kam nusxada saqlanib qolgan bo'lsa ham, muallif uning o'z ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.43 MB
Ko'rishlar soni 747 marta
Ko'chirishlar soni 257 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:49 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.43 MB
Ko'rishlar soni 747 marta
Ko'chirishlar soni 257 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga