Dalolatnoma DALOLATNOMA Muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bogiiq bi ron-bir bo'lib o'tgan (sodir bo'lgan) voqea, hodisa, ish-hara- katni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik berish maqsadida bir necha kishi tomonidan tuzilgan hujjat. Da lolatnoma tuzishda xilma-xil maqsadlar ko'zlanadi, lekin uni tuzishdan asosiy maqsad sodir bo'lgan voqea-hodisalami yoki mavjud holatni qonuniy-huquqiy jihatdan isbotlash yoki tas- diqlashdir. Bir qancha hollarda dalolatnoma tuzish maxsus huquqiy me'yorlar bilan qat'iy belgilangan. Masalan, korxo- nalaming hisob-kitob bo'limlari faoliyatida dalolatnomalar avvaldan belgilangan mazmun va davriylikka asosan tuziladi va huquqiy jihatdan muhim o'rin tutadi. Dalolatnoma deyarli barcha hollarda pul mablag'lari va mod diy boyliklarga bog'liq tuziladi (hatto baxtsiz hodisa yoki tabiiy ofat haqidagi dalolatnoma asosida ham moddiy masala bor), binobarin, u ko'proq tadbirkorlik, moliya-xo'jalik faoliyatida, hisob-kitob, oldi-sotdi va savdo sohalarida keng qo'llanadi. Dalolatnomalar tegishli taftish o'tkazilgandan keyin, rah- barlik almashinayotganda, moddiy boyliklami bir xususiy yoki yuridik shaxsdan ikkinchisiga o'tkazishda, qurib tugal- langan inshootlami qabul qilishdan oldin va keyin, mashina va uskunalaming yangi nusxalarini sinovdan o'tkazish chog'ida, qimmatdor buyumlami hisobdan o'tkazish yoki hisobdan chiqarishda, tovarlami miqdor va sifat bo'yicha qabul qilib olishda, baxtsiz hodisalar yoki tabiiy ofatlar oqibatlarini tek- shirishda, sud-tergov ishlari va tibbiyot sohasida, xodimlar- ning moddiy, yashash sharoitlarini o'rganishda va boshqa hol larda tuziladi. 247 Ma 'lumot-axborot hujjatlari Moliyaviy faoliyat va savdo-tijorat sohalarida tuziladigan dalolatnomalar tasdiqlash (kamomad yoki nuqsonlar bo'lma- gan hollarda) yoki ayblash (pul kamomadi yoki moddiy boy- liklar yetishmasligi aniqlanganda) uchun hamda tegishli (qayd etuvchi, rag'batlantiruvchi, jazolovchi) buyruqlar e'lon qilish uchun asos boiadi. Aksar hollarda dalolatnoma oldindan belgilangan qoi- daviy namuna asosida tuziladi. Dalolatnomalar voqea-hodisalami haqqoniy aks ettirish maqsadida bir necha shaxslar (muassasa rahbarining buy- rug'i bilan komissiyalar, doimiy komissiyalar) yoki maxsus vakolatli yakka shaxs (taftishchi, nazoratchi) tomonidan tuzi ladi. Keyingi holatda va, umuman, dalolatnoma yakka shaxs tomonidan tuzilganda, guvohlaming ishtirok etishi va imzosi bo'lmog'i shart. Ayrim hollarda dalolatnomalar voqea-hodi- saning qatnashchilari yoki unga guvoh bo'lgan kishilaming tashabbusi bilan ham tuziladi. Dalolatnomaning zaruriy qismlari: 1. Idora, muassasa va tarkibiy bo'linma nomi. 2. Tuzilgan sanasi va joyi. 3. Tartib raqami va tasdiq belgisi (zarur hollarda). 4. Matn sarlavhasi 5. Hujjat turi nomi (Dalolatnoma). 6. Hujjatni tuzish uchun asos (muassasa rahbarining buy- rug'i, idoraning qarori yoki ko'rsatmasi kabilar). 7. Komissiya tarkibi (raisi va a'zolar). 8. Ishtirok etuvchilar (guvohlar). 9. Dalolatnoma matni. 10. Ilovalar (har bir ilovaning necha betligi ko'rsatiladi). 11. Tuzgan va ishtirok etganlaming imzolari. 12. Ijro haqidagi belgi. Har bir dalolatnomaning ushbu zaruriy tarkibiy qismlari qatoriga ayrim hollarda boshqa ma'lumotlami ham qo'shish mumkin. Chunonchi, ishni ...

Joylangan
28 Sep 2023 | 11:11:24
Bo'lim
Aralash
Fayl formati
zip → docx, pdf
Fayl hajmi
392.29 KB
Ko'rishlar soni
2829 marta
Ko'chirishlar soni
2081 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:01
Arxiv ichida: docx, pdf
Joylangan
28 Sep 2023 [ 11:11 ]
Bo'lim
Aralash
Fayl formati
zip → docx, pdf
Fayl hajmi
392.29 KB
Ko'rishlar soni
2829 marta
Ko'chirishlar soni
2081 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:01 ]
Arxiv ichida: docx, pdf