Tilga e'tibor- elga e'tibor mavzusida matn

Tilga e'tibor- elga e'tibor mavzusida matn

O'quvchilarga / Aralash
Tilga e'tibor- elga e'tibor mavzusida matn - rasmi

Material tavsifi

Tilga e'tibor-elga etibor Inson odobini, xulq-atvorini ko'z-ko'z qiladigan, ayni chog'da qilich tig'idan keskir, ilon zahridan o'tkir, boldan shirin tildir. Insonning ichki dunyosi, ma'naviy qiyofasi, xulq - atvori, muomalasi, odobaxloqi, madaniyati uning tili orqali ko'rinadi. Yaxshi gap ham, yomon gap ham tildan chiqadi. Shuning uchun ham oldin o'ylab, keyin so'zlamog'imiz zarur. O'zbek xalqi va uning madaniyati dunyoga tanilishi ham o'zbek tili orqalidir. 1989-yil 21-oktabr kuni o'zbek tiliga Davlat tili maqomi berildi. O'tgan yigirma ikki yil ichida ona tilimiz rivojida ulkan yutuqlar, yuksalishlar davri bo'ldi. Davlat tili maqomi berilishi bilan barcha ishlar o'zbek tilida olib borildi. Barcha ta'lim muassasalarida o'quv mashg'ulotlari o'zbek tilida olib borilishi, gazeta, jurnal, kitoblarni o'zbek tilida nashr etilishi, rusiyzabon o'quvchilarga o'zbek tili darslarining o'tilishi, mahallalarga, ko'chalarga o'zbek adabiyoti arboblarining, allomalarining nomlari berilishi, dunyoga mashhur asarlarning o'zbek tiliga tarjima qilinishi, o'zbek lug'atini qadimiy so'zlarimizni tiklanishi bilan boyib borishi - bularning barchasi o'zbek tilining beqiyos rivoji namunalaridir. Har qanday tilning go'zalligi-yu, nafosatlari bilan tanishish, ulardan bahramand bo'lishning yana bir yo'li shu tilni yaratuvchi xalqning tili, og'zaki ijodi namunalari, jumladan, dostonlari, maqollari-yu iboralari, qayroqi so'zlarini chuqur o'rganib olishdir. Hozirgi vaqtda o'zbek xalqi va uning madaniyati, ona tili dunyoga mashhurdir. xorijiy mehmonlarimiz o'zbek tiliga bo'lgan e'tiborini an'anaga aylanib qolgan Til bayrami ni kuzatib ham bilib olganlar. Qanday so'zlashishimiz qanday muloqotda bo'lishimizdan bizning adaniyatimizni bilish mumkin. Adabiy tilni bilgan odam madaniyatli bo'la oladi. Xorijiy mehmonlar ham madaniyatimizni, elimiz qandayligini tilimiz orqali bilib oladilar.Tilga e'tiborli bo'lsak, elimiz yanada rivojlanadi, mavqesi oshadi. Tilga e'tibor-elga e'tibor demakdir. Biz o'quvchilar xalq og'zaki ijodini chuqur o'rganib, o'zbek tilimizni boyitishga, yuqori mavqega ko'tarishga hissa qo'shmog'imiz va ona tilimizni chuqur o'rganib, tilga e'tiborli bo'lmog'imiz lozim. «Ayni vaqtda jamiyatimizda til madaniyatini oshirish borasida hali ko'p ish qilishimiz lozimligini ham unutmasligimiz zarur. Ayniqsa, ba'zan rasmiy muloqotlarda ham adabiy til qoidalariga rioya qilmaslik, faqat ma'lum bir hudud doirasida ishlatiladigan sheva elementlarini qo'shib gapirish holatlari uchrab turishi bu masalalarning hali-hanuz dolzarb bo'lib qolayotganini ko'rsatadi. Bu haqda so'z yuritganda, bobomiz Alisher Navoiyning «Tilga e'tiborsiz - elga e'tiborsiz» degan so'zlarida naqadar chuqur hayotiy haqiqat mujassam ekaniga yana bir bor ishonch hosil qilamiz». O'zbek tili dunyoning eng qadimiy va boy tillaridan biridir. Bu tilning beqiyos imkoniyatlari qadimiy toshbitiklarda, xalqimizning zamonlar sinovidan o'tib kelayotgan maqol va hikmatli so'zlari, betakror iboralari, qo'shig'-u dostonlarida, mumtoz shoirlarimiz, XX asrdagi ijodkorlarimiz asarlarida yaqqol namoyon bo'lgan. Ona tilini sevish - vatanparvarlik belgisi, ajdodlar ruhiga hurmat ramzi. O'z tilini asrab-avaylagan xalq o'zligini, g'ururini asrab-avaylagan boladi. Shuni esda tutingki, ona tilimizda xalqimizga xos ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Aralash
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.53 KB
Ko'rishlar soni 205 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:02 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Aralash
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.53 KB
Ko'rishlar soni 205 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga