Abdulla Oripov hayoti va ijodi slayd taqdimot

Abdulla Oripov hayoti va ijodi slayd taqdimot

O'quvchilarga / Adabiyot
Abdulla Oripov hayoti va ijodi slayd taqdimot - rasmi

Material tavsifi

Abdulla Oripov hayoti haqida. Abdulla Oripovning ijodiy merosi. Shoirning she'rlaridan na'munalar.

Navoiy davlat pedagogika instituti O'zbek filologiyasi fakulteti 2-B guruh talabasi Obloqulova Adibaning Abdulla Oripovning hayoti va ijodi mavzusida tayyorlagan taqdimot ishi. MAVZU: ABDULLA ORIPOV HAYOTI VA IJODI. REJA: Abdulla Oripov hayoti haqida. Abdulla Oripovning ijodiy merosi. Shoirning she'rlaridan na'munalar. Abdulla Oripov O'zbekistonning XX asrda yetishib chiqqan eng mashhur va zabardast shoirlaridan biridir. U 1941-yilning 21-mart kuni Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi Neko'z qishlog'ida tug'ildi. Oilada 4 o'g'il, 4 qiz bo'lib, Abdulla o'g'illarning kenjasi edi. Abdulla o'z qishlog'idagi yetti yillik maktabda o'qiy boshladi. 1958-yilda qo'shni Tayzan ovulidagi o'rta maktabni oltin me'dal bilan bitirib, Toshkent davlat universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti jurnalistika bo'limiga o'qishga kirdi va uni 1963-yilda imtiyozli diplom bilan bitirdi. O'qishni tugatgach, Toshkentdagi Yosh gvardiya nashriyotiga muharrir bo'lib ishga kiradi. Bu yerda to'rt yil ishlagach, 1967-1974-yillarda G'afur G'ulom nomidagi nashriyotda dastlab muharrir, so'ng katta muharrir bo'lib xizmat qiladi. 1974-1976-yillarda Sharq yulduzi jurnalida nazm bo'limini boshqaradi. Abdulla Oripov 1982-1983-yillarda O'bekiston Yozuvchilar uyushmasining Toshkent viloyat bo'limida mas'ul kotib bo'lib faoliyat ko'rsatdi. 1996-yilning mart oyidan 2009-yilning mayiga qadar shoir O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi vazifasida ishlab keldi. Abdulla Oripov 1983-yilda ikki karra taqdirlandi: dastlab Hamza nomidagi davlat mukofoti, biroz muddat o'tgach O'zbekiston xalq shoiri unvoni berildi. 1994-yilda Alisher Navoiy nomidagi Respublika Davlat mukofotiga loyiq ko'rildi, 1998-yilda esa shoir O'zbekiston qahramoni unvoni bilan taqdirlandi. Abdulla Oripovning kitoblari va she'rlari: She'rlari: O'zbekiston Men nechun sevaman O'zbekistonni, Shovulladi tun bo'yi shamol, Bolalik yillarim, Sendan yiroqda, Hali oldindadir go'zal kunlarim, Onajon, Tilla baliqcha, Dorboz, Birinchi muhabbatim va boshqalar. Kitoblari: Mitti yulduz, Jannatga yo'l, Hakim va ajal, Saylanma, Ranjkom, Yuzma-yuz, Hayrat, Haj daftari, Ishonch ko'priklari, Hikmat sadolari, Ruhim, O'ylarim, Ilg'or ishchi va chaqqon muxbir qissasi va boshqalar. Dante Aligyerining Ilohiy komediya asarini, L.Ukrainka, A.Pushkin, N.Nekrasov, T.Shevchenko, Q.Quliyev, Charens, R.Hamzatov she'rlarini mahorat bilan o'zbek tiliga o'girgan. Abdulla Oripovning tarjimalari: Abdulla Oripov Onajon she'ri bilan o'zbek adabiyotida muqaddas ona sharafiga abadiy haykal qo'ydi. Uning Xayr endi, Muhabbat, Birinchi muhabbatim singari she'rlari XX asr o'zbek she'riyatining muhabbat lirikasi tarixidagi sara asarlar qatorida turadi. Mustaqillikka erishilgandan so'ng shoir Fojia she'rida Olamda fojia ko'p erur biroq, Bunisin alami haddan ziyoda. Oh, nechog' dahshatdir tirik turgan choq, Umring oyoq osti bo'lsa dunyoda deb yozadi. Adibning Yuzma-yuz she'rida o'zi pishirib, taomidan benasib bo'lgan, birovlarni kiygazib, o'zi kiymagan, yulduzlarni kashf etganiga qaramay, o'zgalar tomonidan avom degan nom olgan xalqning murakkab va ziddiyatli tarixi, taqdiri aks ettirilgan. Shoir asarni dunyodagi barcha kulfatlar, adashishlar hamjihatlikning buzilishidan, deya boshlagan. O'zbekman nomli she'rida A.Oripov Zuvalam qorilgan samimiyatdan degan fikrni alohida bir hamiyat bilan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.86 MB
Ko'rishlar soni 1339 marta
Ko'chirishlar soni 559 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:42 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.86 MB
Ko'rishlar soni 1339 marta
Ko'chirishlar soni 559 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga