ALEKSANDR SERGEYEVICH PUSHKIN (1799-1837) 1799- yilning 6- iyunida Moskva shahrining Nemislar ko'chasida yashovchi qadimiy dvoryanlardan bo'lmish iste'fodagi mayor Sergey Pushkin oilasida tug'ildi. A.S.Pushkinning ota-onasi Aleksandr Pushkinning hayotidagi hal qiluvchi voqea uning 1811- yilning 19- oktabrida Rossiya poytaxti Sankt Peterburg yaqinidagi Sarskoye selo imperatorlik litseyiga qabul etilganligi bo'ldi. Bu yerda bo'lajak shoir ijodkorlik muhiti va erkin fikr bilan tanishdi hamda Ivan Pushin, Anton Delvig, Vilgelm Kyuxelbeker singari bir umrlik chin do'stlar orttirdi. Yosh shoirning dastlabki she'ri 1814- yilda litseyda chiqadigan «Ovrupo xabarlari» jurnalida chop etildi. Litseyda o'qib yurganidayoq Pushkinning tengsiz iste'dod egasi ekanligi ayon bo'lgandi. O'limidan ikki yil oldin litseydagi imtihonlarning birida qatnashgan keksa Derjavin Pushkinning she'rini eshitgach, uning buyuk shoir bo'lajagini bashorat qiladi. Ilk she'r Litseydan keyingi dastlabki yillardayoq, Pushkin ijodiy cho'qqilarni birin-ketin zabt eta boshladi. 1817- yilda mashhur «Erkinlik» she'ri yozildi. 1820- yilda «Ruslan va Ludmila», «Mis chavandoz» dostonlari dunyoga keldi. Yuksak e'tirof «Ruslan va Lyudmila»ning qo'lyozmasi bilan tanishgan mashhur shoir Jukovskiy Pushkinga: «G'olib shogirdga mag'lub ustozdan», - degan yozuv bilan o'z portretini sovg'a qildi. Bu Aleksandr Pushkinning ulkan g'alabasi, uning shoir sifatidagi chinakam tan olinishi edi. 1830-yilga kelib, o'n yildan beri yozilayotgan «Yevgeniy Onegin» she'riy romaniga nuqta qo'yildi. 30-yillarda Pushkinning «Belkin qissalari», «Toppon xonim», «Dubrovskiy» singari nasriy asarlari chiqdi. 1836- yilda Pushkinning mashhur «Kapitan qizi» asari tugallandi. Bu asarda turli personajlar taqdiri misolida inson hayotini rejalashtirib bo'lmasligi, u har daqiqada kutilmagan o'zgarishlarga yuz tutishi mumkinligi g'oyat ta'sirli aks ettirilgan. Dushmanlar turli mish-mishlar tarqatib, Gollandiya elchisining tutingan o'g'li Dantes bilan Pushkinning orasini butunlay buzadilar. Natijada, 1837- yilning 25- yanvarida Pushkin Dantesga haqoratomuz xat yozib, uni duelga chorlaydi. 27- yanvar kuni duel bo'lib o'tadi va buyuk shoir qattiq jarohatlanadi. Ikki kun azoblanib yotgan A. S. Pushkin 1837- yilning 29- yanvarida olamdan o'tadi. Pushkin tarjimonlari XX asr boshidan buyon buyuk rus shoirining asosiy asarlari Cho'lpon, G'. G'ulom, Oybek, Mirtemir, E. Vohidov, A. Oripov, Muhammad Ali, A. Suyun, H. Xudoyberdiyeva, U. Azim, M. Kenjabek singari ijodkorlar tomonidan qayta-qayta o'zbekchalashtirilgan. YEVGENIY ONEGIN A. S. Pushkinning «Yevgeniy Onegin» asari rus adabiyotidagi birinchi she'riy romandir. Pushkin bu asarni yaratishda buyuk ingliz shoiri Bayronning «Don Juan» she'riy romanidan ta'sirlangan. Dastlabki she'riy romanlar jamiyat axloqining buzilishi sababli ma'naviyati nuqsonli, baxti kemtik bo'lib qolgan iste'dodli shaxslar taqdirini ko'rsatishga bag'ishlangan. «Yevgeniy Onegin» romanining bosh qahramoni kelishgan, aqlli, o'ziga yarasha o'qimishli, farosatli yigit. Lekin u o'z axloqini kibor jamiyat talabiga moslashtirishga majbur bo'lgani uchun hammaga begona. Munofiqlik va yolg'onni axloq darajasiga ko'targani uchun ham oliy tabaqa vakillari o'rtasidagi munosabatlarda samimiylik ...

Joylangan
27 Nov 2022 | 19:32:36
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
441.94 KB
Ko'rishlar soni
933 marta
Ko'chirishlar soni
190 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:49
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
27 Nov 2022 [ 19:32 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
441.94 KB
Ko'rishlar soni
933 marta
Ko'chirishlar soni
190 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:49 ]
Arxiv ichida: pptx