Bank binolari va komplekslari

Bank binolari va komplekslari

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Bank binolari va komplekslari - rasmi

Material tavsifi

Bank binolari va komplekslari Reja: Bank binolari shakllanishining tarixiy shart-sharoitlari Bank binolarining klassifikatsiyasi Bank binolari yer uchastkalari Hajmiy-rejali yechim Bank binosining funksional bloklari Bank binolari shakllanishining tarixiy shart-sharoitlari Bank binolarining tipologik shakllanishi bank ishi rivolanishidagi asrlar davomida ro'y bergan tarixiy o'zgarishlarga to'g'ridan-to'g'ri bog'liqdir. Ma'lumki, banklar paydo bo'lishiga qadimdan mavjud bo'lib kelgan pul-tovar munosabatlar sabab bo'lgan. Antik va feodal davrlarda bank - to'lovlarni amalga oshirishda vositachi, pulni almashtirish, ya'ni sarroflik funksiyalarini bajargan. U davrning tipologik banki - sarrof rastasi yoki do'koni (ital. Banko - do'kon, rasta). Bobil va Yunonistonda bank operatsiyalari bilan kohinlar korporatsiyasi shug'ullangan, pul saqlashning eng ishonchli joyi sifatida ibodatxonalardan foydalanilgan, ya'ni bank funksiyalarini ibodatxonalar bajargan. Ma'lumki, Delfadagi Appolon, Efesdagi Artemida ibodatxonalarida, shuningdek Afinadagi bir nechta yirik ibodatxonalarida omonat qabul qilish va qarz berish ishlari yuritilgan. Shunday qilib, bank binosi boshqa funksional vazifalar uchun mo'ljallangan jamoat binolari asosida shakllangan va bank qurilishidagi arxitekturaga ularning ta'siri kuchli bo'lgan. Qadimgi bank ishi Rim imperiyasi yemirilishidan keyin batamom tugatilgan, lekin, ta'kidlash zarurki, aynan Rim imperiyasi davrida bu faoliyat o'zining eng yuksak cho'qqisiga ko'tarilgan edi. O'rta asrlarda bank ishining ijtimoiy o'zgarishlarga bo'lgan reaksiyasi kuchayib borishini kuzatish mumkin edi. Bu kabi munosabatlar yillar o'tib yanada rivojlandi va hozirgi kunlarga qadar saqlanib kelmoqda. Har bir asrlar almashinuvi, har bir o'zgarishlar davri banklarga bo'lgan ehtiyojni avvaliga keskin oshirib yuborgan, keyin esa kuchli pasayish ro'y bergan. O'rta asrlarda bank ishi yana rivojalana boshladi, banklarga bo'lgan ehtiyoj yana kuchayib ketdi. Nafaqat xususiy banklar ko'paydi, balki shahar ma'muriyati nazorati ostida faoliyat ko'rsatadigan banklar ham paydo bo'la boshladi. Bu banklar kapitalizm davrida aksionerlik korxonalar shaklidagi bankirlik firmalariga aylandi. Bu davrda bank binosi ma'muriy binolarga bo'lgan tipologik talablarga javob beruvchi binolarga aylandi. Aynan o'sha davrda bank pul mablag'larini saqlash, kredit berish, pul bilan bog'liq hisob-kitoblarni amalga oshirish, veksellar hisobini yuritish, pul va qimmatli qog'ozlar emissiyasi, oltin va xorijiy valyuta bilan bog'liq operatsiyalar kabi funksiyalar bilan shug'ullanuvchi muassasa sifatida to'liq shakllandi. Nihoyat, aniq funksional vazifaga ega bo'lgan yangi turdagi jamoat binosiga - bank binosiga bo'lgan ehtiyoj paydo bo'ldi. Universal turdagi tijorat banki esa, o'sha davrda Yevropadagi banklarning asosiy turi sifatida e'tirof etilgan. Lyuksemburgdagi bank binosi, arxit. R.Meyer, 1989-1993 Bank binosi jamoat binosining alohida turi sifatida XIX asrning ikkinchi yarmida shakllandi. Bu davrga kelib bank binosining asosiy funksional bloklari aniqlandi: operatsiyalar bloki; hisob-kitob-kassa bloki; qimmatbaho buyumlar va pul saqlash bloki; qo'riqlash bloki; kontora xonalari bloki. Shuningdek, bank binosining tipologik alomati, ya'ni uning ochiq va yopiq bir butun ikki funksiyasi ham belgilandi. Ta'kidlash lozimki, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.09 MB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.09 MB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga