Arxitekturaviy loyihalash va qurilishning me'yoriy asoslari fanining o'qitish maqsadi va vazifalari Reja: 1.Arxitekturaviy loyihalash va qurilishning me'yoriy asoslari fanining o'qitish maqsadi va vazifalari. Turar joy va jamoat binolari qurilishining rivojlanishi Arxitekturaviy loyihalash va qurilishning me'yoriy qoidalarining ko'rsatgichlari. Arxitekturaviy loyihalash va qurilishning me'yoriy asoslari fanining o'qitish maqsadi va vazifalari Zamonaviy arxitekturada (asosan turar-joy va jamoat bino va inshootlari) arxitektorlar ko'proq andozali elementlardan foydalanishga harakat qiladilar. Ko'p qirrali arxitekturani turli qatlamlari va ishlab chiqarishda yangi texnologiyalarni kundan-kunga tezqorlik bilan o'zgarishi jarayonda arxitektorlar loyihani engillashtirish uchun unifikatsiyalash va tipizatsiyalashga intiladilar. Shuning uchun bino va inshootlarni loyihasini bajarishda ichki murakkab funksional-texnologik jarayonlarini, ularni tabiiy iqlimiy sharoitlari, xonalar o'lchami, yong'in xavfsizligi va boshqalar ta'siri ostida vujudga keladigan me'yoriy norma va qoidalarni bilish vazifalari belgilangan. Fanni o'qitishdan maqsad - kelajakda talabalarga loyiha tashkilotlarida ishlashda zamonaviy binolarni loyihalash jarayonida eng ilg'or tajribalarni qo'llagan holda axitekturaviy loyihalash masalalarini yechishda loyihachi arxitektorlarga O'zbekiston Respublikasi shaharsozlik normalari va qoidalari va me'yoriy materiallar bilan ishlashga o'rgatish, ushbu me'yorlar yordamida shahar va qishloq hududlarida qurilishi mumkin bo'lgan bino va inshootlarni loyiha qilishdagi bilimlarga ega bo'lishi, ko'nikma va malakalarni shakllantirishdir. Fanning vazifasi - arxitekturaviy loyihalashda bakalavrlarga O'zbekiston Respublikasi qonuniy ishlarini (aktlarini) bajarish zarurligi, shaharsozlik obyektlarini loyihalash va turar-joy va jamoat binolari qurilishida ularni qo'llash hamda buyurtmachi bilan ishlash, qurilishda ishtirok etishni o'rgatishdir. Turar joy va jamoat binolari qurilishining rivojlanishi Jamoat binolari va uning komplekslari sun'iy yaratilgan muhit bo'lib bir yoki bir nechta jarayonlarning o'zaro bog'liq bo'lgan insonning hayotiy faoliyatini o'tkazishga mo'ljallangandir. Jamoat bino va inshootlarning eng asosiy omili esa, uning hajmiy-rejalashtirilishini asosini insonning hayotiy faoliyati davomida jamiyatga, xizmat qilishga erishishdan iboratdir. Shuning uchun ham jamoat bino va inshootlarini loyihalashda turli xildagi kompleks omillarini (faktorlar) hisobga olish kerak bo'ladi bular: ijtimoiy, shaharsozlik, tabiiy - iqlimiy, milliy-maishiy, konstruktiv, fizik-texnikaviy, iqtisodiy, arxitekturaviy va badiiydir. Shahar (yashash) hududlarining tanqisligi tufayli jamiyat rivojlanishida shaharlar rolining oshish jarayonida aholini joylashtirilishi bo'yicha liftsiz va ko'p qavatli uylar turar - joy binolarining asosiy turlariga aylanmoqda. Ularning ko'p sonda qo'llanishi yashash hududlari va injenerlik kommunikatsiyalaridan etarli darajada samarali foydalanish imkoni bermoqda. Turar - joy binolarining bunday turi Markaziy Osiyo viloyatlarida turli - tuman arxitekturaviy rejaviy, hajmiy - obrazli va konstruktiv yechimlari bilan yanada keng keng tarqalib bormoqda. Ular iqtisodiy jihatdan foydali bo'lib, turli sonli va demografik tarkibdagi oilalarning yashashi uchun fazoviy - rejaviy parametrlar bo'yicha Respublikamizning murakkab iqlimli va seysmik rayonlarda (7 - 9 balli) malum muddatlarda normal sanitar gigiyenik va komfort sharoitlarni yaratadi. Shuning uchun bo'lajak memorlardan shunday loyihalar talab qilinadiki, ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
48.4 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
48.4 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:36 ]
Arxiv ichida: doc