Reja: 1. Ona buyuk zot. 2. Ayolga baxt bering,saodat bering. 3. Hayot saboqlarini beruvchi, jonkuyar mehribon zot Ayol… Ona… Ona allasi… Ona mehri… Ayol deganda avvalombor, har bir insonning ko'z o'ngida: mehribon, bag'rikeng, oq sut berib voyaga yetkazadigan mo'tabar zot-Ona siymosi namoyon bo'ladi. Insoniyat bahori, avlodlar davomiyligi, sarchashmasi ham Ona. U naqadar mushfiq, muqaddas, o'z dilbandi uchun jonkuyar, mehribondir… Ona mehri shu qadar kuchliki, dunyodagi jamiiki go'zal kuy va navolar birlashsa ham, uning kuylagan allasi kabi quvonchli va g'amli bo'la olmaydi… Ona muqddas, mo'tabar, farzandini jondan suyguvchi zotdir. Onajonlarimiz o'z dilbandlarini bir parcha etligidan asrab-avaylab katta qiladi. U og'rinsa, ming o'lib, ming tiriladi. Tunlari yig'lab, bedor bo'lib, mijja qoqmaydi. Farzandi oyog'iga tikan kirsa, kipriklari bilan olishga, uning uchun jon fido qilishga ham tayyordirlar. Onajonlarimiz biz uchun naqadar aziz va qadrli. Shuning uchun ularni asrab-avaylaylik, ko'klarga ko'tarishimiz, farzandlik burchimizni ado etishimiz, biz uchun ham farz, ham qarzdir! Yangi 2016-yilni Sog'lom ona va bola yili deb e'lon qilingani hammamizga ma'lum albatta. Shunday ekan, jamiyatimizga sog'lom va har taraflama yetuk avlod darkor. Sog'lom avlodni esa sog'lom bo'lgan onagina dunyoga keltirib, voyaga yetkazishi mumkin. Onalik bu ham baxt, ham mas'uliyat demakdir. Farzandni tug'ilishi uchun ayolning faqat sog'lom bo'lishining o'zi kifoya bo'lib qolmay, u jismoniy va ma'naviy yetuk ham bo'lishi kerak. Bularning hammasi esa oila qurishning asosidir. Oila qurish haqida gap ketar ekan, yaqin qarindoshlar o'rtasida nikohga e'tibor qaratish muhim, chunki bunday hollarda bolalar nimjonroq ko'p hollarda esa nogiron farzand tug'ilishi kuzatilmoqda. O'zbeklar va O'rta Osiyodagi etnik guruhlarda qarindoshlar o'rtasida quda bo'lish an'ana tusiga ega. Bu ayniqsa, shahardagiga qaraganda (5%) qishloq joylarda 2 martadan ziyod ko'proq (13%) tarqalgan. Shuni qayd etish lozimki, bu holat, ayniqsa, tibbiy nuqtayi nazardan, bo'lajak farzandning nuqsonlar bilan tug'ilish xavfini oshiradi, ayniqsa, oila yaqin qarindoshlar o'rtasida qurilgan bo'lsa. Qarindoshlar orasida qurilayotgan nikoh rishtasiga va qizlarni erta turmushga chiqishlariga chek qo'yish lozim… Jamiyatimizda ayollar o'rni beqiyos. Ular har qadamda, har sohada faol va jonkuyardirlar. Yurtimizda ular uchun keng ko'lamli shart-sharoitlar yaratilganligiga o'zimiz ham guvohi bo'lganmiz. Aytishlaricha, ayol qaysi mamlakatda qadrlansa, e'zozlansa, shu yurt farovon va boqiy bo'lar ekan. Har bir oilaning tinch-totuv, barqaror, xotirjam bo'lishi, farzandlarining sog'lom va barkamol bo'lishi, oilada sog'lom muhit, sog'lom turmush tarzining mavjudligi har jihatdan bir inson zimmasiga tushadi. Mana shunday mas'ulyatli va va sharafli vazifani chin dildan, hech nolimay boshini mag'rur ko'tarib, hayot qiyinchiliklariga o'zida kuch topib, atrofdagilariga madadkor inson bu - ayol, ya'ni mo'tabar ona. Ayol! Bu so'z zamirida olam-olam ma'no mujassam. Uni qanchalar ta'rif qilsang, ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 18:58:01
Bo'lim
Aralash
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.83 KB
Ko'rishlar soni
180 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
06 Mar 2024 [ 18:58 ]
Bo'lim
Aralash
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.83 KB
Ko'rishlar soni
180 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:01 ]
Arxiv ichida: doc