Aholi punktlari va shahar atrofi zonalari hududlaridan foydalanish Reja: Hududlarning zonalashtirilishi. Aholi punktlarida yer uchastkalaridan foydalanishga doir shaharsozlik talablari. 40-modda. Qurish qoidalari 41-modda. Hududlarning zonalashtirilishi 42-modda. Aholi punktlarining hududiy zonalari 43-modda. Turar joy zonalari 44-modda. Ijtimoiy-amaliy zonalar 45-modda. Ishlab chiqarish zonalari 46-modda. Muhandislik va transportga oid infratuzilmalar zonalari 47-modda. Rekreatsion zonalar 48-modda. Qishloq xo'jaligi maqsadlarida foydalaniladigan zonalar 49-modda. Maxsus maqsadlarga mo'ljallangan zonalar 50-modda. Harbiy obyektlar va rejimli boshqa hududlar zonalari 51-modda. Shahar atrofi zonalari 52-modda. Shahar atrofi zonasi hududidan foydalanish 53-modda. Aholi punktlarida yer uchastkalaridan foydalanishga doir shaharsozlik talablari 54-modda. obyektlar qurilishiga ruxsatnoma 55-modda. Maxsus ruxsatnomalar 56-modda. Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer uchastkalariga doir servitut va yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarni saqlash vazifasi 40-modda. Qurish qoidalari Qurish qoidalari tegishli hududlarda va aholi punktlarida shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi. Qurish qoidalari hududni rejalashtirish tarhi, tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalari, aholi punktining bosh rejasi hamda har bir hududning shaharsozlik reglamentlari asosida ishlab chiqiladi. Qarang: ShKning 31-34-moddalari Qurish qoidalari kuchga kirgunga qadar belgilangan tartibda berilgan obyektlar qurilishiga oid ruxsatnomalar mazkur ruxsatnomalarda ko'rsatilgan muddat mobaynida amal qiladi, aholi xavfsizligi talablari ta'minlanmayotgan hollar bundan mustasno. Qarang: ShKning 54-moddasi 41-modda. Hududlarning zonalashtirilishi Hududlarning zonalashtirilishi yashash va faoliyat ko'rsatish uchun qulay muhitni ta'minlashga, hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar ta'siridan muhofaza qilishga, aholi va ishlab chiqarish haddan tashqari zich joylashishi, atrof muhit ifloslanishi oldini olishga, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni, shuningdek madaniy meros obyektlarini, qishloq xo'jaligi yerlari va o'rmonzorlarni muhofaza qilishga va ulardan foydalanishga qaratilgandir. (O'zR 04.01.2011 y. O'RQ-278-son Qonuni tahriridagi qism) Quyidagi zonalarda hududlardan shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanishda cheklashlar belgilanadi: madaniy meros obyektlarining muhofaza zonalari, qo'riqxona zonalarida; muhofaza etiladigan tabiiy hududlar zonalarida; (O'zR 04.01.2011 y. O'RQ-278-son Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang) sanitariya zonalarida; muhofaza zonalarida; sanitariya-muhofaza zonalarida; O'zR 04.01.2011 y. O'RQ-278-son Qonuniga muvofiq ettinchi xatboshi chiqarib tashlangan suvni muhofaza qilish va sohil bo'yi mintaqasi zonalarida; O'zR 04.01.2011 y. O'RQ-278-son Qonuniga muvofiq sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlangan suv ta'minoti manbalarini sanitariya yo'li bilan muhofazalash zonalarida; O'zR 04.01.2011 y. O'RQ-278-son Qonuniga muvofiq to'qqizinchi-o'n ikkinchi xatboshilari ettinchi-o'ninchi xatboshilar deb hisoblansin foydali qazilmalar joylashgan zonalarda; tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlarning ta'siriga uchragan zonalarda; favqulodda ekologik holatlar va ekologik ofat zonalarida; tabiiy-iqlim sharoiti ekstremal zonalarda. Hududlardan shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanishda qonun hujjatlariga muvofiq cheklashlar boshqa zonalarda ham belgilanishi mumkin. Hududlarning funksional maqsadi va ulardan foydalanish jadalligi hududlardan foydalanishdagi cheklashlar hisobga olingan holda belgilanadi. 42-modda. Aholi punktlarining hududiy zonalari Aholi punktlarining hududlarida quyidagi hududiy zonalar belgilanishi mumkin: ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.86 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.86 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:36 ]
Arxiv ichida: doc