Ma 'lumot-axborot hujjatlari BAYONNOMA Turli yig'ilish, kengash va boshqa tur anjumanlaming borishini, majlis qatnashchilarining chiqishlari va ular qabul qilgan qarorlami aniq, siqiq holda qayd qiluvchi rasmiy hujjat. U voqelikning o'mi, vaqti va holati haqida ma'lumot berish bilan birgalikda, qarorlaming to'g'ri qabul qilinganligini tekshirish va ularning bajarilishini nazorat qilishga imkon beradi. Doimiy ish ko'ruvchi organlar (ilmiy kengash, hay'at va boshqalar), shuningdek, vaqtinchalik ish ko'ruvchi organlar (konferensiyalar, yig'ilishlar, anjumanlar, komissiyalar) faoliyatlarida, albatta, bayonnoma yozilishi kerak. Bayonnomani yozishni tashkil qilish kotibning asosiy vazifalaridan biridir. Bayonnoma turli organlaming doimiy kotiblari tomonidan tuziladi va rasmiylashtiriladi. Vaqtinchalik ish ko'ruvchi organlar majlislarida esa yig'ilish jarayonida saylangan kotib aynan shu ishni bajaradi. Bayonnomada o'z aksini topgan axborotlarning aniqligi uchun butun mas'uliyat va javobgarlik majlis raisi va kotibi zimmasiga yuklatiladi. Bayonnoma yozib olinishiga ko'ra, qisqa, to'liq, stenogra- fik, fonografik, konspektiv shakllarda bo'lishi mumkin. Q i s q a bayonnomada faqatgina kun tartibi, ma'ruzachi va muzokarada qatnashuvchilar familiyasi va qabul qilingan qaror ko'rsatiladi. Ularda ma'ruzalar mazmuni batafsil bayon qilinmaydi. Bunday bayonnomalar masalaning muhokama qilinishi haqida to'liq tasawur bera olmaydi. Shu nuqtayi nazardan yig'ilishda so'zga chiqqan barcha qatnashchilaming bayon qilgan fikr va mulohazalarini qamrab olgan to 'liq m aj 1 i s bayonnomasi afzaldir. Majlis bayonnomasining to'liq 218 Вауоппота shakli faqat yig'ilish xususida emas, balki o'sha jamoaning faoliyati to'g'risida ham fikr yuritishga imkoniyat beradi. Yig'ilish stenografiya usulida (stenografik) yoki diktofon yordamida yozib olinayotgan (fonografik) boi- sa, qisqa bayonnoma tuzilib, stenogramma rais va kotib tomo nidan imzolanadi va asosiy bayonnomaga ilova qilinadi. Bayonnomaning asosiy zaruriy qismlari: 1. Muassasa nomi. 2. Sarlavha (bamaslahat ish ko'ruvchi organ yoki yig'i- lishning nomi). 3. Hujjatning nomi (Bayonnoma). 4. Yig'ilish sanasi. 5. Shartli raqami. 6. Yig'ilish joyi. 7. Tasdiqlash ustxati (agar bayonnoma tasdiqlanishi zarur bo'lsa). 8. Yig'ilish raisi va kotibining familiyasi. 9. Matn: a) qatnashuvchilar ro'yxati yoki soni; b) kun tartibi; d) eshitildi; e) so'zga chiqdilar; f) qaror qilindi. 10. Ilovalar (agar ular mavjud bo'lsa). 11. Imzolar. Bayonnomani tuzishda ulaming huquqiy jihatdan toMaqonliligini ta'minlash kerak. Buning uchun bayonno- mada barcha asosiy zaruriy qismlar mavjud bo'lishi, ular to'g'ri rasmiylashtirilishi lozim. Doimiy maslahat organi yig'ilishining bayonnomasida yig'ilishda ishtirok etuvchilar soni ko'rsatilishi juda muhimdir, chunki bu huquqiy ahamiyatga ega. Majlis qarorlarini qabul qilish va uning qonuniy bo'lishi uchun ishtirokchilaming nizom bo'yicha yetarli ekanligi (kvorum) asosiy shart hisoblanadi. 219 Ma 'lumot-axborot hujjatlari Ma'muriy idoralarda bayonnoma umumiy yoki maxsus bosma ish qog'ozlarida rasmiylashtiriladi. Bayonnoma bir necha sahifadan iborat bo'lsa, faqat birinchi sahifa bosma ish qog'ozida, qolgan betlari esa oddiy qog'ozda yoziladi. Yig'ilish ...

Joylangan
28 Sep 2023 | 10:17:56
Bo'lim
Aralash
Fayl formati
zip → docx, pdf
Fayl hajmi
284.31 KB
Ko'rishlar soni
2898 marta
Ko'chirishlar soni
1805 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:01
Arxiv ichida: docx, pdf
Joylangan
28 Sep 2023 [ 10:17 ]
Bo'lim
Aralash
Fayl formati
zip → docx, pdf
Fayl hajmi
284.31 KB
Ko'rishlar soni
2898 marta
Ko'chirishlar soni
1805 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:01 ]
Arxiv ichida: docx, pdf